Shukrullo Mirsaidov
Shukrullo Rahmatovich Mirsaidov | |||||
---|---|---|---|---|---|
Шукрулло Раҳматович Мирсаидов | |||||
Chapdan oʻngga: Shukrullo Mirsaidov, Mahmud Salohiddinov (orqaroqda), Islom Karimov, Anatoliy Sobchak, Vladimir Putin (orqaroqda), Yevgeniy Velixov. 1991-yil. | |||||
OʻzSSR Ministrlar soveti raisi | |||||
Mansab davri 1990-yil 26-martdan – 1-noyabrgacha | |||||
Oʻtmishdoshi | Mirahad Mirqosimov | ||||
Vorisi | Islom Karimov (Prezident sifatida) | ||||
Oʻzbekiston Vitse-prezidenti | |||||
Mansab davri 1990-yil 24-martdan – 1992-yil 8-yanvargacha | |||||
Prezident | Islom Karimov | ||||
Oʻtmishdoshi | lavozim ta’sis etilgan | ||||
Vorisi | lavozim bekor qilingan[1] | ||||
Shaxsiy maʼlumotlari | |||||
Tavalludi |
14-fevral 1939-yil Xoʻjand, SSRI | ||||
Vafoti |
2-noyabr 2012-yil (73 yoshda) Toshkent | ||||
Mukofotlari |
|
Shukrullo Rahmatovich Mirsaidov (14-fevral 1939, Xoʻjand, SSRI – 2-noyabr 2012, Toshkent, Oʻzbekiston) – SSRI davlat arbobi, OʻzSSR Ministrlar soveti raisi (1990) [2].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]1959—1963 – Toshkent viloyati plan komitetida iqtisodchi, katta iqtisodchi, sektor mudiri.
1963—1964 – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kaferda assistenti.
1964—1971 – Toshkent viloyati ijroiya komiteti plan boʻlimi boshligʻi.
1971—1981 – Toshkent shahri ijroiya komiteti plan boʻlimi boshligʻi.
1981—1984 – OʻzSSR davlat plan komiteti raisining oʻrinbosari.
1984—1985 – OʻzSSR statistika markazi raisi.
1985—1988 – Toshkent shahri ijroiya komiteti birinchi kotibi.
1988—1989 – OʻzSSR KP MK iqtisodiy-ijtimoiy masalalar kotibi.
1989—1990 – OʻzSSR Ministrlar soveti raisining oʻrinbosari – Davlat plan komiteti raisi.
1990-yilda – OʻzSSR Ministrlar soveti raisi.
1990—1991 – OʻzSSR Vitse-prezidenti.
1991-1992 – Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi davlat kotibi.
1992—1993 – Investitsiya va xorijiy kapitalni jalb etish fondi raisi.
1993-yilda Oʻzbekiston Oliy sudi uni mansab vakolatini suiisteʼmol qilishda aybdor deb topib, hukm chiqargan. Sud hukmiga koʻra, u Oʻzbekiston vitse-prezidenti sifatida „chet el fuqarosi – xorijiy kompaniyalardan birining vakili bilan shubhali munosabatda boʻlgan“ va oʻz qoʻl ostidagilariga paxta yetkazib berish boʻyicha respublika iqtisodiyotiga foyda keltirmaydigan shartnomalar tuzish boʻyicha koʻrsatmalar bergan. Davlatga yetkazilgan iqtisodiy zarar 5,6 million dollarga baholandi. Siyosatchi mol-mulki musodara qilingan holda, uch yil muddatga umumiy tartibdagi qamoq jazosiga hukm qilindi, biroq Oʻzbekiston Prezidentining respublika mustaqilligi eʼlon qilinganining bir yilligi munosabati bilan amnistiya toʻgʻrisidagi farmoni tufayli jazoni oʻtashdan ozod etildi.
Oʻsha yilning avgust oyida unga suiqasd uyushtirildi. Uning mashinasi portlatilgan, ammo tasodifan tirik qolgan. Tez orada Rossiya Federatsiyasiga koʻchib ketdi. 1996-yilda hokimiyat unga ijtimoiy va siyosiy faoliyat bilan shugʻullanishga ruxsat berdi. 1996-yil oktabr oyida „Birlik“, „Erk“, „Erkin yoshlar ittifoqi“ va boshqa baʼzi tashkilotlarni oʻz ichiga olgan Oʻzbekiston muxolifat kuchlarini muvofiqlashtirish markaziga rahbarlik qildi.
Oʻz intervyularidan birida „mustaqillikdan keyin sodir boʻlgan jamlangan makroiqtisodiy oʻzgarishlar umuman talabga javob bermaganini“ taʼkidladi. Shuningdek, xalqni ish bilan taʼminlash, intellektual salohiyatni boshqarish Oʻzbekistonning eng ustuvor vazifasi deb aytdi.
2012-yilda Toshkent shahrida vafot etdi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 14-fevralda tugʻilganlar
- 1939-yilda tugʻilganlar
- Xoʻjandda tugʻilganlar
- 2-noyabrda vafot etganlar
- 2012-yilda vafot etganlar
- Toshkentda vafot etganlar
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari
- Xalqlar doʻstligi ordeni sohiblari
- Hurmat Belgisi ordeni sohiblari
- Oʻzbekiston Bosh vazirlari
- Oʻzbekiston Vitse-prezidentlari
- Xoʻjand kishilari
- Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi hukumat rahbarlari