Kontent qismiga oʻtish

Ali ibn Abdulloh ibn al-Abbos

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Ali ibn Abdulloh ibn al-Abbos ibn Abdulmuttalib (arabcha: علي بن عبد الله بن العباس بن عبد المطلب) (taxminan 661—736-yillarda yashagan) – abbosiylar ajdodi. Abbos ibn Abdulmuttalibning nabirasi va abbosiylarning dastlabki ikki xalifalari as-Saffah va al-Mansurning bobosi edi.

Ali Islom paygʻambari Muhammadning amakivachchasi Abdulloh ibn Abbos va Kinda qabilasining „toʻrt podshoh“ dan birining qizi Zura bintu Mishraning kenja oʻgʻli edi[1]. Aytilishicha, Ali ibn Abdulloh Ali ibn Abu Tolib (vafoti 661) oʻldirilgan kechada tugʻilgan, ammo uning tugʻilgan yili haqida boshqa bahsli manbalar ham mavjud[2].

Voyaga ketgach, Ali al-Volid ibn Abdulmalik hukmronligi davrida Umaviylar hukumati bilan ziddiyatga bordi. Natijada al-Volid uni kaltaklashni va poytaxtdan badargʻa qilishni buyurdi. Shundan soʻng Ali Falastin va Arabiston oʻrtasidagi chegarada joylashgan al-Sharat viloyatiga koʻchib oʻtdi va Humayma qishlogʻida istiqomat qila boshladi. Bu joyni Abbosiylar oilasining yangi qarorgohiga aylantirdi. Ali 735—736-yillarda yoki keyingi yili Humaymada vafot etdi. Bu paytga kelib, oʻgʻli Muhammad allaqachon oila va Abbosiylar targʻiboti ishlariga rahbarlikni oʻz qoʻliga olgan edi[3].

  1. Elad 2005, ss. 311–12; Yarshater 1985–2007, v. 39: p. 54.
  2. Zetterstéen 1960, s. 381; Ibn Khallikan 1843, s. 217.
  3. Zetterstéen 1960, s. 381; Kennedy 1993, s. 396; Ibn Khallikan 1843, ss. 217 ff.