Kontent qismiga oʻtish

Sent-Vinsent va Grenadin orollari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sent Vinsent va Grenadinlar
Saint Vincent and the Grenadines
ShiorPax et justitia
Lotincha: Tinchlik va haqqoniylik
Madhiya: "Saint Vincent, Land so beautiful"
Location of Sent-Vinsent va Grenadin orollari
Poytaxt Kingstaun
Rasmiy til(lar) Ingliz tili
Hukumat Hamdoʻstlik
• Rohib
Yelizaveta II
Ser Frederick Ballantyne
Ralph Gonsalves
Mustaqillik (Birlashgan Qirolligidan)
• Sana
27-oktabr 1979
Maydon
• Butun
389 km2 (203-oʻrin)
• Suv (%)
ahamiyatsiz
Aholi
• 2002-yilgi roʻyxat
117,534 (192-oʻrin)
• Zichlik 302/km2
YIM (XQT) 2005-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$342 mil. (211-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$2,910
Pul birligi East Caribbean Dollar (XCD)
Vaqt mintaqasi UTC–4
• Yoz (DST)
UTC–4
Qisqartma VC
Telefon prefiksi 1
Internet domeni .vc

Sent Vinsent va Grenadinlar (inglizcha: Saint Vincent and the Grenadines) Karib dengizidagi SentVinsent orol va Grenadina orollarining shimoliy qismida joylashgan davlat. Maydoni 389 km². Aholisi 116 ming kishi (2002). Maʼmuriy jihatdan 5 tumanga boʻlinadi.[1]

Davlat tuzumi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sent Vinsent va Grenadinlar — Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiruvchi konstitutsiyali monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 1979-yil kuchga kirgan. Davlat boshligʻi — Buyuk Britaniya qirolichasi boʻlib, uning nomidan generalgubernator ish yuritadi. Qonun chiqaruvchi oliy hokimiyat organi — bir palatali parlament (Majlis palatasi). Ijrochi hokimiyatni generalgubernator tomonidan tayinlanadigan bosh vazir amalga oshiradi.

SentVinsent orol vulkan otilishidan hosil boʻlgan. Eng bal. joyi 234 m — Sufriyer vulkani. Hozir ham harakatda. Eski vulkanlar tizmasi shimolidan jan.ga tomon pasayib boradi. Grenadina orollari marjon riflari bilan oʻralgan. Iqlimi tropik, passatli. Oʻrtacha oylik temperatura 18—32°. Dekabrdan aprelgacha quruq mavsum, yillik yogʻin 1500–3700 mm; uning 70% maydan noyabrgacha yogʻadi. Teztez boʻron boʻlib turadi. SentVinsent orolning markaziy qismi oʻrmon bilan qoplangan, butazorlar ham uchraydi. Hayvonot dunyosi anvoyi qushlar (toʻti, kolibri), turlituman tropik baliqlar va hasharotlardan iborat. Bir necha qoʻriqxona bor.

Aholisining asosiy qismi sentvinsentliklar boʻlib, ular plantatsiyalarda ishlatish uchun mustamlakachilar tomonidan keltirilgan afrikalik neflar bilan indeyslar aralashuvidan hosil boʻlgan mulatlardir. Dindorlarining aksariyati — xristian (protestant)lar. Rasmiy til — ingliz tili.

SentVinsent orolga 1498-yil X. Kolumb avliyo Vinsent kunida yetib borgan. 17-asrgacha Ispaniya mulki hisoblangan, 1783-yilgacha goh fransuzlar, goh inglizlar qoʻliga oʻtib turgan, nihoyat oʻsha yili Buyuk Britaniya mustamlakasiga aylantirilgan. 1958—62 yillarda orollar VestIndiya Federatsiyasi tarkibida boʻlgan. 1969-yil "Buyuk Britaniya bilan uyushgan davlat" maqomini oldi. 1979-yil 27 oktabrda mustaqillikka erishdi. 1980-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 27 oktabr — Mustaqillik kuni (1979).

Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalq taraqqiyoti harakati partiyasi, 2000-yil tuzilgan; Yangi demokratik partiya, 1975-yil asos solingan; Birlashgan leyboristlar partiyasi, 1994-yil tashkil etilgan. Mehnatkashlar milliy harakati kasaba uyushmasi; Ishchilar birlashgan ittifoqi, 1962-yil tuzilgan; Sent Vinsent va Grenadinlar mehnatkashlari ittifoqi, 1943-yil asos solingan.

Qishloq xoʻjaligi va xorijiy sayyoqlarga xizmat koʻrsatish iqtisodiyotning asosini tashkil etadi. Yalpi ichki mahsulotda xizmat koʻrsatish sohasining ulushi (shu jumladan, turizm) 71,9%, qishloq xoʻjaligining ulushi 10,6% va sanoat ulushi 17,5% dan iborat. Mehnatga layoqatli aholining 60% qishloq xoʻjaligida band. Asosiy qishloq xoʻjaligi mahsulotlari — banan, kokos yongʻogʻi, mango, muskat yongʻogʻi, kakao, maniok, sitrus mevalar, ildizidan arrorut kraxmali ajratib olinadigan oʻsimliklar. Qoramol, choʻchqa, qoʻy boqiladi. Baliq ovlash rivojlangan. Yiliga oʻrtacha 73,2 mln. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Mahalliy qishloq xoʻjaligi xom ashyosini qayta ishlaydigan, toʻqimachilik, poyabzal, farmatsevtika korxonalari bor. Temir yoʻli yoʻq. Avtomobil yoʻllari uzunligi — 1020 km. Asosiy dengiz porti va aeroporti — Kingstaun. Chetga banan, arrorut, xom shakar, kopra va boshqa chiqaradi, chetdan keng isteʼmol mollari, oziq-ovqat, yoqilgʻi, transport vositalari keltiradi. Asosan, Karib havzasi mamlakatlari, AQSH, Buyuk Britaniya bilan savdo qiladi. Pul birligi — sharqiy karib dollari.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gazeta va jurnallari: "Gavernment gazett" ("Hukumat gazetasi", 1868-yildan), "Nyu tayme" ("Yangi vaqt", haftalik gazeta, 1984-yildan), "Vinsenshn" ("Vinsentlik", haftanoma. 1919-yildan), "Gavernment bulletin" ("Hukumat byulleteni"), "Yuniti" ("Birlik", 2 haftada bir marta chiqadigan jurnal). "Neshnl brodkasting korporeyshn of SentVinsent end Grenadine" hukumat radio va telekoʻrsatuv xizmati mavjud.

Kingstaunda pedagogika instituti, texnika kolleji, Milliy muzey, anglikan sobori, botanika bogʻi (1763-yil tashkil etilgan), Sharlott qalʼasi (inglizlarning 18-asrdagi istehkomi) bor.[2]