Tanzila Norboyeva
Tanzila Kamalovna Narbayeva | |
---|---|
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining raisi | |
Mansab davri 2019-yil 21-iyun | |
Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Nigʻmatilla Yoʻldoshev |
Oʻzbekiston xotin-qizlar qoʻmitasi raisi | |
Mansab davri 2016-yil 20-dekabrdan – 2019-yil 21-iyungacha | |
Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov (siyosatchi) |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Elmira Bositxonova |
Vorisi | Elmira Bositxonova |
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi | |
Mansab davri 2010-yil 21-iyundan – 2016-yil 20-dekabrgacha | |
Hukumat boshligʻi |
Shavkat Mirziyoyev Abdulla Oripov (siyosatchi) |
Prezident |
Islom Karimov Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Qodir Parpiyev |
Vorisi | Qudratilla Rafiqov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
24-iyul 1957-yil Shahrixon tumani, Andijon viloyati, OʻzSSR |
Alma mater | Oʻzbekiston milliy universiteti |
Faoliyati | Senat raisi |
Mukofotlari | |
Unvoni | Pedagogika fanlari nomzodi |
Vikiiqtibosda Tanzila Norboyevaga tegishli iqtiboslar mavjud. |
Norboyeva Tanzila Kamolovna (1957-yil 24-iyul) — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining raisi (2019-yildan), Oʻzbekiston velosport federatsiyasi prezidenti (2011-yildan)[1][2][3][4].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1957-yil 24-iyulda Аndijon viloyati Shahrixon tumanida tugʻilgan.
Maʼlumoti oliy, 1981-yilda Toshkent universitetini bitirgan. Pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega.
Ish faoliyatini 1974-yilda Аndijon viloyati Shahrixon shahridagi 1-maktab yoshlari yetakchisi lavozimidan boshlagan.
1975—1995-yillarda Toshkent shahrida maktab oʻqituvchisi, direktor oʻrinbosari va Toshkent shahar oʻquvchilar uyi direktori, keyinchalik turli darajalidagi davlat organlarida masʼul lavozimlarda ishlagan.
1995—2010-yillari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari kotibiyati mudiri, Oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish majmuasi rahbari kotibiyati mudiri, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari boʻyicha axborot-tahlil departamenti yetakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi lavozimlarida ishlagan.
2010—2016-yillari Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi raisi lavozimida ishlagan.
2016—2019-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi lavozimida faoliyat koʻrsatgan.
2019-yil 20-iyunda Oʻzbekiston Prezidenti tomonidan Oliy Majlis Senatining aʼzosi etib tayinlandi. 21-iyun kuni Senat raisi etib saylandi[5].
Fidokorona xizmatlari uchun, Mehnat shuhrati ordenlari va Shuhrat medali bilan bilan taqdirlangan[6].
Oilali, 2 nafar farzandi bor.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Sport federatsiyalari, 2020-12-13da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2019-06-22
- ↑ federatsiya velosporta uzbekistana, 2021-02-19da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2019-06-22
- ↑ Rahbariyat / Xotin-qizlar qoʻmitasi, 2019-06-22da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2019-06-22
- ↑ „Senat raisi“. 2021-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 26-iyun.
- ↑ Senatda yangi qoʻmita
- ↑ PF-4237-son 25.08.2010. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻn toʻqqiz yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida