Kontent qismiga oʻtish

Sirkon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sirkon

Sirkon kristalli
Asosiy
Formulasi ZrSiO4
Aralashma modda doimiy: Hf (1−4%), davriy: La, Ce, Pr, Nd, Sm 3,7% gacha
IMA maqomi yaroqli
Guruh Silikatkar
Guruhosti Ortosilikatlar
Fizik xususiyatlari
Rangi jigarrang, qizgʻish-jigarrang, rangsiz, kulrang, yashil
Qirra rangi oq
Yaltiroqlik shishasimondan olmosgacha, metamiktda qalin
Shaffoflik shaffof, yarimshaffof, noshaffof
Qattiqlik 7.5
Nozikligi nozik
Yopishqoqlik {110} boʻyicha nomukammal
Sinishi chigʻanoqsimondan notekisgacha
Zichligi 4,6−4,7 g/sm³
Radiaktivlik 773,15[1] GRapi
singoniyasi Tetroganal
Sirkon Vikiomborda

Sirkon (Zirkon; dastlab forscha — zargun deyilgan) — orolli silikatlar sinfiga mansub mineral, Zr[SiO4]. Aralashmalari tarkibiga kura, S.ning quyidagi: alvit Hf va Th bilan, oyamalit — TgvaR bilan, xagatalit — Th va Nb bilan, naegit — TR, Th, Nb, Ta va boshqalar bilan bulgan turlari mavjud. Tarkibida Th, U, H2O (Th>U) bulgan metamiktli dipiramidal S.lar malakonlar, prizmatik (T1ki)lari — sirtolit l ar deb ataladi. Shaffof S. sariq, qoʻngʻir-qizil pushti rangda boʻlib, giatsint deb, metakolloidli, kollomorflilari — arshinovit deb nomlangan. Tetragonal singoniyada kristallanadi. Granit, siyenit hamda pegmatitlarda uchraydi. Rangi jigarrangsariq, pushti, baʼzan rangsiz. Koʻrinish darajasida shaffof. Radioaktivli, moʻrt. Olmossimon yaltiraydi, tiniq. Qattiqligi 7—8, zichligi 4,6—4,7 g/sm3. S. granat, nefelinli siyenit va ularning effuziv analoglarini aksessor minerali. Nurash jarayonida sochmalarga aylanadi. Sinonimlari: kaliptolit, xeldburgit, sirkonit va boshqa S. — sirkoniy va gafniy olishning asosiy manbasi. Sof S.li qumlar qolipga quyishda hamda olovbardosh, maxsus sopollarni yasashda xom ashyo sifatida foydalaniladi. Giatsint va S.ning shaffof sariq va yashil turlari zargarlikda ish-latiladi. S.ning katta zaxiralari AQShning Tinch okean sohillaridagi dengiz boʻyi sochmalarida Shri Lanka o.da va Sharqiy Avstraliyada topilgan. Oʻzbekistonda Chatqol-Qurama regionida, Angren togʻlarining nurash poʻstida va Qoraqalpogʻistonning fosforitlarida uchraydi.

  1. „Zircon Mineral Data“. webmineral.com. Qaraldi: 2022-yil 28-iyul.