Shodmonqul Salom
Shodmonqul Salomov | |
---|---|
Tavalludi |
23-dekabr 1980-yil Surxondaryo viloyati, Qumqoʻrgʻon tumani |
Fuqaroligi |
O‘zbekiston SSR Oʻzbekiston |
Taʼlimi |
Termiz davlat universiteti Oʻzbekiston Milliy universiteti |
Mashhur ishlari |
„Yurak iqlimi“ „Koʻngil kitobi“ „Borligini bilganlar“ „Oqqapchigʻay toʻlqinlari“ |
Mukofotlari |
Shodmonqul Salom (toʻliq ismi: Shodmonqul Salomov; 1980-yil 23-dekabr Qumqoʻrgʻon, Oʻzbekiston SSR) — shoir[1][2], publitsist, nosir va muharrir[3]. Shuningdek, shoir „Doʻstlik“ ordeni sohibi[4], Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi[5][6][7].
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shodmonqul Salom 1980-yil 23-dekabr kuni Surxondaryo viloyati, Qumqoʻrgʻon tuman, Ketmonchi qishlogʻida tugʻilgan[8]. 2003-yil Termiz davlat universitetining Kimyo fakultetini tugatgan[9]. 2003—2005-yillarda Oʻzbekiston Milliy universiteti Qarshidagi Oliy adabiyot kursida oʻqigan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Turkiston“, „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“, „Chagʻoniyon“ gazetalari, „Saodat“, „Fermer“ jurnallari va „Kitob dunyosi“ gazetalarida faoliyat koʻrsatgan[10]. Hozirda „Maʼnaviy hayot“ jurnalida bosh muharrir oʻrinbosari lavozimida ishlaydi.
Ijodi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shodmonqul Salomning „Yurak iqlimi“ (2004), „Koʻngil kitobi“ (2011), „Borligini bilganlar“ (2013), „Koʻngil obidasiga yoʻl“ (nasriy. 2018-yil), „Sheʼr sayyorasi“ (2021), „Tongning iqbolini tilarmen“ kabi kitoblari nashr etilgan. Sheʼrlari turk, rus, tojik, qozoq, qirgʻiz tillariga tarjima qilinib, turli adabiy-badiiy jurnal va almanaxlarda chop etilgan.
2013-yildan beri Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.
Asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shoirning „Yurak iqlimi“, „Koʻngli kitobi“, „Borligini bilganlar“, „Koʻngil obidasiga yoʻl“, „Sheʼr sayyorasi“, „Tongning iqbolini tilarmen“ kabi sheʼriy asarlari mavjud.
Filmografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Nomi | Obraz | Izoh |
---|---|---|---|
2023 | Abdulla Oripov | Abdulla Oripovning yigitlik va oʻrta yosh paytlari | [11] |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Shodmonqul Salom. Yangi she’rlar & Shoir Shodmonqul Salom «Azizim, Hayot!» teleloyihasida (2019) | Xurshid Davron kutubxonasi“. kh-davron.uz. Qaraldi: 2023-yil 10-avgust.
- ↑ Kizi, Dinora Karimboyeva Rustam; Allambergenov, Hamza (2020-12-31). "THE ART OF TASBEEH IN THE POETRY OF SHODMONKUL SALOM" (en). ResearchJet Journal of Analysis and Inventions 1 (01): 40–42. ISSN 2776-0960. https://reserchjet.academiascience.org/index.php/rjai/article/view/9.
- ↑ „Janub quyoshi taftida ulg‘ayganlar: Shodmonqul Salom. She’rlar | Xurshid Davron kutubxonasi“. kh-davron.uz. Qaraldi: 2023-yil 10-avgust.
- ↑ „АҚШда ўзбек шоири Абдулла Орипов ҳақида филм суратга олинмоқда“ (uz-Cyrl). Газета.uz (2022-yil 24-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 10-avgust.
- ↑ „Rost24 - ShODMONQUL SALOM:Har bir xalq uchun o`z tili aziz va muqaddas“ (oz). Rost24. Qaraldi: 2023-yil 10-avgust.
- ↑ uza.uz „Бугун туғилган кун“ (uz). Uza.uz (2019-yil 23-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 10-avgust.
- ↑ „Шерали бобо суҳбати“ (uz-UZ). HURRIYAT (2023-yil 17-may). Qaraldi: 2023-yil 10-avgust.
- ↑ Baxtiyor „Shodmonqul Salom haqida batafsil ma’lumotlar, tarjimai hol“ (ru-RU). Sirlar.uz (2021-yil 11-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 10-avgust.
- ↑ „Шодмонқул Салом (1980)“ (ru-RU). www.ziyouz.uz (2014-yil 27-mart). Qaraldi: 2023-yil 10-avgust.
- ↑ Davronbek „Shodmonqul Salom (1980)“ (ru-ru). ziyouz.com (2014-yil 28-mart). Qaraldi: 2023-yil 10-avgust.
- ↑ Iqbol Qo‘shshayeva. „“Men yopiq qo‘rg‘onda yashadim qo‘rqib…”. “Abdulla Oripov” filmi haqida“. Gazeta.uz (2024-yil 23-mart). Qaraldi: 2024-yil 3-oktyabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shodmonqul Salom. She’rlar (Wayback Machine saytida 2023-09-21 sanasida arxivlangan) qaraldi: 10.08.2023
Shodmonqul Salom. Ehtirom qaraldi: 10.08.2023