Sophia Amoruso
Sophia Amoruso | |
---|---|
Tavalludi |
Sophia Christina Amoruso 20-aprel 1984-yil |
Fuqaroligi | AQSh |
Kasbi | Tadbirkor |
Turmush oʻrtogʻi |
Joel DeGraff (turm. 2015; ajr. 2017) |
Sophia Christina Amoruso (talaffuzi: Sofiya Kristina Amoruso; 1984-yil 20-aprelda tugʻilgan)[1] — amerikalik ishbilarmon ayol. Amoruso Kaliforniyaning San Diego shahrida tugʻilgan. Kaliforniyaning Sakramento shahriga koʻchib oʻtgan va shu yerda oʻrta maktabni tamomlagan. Soʻngra San-Fransiskoga qaytgan. Amoruso Nasty Gal nomli ayollar moda brendi asoschisidir. Uning kompaniyasi Inc. Magazine tomonidan „eng tez rivojlanayotgan kompaniyalardan biri“ nomini olgan[2]. 2016-yilda Forbes tomonidan 0 dan koʻtarilgan dunyodagi eng boy ayollardan biri deb topildi[3]. Biroq, keyinchalik, Nasty Gal brendi bankrot boʻlgani toʻgʻrisida ariza kelib tushadi[4]. 2017-yilda Amoruso millinnial avlod orasidagi ayollarning shaxsiy va professional hayotida rivojlanishi uchun kontent yaratuvchi Girlboss Media[5][6] kompaniyasiga asos soldi. Uning 2014-yilgi avtobiografiyasiga asosan Netflix #GIRLBOSS nomi ostida teleserial suratga oladi.
Yoshligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Amoruso 1984-yilda Kaliforniyaning San Diego shahrida tugʻilgan. U bira toʻla 3 millatga — yunon, italyan va portugal millatlariga mansub[7]. U yunon pravoslav cherkovida tarbiyalangan[7]. Oʻsmirlik davrida depressiya va diqqat yetishmasligi va giperaktivlik sindromi (DYeGS) tashxisi qoʻyilgach, maktabni tashlab, ushbu muammolarni yengish uchun uyda taʼlim olishni boshlaydi. Uning oʻsmirlikdagi birinchi ishi Subway restoranida boʻlgan[8]. Keyinchalik, turli xil ishlarda, jumladan, kitob doʻkonida va ovoz yozish studiyasida ishlagan[9]. Oʻrta maktabni tamomlagandan soʻng, ota-onasi ajrashishadi va u Sakramento, Kaliforniyaga koʻchib oʻtadi[10]. Bu hodisa unga koʻproq erkin hayot tarzini tuhfa etadi.
Yoshligida Amoruso koʻchmanchi hayot tarzida yashagan. Gʻarbiy sohilda sayr qilgan, axlat qutisiga shoʻngʻigan, ustiga ustak oʻgʻirlik ham qilgan[11]. 2003-yilda Oregon shtatining Portlend shahrida yashab, doʻkonni oʻmarish paytida qoʻlga olinadi, shundan soʻng, oʻgʻirlik qilishni toʻxtatadi[11]. U chotida churra borligini bilganidan koʻp oʻtmay, Portlendni tark etadi va San-Fransiskoga koʻchib oʻtadi. Jarrohlik uchun tibbiy sugʻurta olish uchun Sanʼat universitetining qabulxonasida talabalik guvohnomalarini tekshiruvchi boʻlib ishlaydi[10][12].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]eBay tarmogʻida
[tahrir | manbasini tahrirlash]Amoruso 22 yoshida San-Fransisko sanʼat universitetida xavfsizlik xodimi boʻlib ishlab yurgan davrida[13] eBayda onlayn doʻkon ochadi va uni „Nasty Gal Vintage“ deb nomlaydi. Bu nom fank qoʻshiqchisi va o'z leybli yulduzi Betti Devisning 1975-yilgi albomi sharafiga atab qoʻyilgan[10][14]. Doʻkon eskirgan kiyimlar va shunga oʻxshah boshqa narsalarni sotish bilan shugʻullanar edi. U sotgan birinchi buyum o‘smirlik chog‘ida o‘g‘irlagan kitobi boʻlgan[11]. U fotografiya darsida o‘rgatilgan bilimlaridan foydalanib, mahsulotlarni o‘zi shakllantiradi, suratga oladi, ularga sarlavhalar yozadi va yetkazib berish bilan shugʻullanadi[14].
Amoruso oʻz biznesini yotoqxonadan tashqarida boshlaydi. 2006-yilda uning eBaydagi doʻkoni Nasty Gal Vintage sezilarli darajada oʻsadi. 6 yildan soʻng yiliga 1 million dollar daromad keltiradigan biznesga aylanadi va oʻsishda davom etadi[15]. Amoruso 2008-yilda mijozlarga fikr-mulohazalarda giperhavolalarni joylashtirgani uchun eBaydagi biznesi taqiq olgani haqida daʼvo qilgan. Shundan soʻng, Nasty Gal binesini oʻzining chakana savdo vebsayti sifatida ishga tushirdi[16] hamda mustaqil onlayn-doʻkon sifatida biznesni rivojlantirishda davom etdi. U avvalroq sotuvchilarning xaridorlar uchun salbiy fikr bildirishiga to‘sqinlik qiluvchi qoidalar tufayli o‘z ixtiyori bilan ketganini aytgan edi[17]. Amoruso, shuningdek, takliflarni sunʼiy ravishda oshirganlikda ayblangan, ammo oʻzini buni rad etgan[18].
Nasty Gal
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nasty Gal ijtimoiy tarmoqlarda yosh ayollar uchun moʻljallangan hamda onlayn kuzatish imkoni mavjud boʻlgan kichik doʻkon hisoblanadi. U 2008-yildagi 223 000 dollardan 2011-yilda deyarli 23 million dollargacha koʻtarilgan daromadi ortidan jadal sur’atlarda oʻsdi[2]. Nasty Gal choʻqqida boʻlgan paytlarida, 200 dan ortiq xodimga ega boʻlgan hamda yillik tushumi 100 millionni tashkil etgan[19]. The New York Times uni „texnologiya Zolushkasi“ deya taʼriflagan[14]. Shuningdek, 2013-yilda Business Insider Sophia Amorusoni biznesdagi eng ehtirosli bosh direktorlardan biri deb atagan[20].
Girlboss Media
[tahrir | manbasini tahrirlash]Amoruso 2017-yilning dekabr oyida Girlboss Media(#girlboss) kompaniyasiga asos soldi. Ushbu kompaniyaning maqsadli auditoriyasi ayollardan iborat boʻlib, ularga qaratilgan tahririy kontent, videolar va podkastlarni yaratish bilan shugʻullanish hisoblanadi[21]. Tadbirkor 2017-yildan beri yosh tadbirkorlar uchun 500-1400 AQSh dollari miqdorida dam olish kunlari boʻlib oʻtadigan Girlboss Rallies oʻquv tadbirlari oʻtkazib keladi[22].
Filmografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Televizion va kinodagi rollari | |||
---|---|---|---|
Yil | Sarlavha | Rol | Izohlar |
2012-yil | House of Style | Oʻzi | 2 ta epizod |
2015-yil | Project Runway All Stars | Oʻzi / Mehmon hakam | Epizod: „Some Like It Hod Dog“ |
2015-yil | Pop Culture Underground | Oʻzi | Epizod: „Style“ |
Boshqa shartnomalar | |||
Yil | Sarlavha | Rol | Izohlar |
2017-yil | Girlboss | Ijrochi prodyuser va ssenarist | 13 ta epizod; #Girlboss kitobi asosida |
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Amorus, Sofia. Girlboss. Penguin, 2014. ISBN 9780241217931.
- Amorus, Sofia. Nasty Galaxy. Penguin, 2016. ISBN 9780241290507.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Sophia Christina Amoruso“. California Birth Index. Qaraldi: 2016-yil 11-sentyabr.
- ↑ 2,0 2,1 Fenn. „Unselfconsciously Sexy Style“. Inc. Magazine. Qaraldi: 2013-yil 19-dekabr.
- ↑ O'Connor, Clare. „Nasty Gal's Sophia Amoruso Hits Richest Self-Made Women List With $280 Million Fortune“. Forbes (2016-yil 1-iyun). Qaraldi: 2016-yil 10-sentyabr.
- ↑ O'Connor, Clare. „As Nasty Gal Files Bankruptcy, Founder Sophia Amoruso's Fortune Decimated“ (en). Forbes. Qaraldi: 2017-yil 31-avgust.
- ↑ Johnson. „What did Nasty Gal founder Sophia Amoruso learn from failure?“ (en). Vox (2018-yil 2-mart). Qaraldi: 2019-yil 25-oktyabr.
- ↑ Segran. „Exclusive: Sophia Amoruso is selling Girlboss to a holding startup that wants to fix media“ (en-US). Fast Company (2019-yil 17-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 27-fevral.
- ↑ 7,0 7,1 Pappas, Gregory. „The Greek in Nasty Gal's Sophia Amoruso Deconstructed“. Pappas Post (2014-yil 7-may). Qaraldi: 2016-yil 10-sentyabr.
- ↑ Barret, Victoria. „Styling Tips With Nasty Gal's Sophia Amoruso“. Forbes (2012-yil 29-iyun). Qaraldi: 2016-yil 9-sentyabr.
- ↑ „Sophia Amoruso Discusses Her Book, "Nasty Galaxy"“. America Online (2016-yil 15-oktyabr). Qaraldi: 2016-yil 4-oktyabr.
- ↑ 10,0 10,1 10,2 Morning Joe Staff. „Sophia Amoruso is taking your questions“. MSBC (2014-yil 28-may). Qaraldi: 2016-yil 15-oktyabr.
- ↑ 11,0 11,1 11,2 Amoruso, Sophia. #GIRLBOSS. New York: the Penguin Group, 2014 — 3-bet. ISBN 978-0-399-16927-4.
- ↑ Duffty. „The #GIRLBOSS of Nasty Gal“. Fashion School Daily. Academy of Art University. 2017-yil 14-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 17-may.
- ↑ Duffty. „Cool Boutiques“. SOMA Magazine. Qaraldi: 2017-yil 23-aprel.
- ↑ 14,0 14,1 14,2 Perlroth, Nicole. „Naughty in Name Only“. The New York Times (2013-yil 25-mart). Qaraldi: 2013-yil 19-dekabr.
- ↑ „Sophia Amoruso, L.A.'s millennial 'Girlboss,' is busy with her second act“ (en-US). Los Angeles Times (2019-yil 3-iyul). Qaraldi: 2019-yil 25-oktyabr.
- ↑ Barrett, Victoria. „Nasty Gal's Sophia Amoruso: Fashion's New Phenom“. Forbes (2012-yil 28-iyun). Qaraldi: 2013-yil 19-dekabr.
- ↑ Steiner. „Nasty Gal Vintage Leaves eBay and Thrives“. www.ecommercebytes.com. Qaraldi: 2017-yil 4-aprel.
- ↑ Barret, Victoria. „Nasty Gal's Sophia Amoruso: Fashion's New Phenom“. Forbes. Qaraldi: 2017-yil 4-aprel.
- ↑ „A Conversation With Sophia Amoruso, the 'Girlboss' Founder of Nasty Gal“ (en). Observer (2018-yil 2-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 25-oktyabr.
- ↑ „Meet The Sexiest CEOs Alive! - Business Insider (archived version)“ (en). Business Insider. 2019-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 23-aprel.
- ↑ Hamanaka, Kari. „Sophia Amoruso Gears up for Take Two with Girlboss Media“. Women's Wear Daily (2017-yil 5-mart). Qaraldi: 2018-yil 4-yanvar.
- ↑ Bahler, Kristen. The #GirlBoss REvolution. Money magazine (2019-yil mart).