Sayyid Rahmatulloh Termiziy
Bu maqolaning betarafligi shubha ostidadir. Batafsilroq maʼlumot uchun maqola munozarasiga qarang. |
Sayyid Rahmatulloh Termiziy | |
Rahmatulloh Sayfuddinov | |
Tavallud sanasi: | 5-iyun 1975-yil |
Tavallud joyi: | Muzrabot tumani Surxondaryo viloyati Oʻzbekiston |
Dini: | Islom |
Sayyid Rahmatulloh Termiziy (18-may 1975-yil) — shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning shogirdlaridan biri[1], imom, 2023-yilgacha Toshkent shahri bosh imom-xatibi boʻlgan[2].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rahmatulloh Sayfuddinov 1975-yil 18-mayda Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanida tavallud topgan. Ilk diniy saboqni otasi eshoni Habibulloxondan oʻrgangan. Oʻrta maktabni bitirgach 1992–1995-yilarda Buxorodagi Mir Arab madrasasida tahsil olgan va ushbu madrasani qizil diplom bilan tamomlagan. 1995–1999-yillarda Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom Institutida tahsil olgan va qizil diplom bilan tamomlagan. 2003-yil Eronda oʻtkazilgan „XIX Xalqaro Qurʼoni Karim musobaqasi“da ishtirok etgan[3].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1995–1997-yillar Toshkent shahar Shayxontohur tumani “Oq tunikali” masjidi imom-xatibi; 1997–1999-yillar Toshkent shahar Yunusobod tumani “Mirza Yusuf” masjidi imom-noibi; 1999–2003-yillar Toshkent shahar Yunusobod tumani “Oq-tepa” masjidi imom-xatibi; 2000–2003-yillar Toshkent Islom instituti oʻqituvchisi; 2003–2014-yillar Toshkent shahar Shayxontohur tumani “Xoʻja Alambardor” masjidi imom-xatibi; 2013-yildan Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom Institutida tafsir fanidan dars berib kelmoqda; 2014–2015-yillar “Minor” masjidi imom-xatibi; 2016–2021-yillar Toshkent shahri Yunusobod tumani “Mirza Yusuf” masjidi imom-xatibi va tuman bosh imom-xatibi; 2021–2023-yillar “Minor” masjidi imom-xatibi va Toshkent shahar bosh imom xatibi[1]; 2023-yildan Toshkent shahridagi “Minor” masjidi imom-xatibi boʻlib faoliyat yuritmoqda.
Yutuqlar, mukofotlar va unvonlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2011-yil dekabr oyida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tomonidan oʻtkazilgan “Yil imomi” koʻrik tanlovi Respublika bosqichining mutlaq gʻolibi;
- 2012-yil Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tomonidan “Eng faol imom xatibi”;
- “Ummat oldidagi xizmatlari uchun” ordeni (2019-yil);
- “Shayxlik unvoni” — 2020-yil Hindistonda boʻlib oʻtgan “Xalqaro Milad konferensiyasi — 2020”ga qatnashgan barcha ulamolar, xususan Shayx Abu Bakr Ahmad tomonidan[4].
Ilmiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kitoblari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2011-yil „Halol savdo kasblarning yaxshisi“, Movarounnahr nashriyoti,
- 2013-yil „Halol kasb farovonlik omili“ nomli kitobi „Movarounnahr“ nashriyoti,
- 2013-yil „Ibratli xonadon“ nomli kitobi „Movarounnahr“ nashriyoti,
- 2017-yil „Ota-onaga oq boʻlishdan saqlanaylik“ nomli kitobi „Movarounnahr“ nashriyoti,
- 2017-yil „Xalq dardi bilan yashaylik“ nomli kitobi „Movarounnahr“ nashriyoti,
- 2018-yil „Moʻmin kishi — mukarram zot“ nomli kitobi Hilol nashriyot-matbaasi,
- 2018-yil „Halol kasb farovonlik omili, Halol savdo kasblarning yaxshisi“ nomli kitobi „Hilol“ nashriyot-matbaasi,
- 2018-yil „Ibratli xonadon“ nomli kitobi „Hilol“ nashriyot-matbaasi
Manba
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Kun.uz. „Toshkent shahriga yangi imom-xatib tayinlandi“ (19-oktabr 2021-yil). Qaraldi: 28-aprel 2024-yil.
- ↑ Kun.uz. „Rahmatulloh domla Sayfuddinov Toshkent shahar bosh imom-xatibi vazifasidan ketdi“ (4-yanvar 2023-yil). Qaraldi: 28-aprel 2024-yil.
- ↑ „Шайх Саййид Раҳматуллоҳ Термизий“. Qaraldi: 28-aprel 2024-yil.
- ↑ https://mehrob.uz/pages/about