Sergey Dvortsevoy
Sergey Dvortsevoy | |
---|---|
![]() | |
Tavalludi |
18-avgust 1962-yil |
Fuqaroligi |
![]() |
Kasbi | Kinorejissyor, Ssenariychi, Prodyuser, Rejissyor |
Faoliyat yillari | 1992-yildan |
Sergey Vladimirovich Dvortsevoy (1962-yil 18-avgust, Chimkent) – rossiyalik va qozogʻistonlik hujjatli, badiiy filmlar rejissyori. Nika mukofoti sovrindori (2000). Kann kinofestivalining gʻolibi (2008).
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dvortsevoy 1962-yil 18-avgustda Chimkent shahrida tugʻilgan. Otasi Vladimir Aleksandrovich Dvortsevoy (1936—2005) muhandis-geodezist, onasi Vera Petrovna Dvortsevaya (1938) muhandis-kartograf.
Chimkent shahridagi 29-umumtaʼlim maktabini tamomlagan. Shu bilan birga, Dvortsevoy bolalar sport maktabida futbol bilan shugʻullangan, shundan soʻng ikkinchi liganing „Ugolshchik“ (Ekibastuz) jamoasiga taklif qilingan. Futbolchilik faoliyatini davom ettirish oʻrniga 1979-yilda Krivoy Rogdagi aviatsiya maktabiga oʻqishga kirgan va uni 1982-yilda tamomlagan. 1982—1990-yillarda Chimkent aviatsiya otryadida ishlagan. 1988-yilda Novosibirsk elektrotexnika instituti radiotexnika fakultetining sirtqi boʻlimini tamomlagan.
1990-yilda Dvortsevoy VKSRning hujjatli kino rejissyorlik boʻlimiga (L. Gurevich, S. Zelikin ustaxonasi) maqsadli qabuli asosida oʻqishga kirgan. Oʻqish davrida Dvortsevoy „Styopa“ oʻquv hujjatli filmi, „Schaste“ qisqa metrajli filmi va bitiruv ishi boʻlgan „Xlebniy den“ filmini suratga olgan va xalqaro kinofestivallarda oʻnlab Gran-priga sazovor boʻldi. VKSRni tugatgandan soʻng, Dvortsevoy „Trassa“, „V temnote“ hujjatli filmlari va „Tyulpan“ badiiy filmlarini suratga olgan.
Qozoq choʻlidagi choʻponlar hayoti haqida hikoya qiluvchi „Tyulpan“ (2008) filmi Kann kinofestivalida „Un Certain Regard“ tanlov dasturida bosh mukofonit, shuningdek, dunyo boʻylab xalqaro kinofestivallarda 9 ta Gran-priga sazovor boʻlgan. .
2018-yilda Moskvadagi qirgʻizistonlik muhojirlar hayotiga bagʻishlangan „Ayka“ filmi Kann kinofestivalida "Oltin palma shoxi "ga nomzod boʻlgan, bosh rolni ijro etgan Samal Yeslyamova esa Kann kinofestivalining eng yaxshi ayol roli uchun mukofotiga sazovor boʻlgan[1]. Film Cottbusdagi (Germaniya) 28-Xalqaro kinofestivalida Gran-priga sazovor boʻlgan; ushbu tanvlovda 40 mamlakatdan 190 ta film bosh mukofot uchun kurashdi. Gran-pridan tashqari film hakamlar hay’ati sovrini bilan ham taqdirlangan[2]. 2018-yil 26-noyabrda film Filmex Tokio kinofestivalida Gran-prini qoʻlga kiritgan[3]. 2018-yil 17-dekabrda film „Chet tilidagi eng yaxshi film“ nominatsiyasida Oskarga daʼvogarlarning qisqa roʻyxatiga kiritilgan[4].
2019-yilning 2-iyulida Dvortsevoy Amerika kino akademiyasining hakamlar hay’ati aʼzolaridan biriga aylandi (59 ta davlatdan 841 ta boshqa ishtirokchilar bilan birga)[5].
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xotini Olga Dvortsevaya. Qizlari Veronika Dvortsevaya (1990), Sofiya Dvortsevaya (2003).
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Из Канн - в Астану. Из Астаны - в родной Шымкент“. 2018-yil 18-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 18-dekabr.
- ↑ „Фильм "Айка" получил Гран-при международного кинофестиваля в Германии“. 2018-yil 18-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 18-dekabr.
- ↑ „«Айка» Сергея Дворцевого взяла Гран-при кинофестиваля в Токио“. 2019-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 18-dekabr.
- ↑ „Фильм о киргизской эмигрантке в Москве вошел в шорт-лист «Оскара»“. 2018-yil 18-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 18-dekabr.
- ↑ „Oscars new members“ (en). Oscars.org (2019-yil 2-iyul). 2019-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 4-iyul.