Sayyid Yahyo Murtuza masjidi
Masjid | |
Mamlakat | Ozarbayjon |
Boku | Asaf Zeynalli koʻchasi |
Koordinatalar | 40°21′53″N 49°50′07″E / 40.364741°N 49.835256°E |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi Shirvon-Absheron meʼmorchilik maktabi |
Loyiha muallifi | Sayyid Yahyo Murtuza |
Binokorlik sanasi | XVII asr |
Holati | qayta tiklangan |
Sayyid Yahyo Murtuza masjidi Vikiomborda |
Sayyid Yahyo Murtuza masjidi (ozarbayjoncha: Seyid Yahya Murtuza məscidi; forscha: مسجد سید یحیی مرتضی) yoki Hazrat Ali masjidi (ozarbayjoncha: Həzrət Əli məscidi; forscha: مسجد حضرت علی) – XVII asrga oid tarixiy masjid. Bino Icheri-sheherning bir qismi boʻlib, Ozarbayjonning Boku shahri Asaf Zeynalli koʻchasida joylashgan. Masjid Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 2-avgustdagi 132-son qarori bilan milliy meʼmoriy yodgorlik sifatida roʻyxatga olingan[1].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻrta asr karvon savdo yoʻlida joylashgan Sayyid Yahyo Murtuza masjidi XVII asr boshlarida qurilgan. Ushbu yodgorlik oʻz davrining eng nufuzli shaxslaridan biri boʻlgan Sayyid Yahyo Murtuzaning mablagʻi evaziga bunyod etilgan. Murtuza ushbu masjidda diniy shaxs sifatida faoliyat yuritgan boʻlib, oʻlimidan keyin aynan shu masjid hovlisiga dafn etilgan. Hozirda uning qabri masjidning kirish eshigi yonida joylashgan[2].
Sayyid Yahyo Murtuza masjididan Ozarbayjon SSR davrida duradgorlik ustaxonasi sifatida foydalanilgan.
1990-yillardan keyin masjid Icheri-sheher Juma masjidi tarkibiga kiritilgan. Hozirgi kunda masjidda „Hazrati Muhammad“ jome masjidi diniy jamiyati faoliyat yuritib kelmoqda[3].
Arxitekturasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qurilish rejasiga koʻra masjid kvadrat shaklda, markaziy qismi gumbazli, minorasi yoʻq. Mehrobning janubiy devorlariga stalaktiklar bilan ishlov berilgan[4].
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Masjidning turli tomondan koʻrinishi
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Azərbaycan Respublikası ərazisində dövlət mühafizəsinə götürülmüş daşınmaz tarix və mədəniyyət abidələrinin əhəmiyyət dərəcələrinə görə bölgüsünün təsdiq edilməsi haqqında Azərbaycan Respublikasi Nazirlər Kabinetinin qərarı“. e-qanun.az. 2021-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 12-mart.
- ↑ „MƏSCİD“ (az). icherisheher.gov.az. 2017-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 24-mart.
- ↑ „"Azərbaycan bayrağı–milli-mənəvi sərvətimizi və bizi xarakterizə edən atribut" layihəsi uğurla icra olunur“ (az). scwra.gov.az (2016-yil 18-mart). 2016-yil 21-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 24-mart.
- ↑ „MƏSCİD“ (az). icherisheher.gov.az. 2017-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 24-mart.