Kontent qismiga oʻtish

Sofya Yanovskaya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sofya Akleksandrovna Yanovskaya
Tavalludi 1896-yil 19-yanvar
Grodno
Vafoti 1966-yil 24-oktyabr
SSSR Moskva
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Rossiya bayrogʻi Rossiya
Kasbi matematik, oʻqituvchi
Ilmiy darajasi professor
Akademik rahbarlari S. O. Shatunovskiy
Mashhur shogirdlari E. Ya. Baxmutskaya, I. G. Bashmakova, D. P. Gorskiy, I. Lakatos
Mukofotlari

Sofya Aleksandrovna Yanovskaya (1896-yil 19-yanvar 1966-yil 24-oktyabr) – sovet matematigi, faylasuf, oʻqituvchi, sovet matematika falsafa maktabining asoschisi.

Sofya Neymark Grodno viloyati (hozirgi Brest viloyati) yahudiylarning Prujaniy shahrida hisobchi oilasida dunyoga kelgan. Keyinchalik oila Odessaga koʻchib oʻtgan[1].

1914-yilda Odessadagi 2-sonli gimnaziyani tamomlab, Novorossiysk universiteti qoshidagi Oliy ayollar kurslarining tabiiy fanlar boʻlimiga oʻqishga qabul qilingan. Uning matematikadagi muvaffaqiyati oʻqituvchilarini matematika boʻlimiga oʻtkazishni taklif qilishiga turtki boʻlgan. Sofya 1917-yilda oʻqishni toʻxtatgan va inqilobiy kurashga qoʻshilgan.

Sofya Neymark Fuqarolar urushi va Antanta kuchlarining aralashuvi paytida Odessa bolsheviklari yer osti va yer osti Qizil Xoch ishlarida qatnashgan. 1918-yil noyabrda Ukraina Kommunistik partiyasi (bolsheviklar) (KPU(b))ga aʼzo boʻlgan. „Kommunist“ gazetasining (Odessa bolsheviklar qoʻmitasi organi) muharrir kotibi sifatida front boʻylab noqonuniy adabiyotlarni tashish bilan shugʻullangan. Oq gvardiyachilarning Odessadan chekinishi paytida Qizil Armiya askarlari bilan birga qoʻlga olingan va oʻlimdan zoʻrgʻa qutulgan: qatl paytida daryoga tushib, suzishga muvaffaq boʻlgan. Matematik 1918-yilda faol bolshevik Isaak Ilyich Yanovskiyga turmushga chiqqan. 1919-yilda Elisavetgradga kelib, Qizil Armiya safiga qoʻshilgan, u yerda avval siyosiy Qizil Armiya askari, soʻngra 12-armiya Siyosiy boshqarmasida „Qizil Armiya“ gazetasi muharriri yordamchisi boʻlgan

1920-1923-yillarda Odessa viloyat partiya komitetida faoliyat olib borgan. Sofya1923-yilda Qizil professorlar institutiga yuborilgan va D. F. Egorovning Moskva universitetidagi seminarida qatnashgan (1930-yil sentyabrdan – Moskva davlat universiteti (MDU)).

U 1925-yilda Moskva davlat universitetida bakalavriat va magistratura talabalari uchun matematika metodologiyasi boʻyicha seminarga rahbarlik qilgan. 1928-yilda matematika falsafasi sohasidagi birinchi asari nashr etilgan: „Hegelning miqdor kategoriyasi va matematikaning mohiyati“. 1929-yilda Qizil professorlar institutini tamomlagan. 1930-yilda „Zamonaviy matematika falsafasida idealizm“ asari nashr etilgan.

Sofya 1935-yilda Lyudvig Vitgenshteynning SSSRga tashrifi paytida unga Moskvaga borishga hamroh boʻlgan va faylasufga Sovet Ittifoqida qolish gʻoyasidan voz kechishni maslahat bergan[2].

Yanovskaya Ulugʻ Vatan urushi paytida, 1941-yildan 1943-yilgacha Perm davlat universitetida faoliyat olib borgan. Bu vaqtda matematika boʻyicha oʻz bilimlari bilan koʻpchilik talabalarni hayratda qoldirgan, shulardan, boʻlajak akademik O. A. Oleynik .

S. A. Yanovskaya 1943-yilda Moskva davlat universitetining mexanika-matematika fakultetida matematik mantiq boʻyicha ilmiy seminar tashkil qilgan. Bu seminarni I. I. Jegalkin va P. S. Novikov bilan birga olib borgan. 1945-yilda Moskva davlat universitetida matematika tarixi boʻyicha yana bir seminar boshlangan va unga A. P. Yushkevich, S. A. Yanovskaya va M. Ya. Vygodskiylar boshchilik qilgan. Bundan tashqari, S.A.Yanovskaya 1935-yildan (taxminan) 1950-yilgacha Matematika ilmiy-tadqiqot institutining metodologiya va tarix sektoriga rahbarlik qilgan[3].

U 1947-yilda Rossiyada nashr etilgan matematik mantiq boʻyicha birinchi monografiya – D. Gilbert va V. Akkermanning „Nazariy mantiq asoslari“ ning tarjima muharriri, sharhlovchisi va kirish maqolasining muallifi boʻlgan, bu baʼzi sovet faylasuflari tomonidan yaxshi kutib olinmagan, bu kitob xuddi „idealizmni mantiqqa tortadi“ deb daʼvo qilgan.

1948-yilda uning tarjimasi va soʻzboshi bilan A. Tarskining „Mantiq va deduktiv fanlar metodologiyasiga kirish“ kitobi va R. Gudshteynning „Matematik mantiq“ kitoblari nashr etilgan. S. A. Yanovskaya S. K. Klinning „Metamatematikaga kirish“ va A. Churchovning „Matematik mantiqqa kirish“ kabi kitoblarini nashr etish tashabbusi bilan chiqqan

1948-yilda „Tarixiy-matematik tadqiqotlar“ (HMR) nomi ostida seminar materiallari nashr etilishi boshlangan: bu matematika tarixi boʻyicha dunyodagi birinchi ixtisoslashtirilgan yilnoma edi.

Yanovskayaning matematik mantiq sohasidagi ishi 1959-yil 3-martda Moskva davlat universitetining mexanika-matematika fakultetida matematik mantiq boʻlimining ochilishini tayyorlagan. Kafedra tashkil etilganda asosiy tashkiliy ishlarni bajargan va umrining so‘nggi kunlarigacha kafedra professori bo‘lgan. S. A. Yanovskayaning kuli boʻlgan urna Novodevichy qabristoniga dafn qilingan.

  1. „Софья Александровна Яновская“. 2018-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 17-dekabr.
  2. „Московские адреса Витгенштейна, или где собраться аналитическим философам?“ (en). HardProblem. Московский центр исследований сознания (2016-yil 11-dekabr). 2016-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 11-dekabr.
  3. „Яновская Софья Александровна | Летопись Московского университета“. letopis.msu.ru. 2023-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-fevral.