Mamluklar
Qiyofa
Mamluklar (arab tilida. — qul, xususan — oq qul) — Misrda hukmronlik qilgan Ayyubiylar sulolasi (1171—1250)ning soʻnggi hukmdorlari qoʻshinini tashkil qilgan, naslnasabi turkiy va Kavkaz xalqlari (gruzin, cherkas va boshqalar)dan boʻlgan quljangchilar. Ularni yoshligidan oʻgʻirlab olib ketishgan va maxsus harbiy ilmga oʻrgatishgan. Ular nihoyatda qahrli, jasur boʻlgan. Eng jasurlari oddiy M.dan sarkarda, podsho darajasigacha koʻtarilgan. Ulardan ayyubiylarning xos qoʻshini (gvardiya) tashkil etilgan. Mamluklar 1250-yildan Misrda (1517-yilgacha) va Suriyada (1516-yilgacha) davlatni mustaqil boshqarishgan. M.ning 2 sulolasi (Bahriylar va Burjiylar) mavjud boʻlgan[1].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |