Kontent qismiga oʻtish

Serengeti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Serengeti

Serengeti mushugi
Kelib chiqishi AQSH, Kaliforniya
Uy mushugi (Mushuk)

Serengeti (inglizcha: Serengeti cat) – Bengal mushugi, sharq mushuklari va qora mushuklarining chatishishi natijasida paydo boʻlgan mushuklarining xonaki zoti. Shuningdek, Yevropa „yovvoyi“ kalta yunglilari va Maine-coonlar zoti ham aralashgan. Serengeti zotining nasl boshchisi Bengal mushuklaridir.

Serengeti zoti 1994-yilda Karen Sauzman tomonidan yaratilgan. Sauzmanning asosiy maqsadi Afrikadagi serval yovvoyi mushuklaridan fenotipik jihati yaqin boʻlgan xonaki mushuklari zotini yaratish edi.

Naslchilik ishlari mobaynida zot uchun eng mos boʻlgan mushuk turlari olingan. Yovvoyi mushuklarning genlari bu mushuklarning genomida umuman ishtirok etmagan.

Bu zotga Serengeti milliy bogʻi nomi qoʻyilgan. Dunyo boʻylab bu zot mushuklarining soni bir necha yuztaga yetadi[1].

Tashqi koʻrinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Serengeti eng katta mushuk zotlaridan biridir. Erkak mushuklarning vazni 15 kg gacha, modalarining vazni esa 8-10 kg gacha yetishi mumkin[2].

Mushuk zotlari orasida Serengeti oyoqlari eng uzun hisoblanadi. Panjalarining uzunligi tufayli bu mushuklar koʻpincha Maine-coonlarga qaraganda balandroq boʻladi.

Serengeti mushuklari paydo boʻlishining asosiy genetik xususiyati yovvoyi servallar zotlaridir. Serengeti mushuklarini uzun nozik oyoqlari, choʻziq boʻyni va katta quloqlari bor.

Xususiyatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Serengeti mushuklari faol, qiziquvchan va dovyurak zotdir. Ular tabiatni yaxshi koʻradilar, oʻynoqi va tirmashishga moyil boʻladi. Odatda baland javonlar va shkaflarga chiqishadi.

Serengeti qaysar tur boʻlib, yolgʻizlik va eʼtiborsizlikni yoqtirmaydi. Bu mushuklar odamlar bilan doimiy aloqada boʻladi.

Faol hayot tarzi tufayli, ular har doim ham boshqa uy hayvonlari bilan yaxshi munosabatda boʻlolmaydilar. Shuningdek, ushbu zotning rivojlangan ov instinktini hisobga olish kerak, ular kichik kemiruvchilarni ashaddiy dushmani boʻlishi mumkin.

Serengeti uydan tashqarida yurish va hududni oʻrganishni juda yaxshi koʻradi, hamda bu ishtiyoq yosh oʻtishi bilan yoqolmaydi. Mushukka uy qurishdan oldin uning xarakterini hisobga olish kerak.

Boqish tartibi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu zot mushuklari alohida gʻamxoʻrlik talab qilmaydi. Serengetlarni silliq yungi bilan hech qanday muammmosi yoʻq. Zotga xos sogʻliq muammolari turning hali juda yoshligi tufayli ham toʻliq aniqlanmagan.

Ammo shuni yodda tutish kerakki, bu zotning koʻrinishi katta boʻlib, tez oʻsadigan mushuklardandir. Shuning uchun, mushukcha oʻsib ulgʻaygan sayin, u koʻp miqdorda kalsiy, fosfor va oqsil bilan yetarli darajada taʼminlanishi kerak[1].

Parvarishlash

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Serengeti mushuklari uchun ovqatni tanlashda eʼtiborli boʻlish talab qililinadi[1]. Serengeti, xuddi Bengal mushugi kabi, toza havoda sayr qilishni yaxshi koʻradi. Buning uchun maxsus jabduqlar va tasma sotib olish tavsiya etiladi – ularning yordami bilan har doim uy hayvonini nazorat qilish va uning xavfsiz yurishini taʼminlash mumkin.

  1. 1,0 1,1 1,2 kotelloeditor. „Уход и содержание серенгети“ (ru). kotello.ru. 2019-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 4-iyun.
  2. „Серенгети кошка -“ (ru) (2017-yil 1-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 4-iyun.

Tashqi havolalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]