Shokir Xoliqov
Shokir Xoliqov | |
---|---|
![]() | |
Tavalludi |
30-noyabr 1992-yil |
Kasbi | rejissyor |
Millati | oʻzbek |
Shokir Xoliqov (1992-yil 30-noyabr Surxondaryo viloyatining Shoʻrchi tumani) – Kinorejissyor va ssenarist.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shokir Xoliqov 1992-yil 30-noyabr Surxondaryo viloyating Shoʻrchi tumanida tugʻilgan. Shokir Xoliqov Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutida „Televideniye va radio rejissyorligi“ boʻyicha tahsil olgan. Shokir Xoliqov 2019-yilda 72-xalqaro Kann festivali doirasida „Choy“ nomli qisqa metrajli filmi Gran-prisini qoʻlga kiritgan. Xoliqovning debyut „Yakshanba“ badiiy filmi Xitoyning Shanxay shahrida boʻlib oʻtgan 25-Shanxay xalqaro kinofestivali doirasidagi „Osiyoning yangi isteʼdodlari“ yoʻnalishining eng oliy mukofoti – „Oltin kubok“ka sazovor boʻldi. Yosh rejissyor shu paytgacha Fransiya, Yaponiya, Turkiya, Hindiston, Rossiya, Makedoniya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikistonda boʻlib oʻtgan qisqa metrajli filmlar xalqaro kinofestivallarida gʻolib boʻlgan[1]. Shokir Xoliqovning „Qiz va bulut“ animatsion filmi Yaponiyada oʻtkazilgan „DigiCon6 Asia“ animatsion filmlar festivalida ikkita mukofotni qoʻlga kiritgan. Film „Mintaqaning oltin filmi“ va „Festivalning oltin filmi“ nominatsiyalarida gʻolib deb topilib, 3 ming AQSh dollari mukofoti bilan taqdirlangan[2].
Filmlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Messi“
- „Choy“
- „Ifor“
- „Ichan qal’a“
- „Qiz va Bulut“ (animatsiya)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „“O‘zbekkino”ning servizi tufayli mashhurlikka erishgan rejissyor Shokir Xoliqov bilan AQShga o‘qishga ketayotgani va karyerasini O‘zbekistonda ko‘ra olmasligi haqida intervyu (video)“. daryo.
- ↑ „daryo.uz“ (2021-yil 22-noyabr). Qaraldi: 2025-yil 5-yanvar.