Kontent qismiga oʻtish

Sonny Anderson

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sonny Anderson
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Anderson da Silva
Tavallud sanasi 19-sentyabr 1970-yil (1970-09-19) (54 yosh)
Tavallud joyi Goiatuba, Brazilya
Boʻyi 1.81m
Ampluasi Hujunchi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1987 XV de Jaú
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1988—1991 Vasco da Gama 42 (1)
1992 Guarani 18 (4)
1992—1994 Servette 52 (31)
1994 Marseille 20 (16)
1994—1997 Monaco 91 (51)
1997—1999 Barcelona 47 (16)
1999—2003 Lyon 110 (71)
2003—2004 Villarreal 38 (13)
2004—2005 Al-Rayyan 20 (24)
2006 Al-Gharafa 19 (6)
Milliy terma jamoa
1987 Brazilya U17 2 (0)
1989 Brazilya U20 6 (3)
1997—2001 Brazilya 6 (1)
Boshqargan klublari
2011 Neuchâtel Xamax
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Anderson da Silva (talaffuzi: Andersen Da Silva) (1970-yil 19-sentyabrda tugʻilgan), Sonny Anderson nomi bilan tanilgan, braziliyalik sobiq professional futbolchi, hujumchi sifatida oʻynagan. Klub darajasida oʻzining toʻpurarligi bilan mashhur. U „Lyon“, „Monako“ (u xorijdagi faoliyatining aksariyat qismini Fransiyada oʻtkazgan, Liga 1da jami 221 ta oʻyin va 138 ta gol urgan) va "Barselona" dagi oʻyinlari bilan muhlislar xotirasida qolgan. U Braziliya terma jamoasi bilan 2001-yilgi Konfederatsiyalar kubogida qatnashgan va oʻz mamlakati uchun jami oltita oʻyinda maydonga tushib, bitta gol urgan.

Klubdagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Goias shahrida tugʻilgan Anderson CR Vasco da Gama klubida futbolchilik faoliyatini boshlagan.

Andersonning xorijdagi ilk klubi Servette FC boʻlgan. U klubdagi ilk mavsumida 18 ta gol urishga muvaffaq boʻlgan. 1994-yil „ Olimpique de Marsel“ jamosiga koʻchib oʻtgan.


1997-yilda Anderson "Barselona" safiga qoʻshilgan. Luis Enrike va Patrik Klyuyvert kabilar bilan asosiy tanlov oʻyinchi uchun kurash olib borgan, u oʻzining birinchi mavsumida La Ligada oʻn marta gol urgan[1]. Oʻzining ikkinchi mavsumida u kamroq oʻyin oʻtkazgan[2][3]. Asosiy tarkibdagi kam oʻyinlari tufaylu u Olimpique Lyonnasi jamosi bilantaxminan 18 million yevro evaziga shartnoma imzolagan.

33 yoshida erkin agentga aylangan Anderson „Vilyarreal“ bilan shartnoma imzolagan[4]. Oʻzining yagona toʻliq mavsumida u 12 marta gol muallifiga aylangan[5].

2004-yilda Vilyarrealning UEFA Intertoto kubogida gʻalaba qozonishida muhim rol oʻynagan[6]. „Vilyarreal“ bilan shartnomasi yakunlangacj Anderson faoliyatini Qatarda yakunlagan.

2007-yil iyun oyida Anderson „Stad de Gerland“ stadionida doʻstlari va 2002-yilgi Fransiya chempionlari bilan xayrlashuv oʻyinini oʻtkazgan. Toʻrt yildan soʻng u Shveysariyaning Neuchâtel Xamaks jamoasida murabbiylik faoliyatini boshlagan[7]. 24-iyul kuni, atigi ikki liga oʻyinidan soʻng, u ishdan boʻshatilgan[8].

Xalqaro faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Anderson klubdagi muvaffaqiyatini terma jamoada koʻrsata olmagan. U Braziliya terma jamoasi safida bor-yoʻgʻi oltita oʻyinda gʻalaba qozongan. Birinchi marta 1997-yil 11-avgustda Janubiy Koreyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida maydonga tushgan va oʻzining yagona xalqaro golini oʻsha oʻyinda kiritgan[9]. U, shuningdek, 2001-yilgi FIFA Konfederatsiyalar kubogida ishtirok etgan terma jamoaga chaqiruv olgan.

Faoliyat statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klub Mavsum Liga Mamlakat Kubogi Liga Kubogi Qitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Vasco 1988 Sériya A 3 0 0 0 0 0 0 0 3 0
1989 Sériya A 9 0 0 0 0 0 0 0 9 0
1990 Sériya A 12 1 0 0 0 0 5 0 17 1
1991 Sériya A 18 0 0 0 0 0 0 0 18 0
Jami 42 1 0 0 0 0 5 0 0 0 47 1
Guarani 1992 Sériya A 18 4 0 0 0 0 0 0 0 0 18 4
Servette 1992—1993 Milliy Liga A 35 20 35 20
1993—1994 Milliy Liga A 17 11 4 2 21 13
Jami 52 31 4 2 56 33
Marseille 1993—1994 Divizion 1 20 16 20 16
Monaco 1994—1995 Divizion 1 23 11 1 2 3 3 27 16
1995—1996 Divizion 1 34 21 1 0 2 1 2 1 39 23
1996—1997 Divizion 1 34 19 0 0 3 4 10 4 47 27
Jami 91 51 2 2 8 8 12 5 113 66
Barcelona 1997—1998 La Liga 23 10 5 0 5 1 4 0 37 11
1998—1999 La Liga 24 6 1 0 6 4 31 10
Jami 47 16 6 0 11 5 4 0 68 21
Lyon 1999—2000 Divizion 1 32 23 2 0 3 2 8 3 45 28
2000—2001 Divizion 1 29 22 4 2 3 2 14 5 50 31
2001-—2002 Divizion 1 25 14 2 1 2 0 5 3 34 18
2002—2003 Divizion 1 24 12 0 0 0 0 7 5 1 0 32 17
Jmai 110 71 8 3 8 4 34 16 1 0 161 94
Villarreal 2003—2004 La Liga 35 12 0 0 18 7 53 19
2004—2005 La Liga 3 1 0 0 7 4 10 5
Jami 38 13 0 0 25 11 63 24
Al-Rayyan 2004—2005 Qatar Yulduzlar Ligasi 20 24 0 0 0 0 0 0 0 0 20 24
Al-Gharafa 2005—2006 Qatar Yulduzlar Ligasi 19 6 0 0 0 0 0 0 0 0 19 6
Karyerada jami 457 233 16 5 16 12 91 39 5 0 585 289

Vasko da Gama

  • Campeonato Brazileiro A Seriya : 1989-yil

Servette

  • Shveysariya Superligasi : 1993—1994

Monaco

  • 1- liga: 1996—1997

Barselona

Lyon

  • 1-liga: 2001—2002, 2002—2003
  • Coupe de la Ligue : 2000—2001
  • Chempionlar kubogi : 2002-yil
  1. „La Copa de Hesp y del doblete de Van Gaal“ (es). Sport (2014-yil 4-aprel). Qaraldi: 2015-yil 20-oktyabr.
  2. „Látigo para Stoichkov y Anderson“ (es). El Mundo (1998-yil 1-fevral). Qaraldi: 2015-yil 20-oktyabr.
  3. „The Van Gaal dossier“. The Daily Telegraph (2014-yil 15-avgust). Qaraldi: 2015-yil 20-oktyabr.
  4. „Sonny delight for Villarreal“. UEFA (2003-yil 9-iyul). Qaraldi: 2015-yil 20-oktyabr.
  5. Villarreal end Celtic challenge; UEFA, 14 April 2004
  6. „Anderson fit for Intertoto mission“. UEFA (2004-yil 10-avgust). Qaraldi: 2015-yil 20-oktyabr.
  7. „Football – Ligue 1. OL: Sonny Anderson prend la direction de Neuchâtel Xamax“ (fr). Le Progrès (2011-yil 2-iyun). Qaraldi: 2015-yil 20-oktyabr.
  8. Neuchatel Xamax sack entire staff (Wayback Machine saytida 2012-10-26 sanasida arxivlangan); ESPN Soccernet, 25 July 2011
  9. „SOUTH KOREA: BRAZIL SOCCER FRIENDLY“. Reuters (1997-yil 11-avgust). Qaraldi: 2019-yil 23-oktyabr.