Kontent qismiga oʻtish

Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Soliq kodeksidan yoʻnaltirildi)

Soliq kodeksi — soliqlar va yigʻimlarni belgilash, joriy etish va bekor qilishga, hisoblab chiqarish hamda toʻlashga doir munosabatlarni, shuningdek soliq majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga soladi[1]. Iqtisodiy nuqtai nazardan soliqlar pul munosabatlari tizimidan iborat boʻlib, ular vositasida, bir tomondan, yuridik va jismoniy shaxslar oʻrtasidagi munosabatlar, ikkinchi tomondan, davlat bilan davlat mablagʻlarini shakllantirish boʻyicha munosabatlar amalga oshiriladi. Soliq munosabatlarida subyektlar soliq to'lovchilar,soliq organlari,vakolatli organlar kiradi.Soliq to'lovchilar esa mazkur kodeksda keltirilgan talablarga muvofiq soliqlarni to'laydigan jismoniy va yuridik shaxslar bo'ladi.Soliqlar hisobiga davlat moliyaviy resurslarining asosiy qismi shakllantiriladi, ular davlat budjetiga kelib tushadi va jamiyat ehtiyojlari uchun foydalaniladi[2]. Soliqlar davlat budjetining daromad qismiga oʻtkaziladigan, yuqori qonunchilik hokimiyat organlarining hujjatlariga asosan yuridik shaxslar va fuqarolar tomonidan begʻaraz, muayyan miqdorda va belgilangan muddatlarda umumdavlat ehtiyojlarini qondirish uchun toʻlanadigan majburiy toʻlovdir. Soliqlarning yuridik mohiyatini tashkil etuvchi eng muhim xususiyatlar soliq toʻlovlarining begʻarazligi, bu toʻlovlarning majburiyligi, ularni joriy etish va undirib olish tartibi, soliqning aniq miqdorini hamda uni amalga kiritishning aniq muddatini belgilashdan iborat. Soliqlarga fiskal, ragʻbatlantirish, tartibga solish va qayta taqsimlash funksiyalari xosdir[3]. Soliq toʻlovchilar, soliq agentlari va vakolatli organlar soliq munosabatlarining subyektlari hisoblanadi. Soliq solish obyekti deb soliq toʻlovchida soliq yoki boshqa majburiy toʻlov hisoblab chiqarilishi va (yoki) toʻlanishi yuzasidan majburiyat keltirib chiqaruvchi mol-mulk, harakat, harakat natijasiga aytiladi.

Tarixi va tuzilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodesksi 1997-yil 24-aprelda qabul qilingan va 1998-yil 1-yanvardan kuchga kirgan. Kodeksiga soʻngi martta 2021-yil 21-aprelda (Oʻzbekiston Respublikasining OʻRQ-683-sonli Qonuni bilan) oʻzgartirish kiritilgan[4]. Soliq kodesksi 21 boʻlim, 72 bob va 483 moddadan tashkil topgan.

Soliq kodeksi prinsiplari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • majburiylik;
  • aniqlik;
  • soliq organlarining soliq toʻlovchilar bilan hamkorligi;
  • adolatlilik;
  • soliq tizimining yagonaligi;
  • oshkoralik;
  • soliq toʻlovchining haqligi prezumpsiyasi prinsiplariga asoslanadi.
  1. „O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING SOLIQ KODEKSI“. lex.uz. Adolat. Qaraldi: 17-may 2024-yil.
  2. {{{title}}}. 
  3. Isayeva, Farida. Soliq huquqining asosiy jihatlari. Toshkent: TDYU, 2017 — 23-27-bet. ISBN 978-9943-380-75-2. 
  4. „O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA O‘ZGARTISHLAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA“. lex.uz. Adolat. Qaraldi: 17-may 2024-yil.