Saudiya Arabistonida saylov tizimi
Saudiya Arabistonida saylovlar kam uchraydi. Ilk saylovlar oʻtgan asrning 20-yillarida oʻtkazganligiga qaramay, ayollarga saylanish va saylash huquqining berilishi masalasi anchayin muammoli boʻlib kelgan[1][2].
![](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/5/53/Saudi_Arabia_2003_CIA_map.jpg/220px-Saudi_Arabia_2003_CIA_map.jpg)
Qisqacha tavsif
[tahrir | manbasini tahrirlash]Saudiya Arabistoni Maslahat Assambleyasi (Majlis ash-Shoro) 150 nafar tayinlangan aʼzodan iborat boʻlib, qonunlar taklif qilishi mumkin, ammo hukumatning mutlaq monarxiya maqomi tufayli takliflar asosiy qonunchilik maqomiga ega emas. Saudiya Arabistonida siyosiy partiyalarga ruxsat berilmagan.
Ilk saylovlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Saudiya Arabistonida birinchi munitsipalitet saylovlari 1920-yillarning oʻrtalarida Hijozning Makka, Madina, Jidda, Yanbu va Toif shaharlarida boʻlib oʻtdi, chunki podshoh Abdulaziz ibn Saud mamlakatda Usmonliylar va Hoshimiylar hukmronligi oʻrniga mahalliy hukumatlarni oʻrnatdi. Boshqa munitsipalitetlarga saylovlar 1954-1962-yillarda qirol Saud davrida boʻlib oʻtdi, bu tajriba qirol Faysalning markazlashuvi ostida yakunlandi.[3]
XXI asrdagi saylovlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]2005-yilda shahar kengashlari aʼzolarining yarmi uchun saylovlar boʻlib oʻtdi, faqat erkak nomzodlar mavjud boʻlib, faqat erkaklar ovoz berishdi. 2009-yil fevral oyida 2009-yilga belgilangan munitsipal (mahalliy) saylovlar „baholash uchun“ nomaʼlum muddatga qoldirilishi eʼlon qilindi.[4] Hukumat vakilining aytishicha, ular keyingi saylovlarda ayollarning saylov huquqini koʻrib chiqish uchun qoldirildi.[5] Oxir-oqibat munitsipal saylovlar 2011-yilda boʻlib oʻtdi va rejalashtirilgan edi, ammo umumiy saylov huquqi (yaʼni ayollarga ham saylash huquqi berilishi) 2015-yilgi rejalashtirilgan ovoz berishgacha qoldirildi.
Ayollarsiz saylov
[tahrir | manbasini tahrirlash]Saudiya Arabistonida 1950-1960-yillarda munitsipal saylovlar oʻtkazilganda ayollarga saylovda qatnashish va saylanish huquqi berilmagan.[6] 2005-yilgacha boshqa saylovlar oʻtkazilmagan. Oʻsha paytda ayollarning ishtirok etishiga ruxsat berilishini kutishganiga qaramay, Saudiya Arabistoni rasmiylari ruhsat bermaslikka qaror qilishdi.[7] Ayollar saylov uchastkalarida ayollar yetarli emasligi (mamlakatda gender ajratish odatiy hol) va faqat oz sonli ayollarning ovoz berishlari uchun ID kartalari borligi taʼkidlangan.[6] Xuddi shu qoidalar 2011-yilda saylovlar oʻtkazilganda ham qoʻllangan[8]. 2011-yil sentabrida qirol Abdulla ayollarga 2012-yildan boshlab ham saylash, ham saylanish huquqi berilishini eʼlon qildi, yaʼni ular 2015-yilga rejalashtirilgan munitsipal saylovlarda qatnashish huquqiga ega boʻladi.[9] Shuningdek, u ayollarning saylanmagan sho'roda qatnashish huquqiga ega boʻlishini aytdi.[10][11] Xalqaro Amnistiya bu qarorni „Saudiya Arabistonida gender tengligi sari uzoq yoʻlda qilingan maʼqul, cheklangan boʻlsa-da, qadam va u yerdagi ayollar huquqlari faollarining uzoq davom etgan kurashidan dalolatdir“ deb taʼrifladi.[12]
Ayollarning saylovlarda ishtirok etishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2011-yil sentabr oyida qirol Abdulla ayollarga 2015-yilgi munitsipal saylovlarda saylash va ishtirok etish huquqini berdi.
![](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/9/98/Abdullah_of_Saudi_Arabia.jpg)
Ayollarga saylov huquqining berilganiga qaramay, ayollar huquqlari bilan bogʻliq koʻplab masalalarda boʻlgani kabi, ayollarning saylov huquqi Saudiya Arabistonida soʻnggi yillarda ommaviy muhokama mavzusi boʻlib, har ikki tomonning qatʼiy qarashlari mavjud.[13] Bu siyosiy saylov huquqiga jinsga xos taqiqni saqlab qolgan dunyodagi oxirgi davlatdir.[14]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Saudi Arabia to hold elections next month after year and a half delay“. Toronto Star/AP (2011-yil 22-mart). 22-mart 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 22-mart.
- ↑ „Women remain barred from voting as Saudi Arabia announces elections“. The National (Abu Dhabi)/AP/Bloomberg (2011-yil 23-mart). 22-mart 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 22-mart.
- ↑ Mattheisen, Toby (2015). „Centre –Periphery Relations and the Emergence of a Public Sphere in Saudi Arabia: The Municipal Elections in the Eastern Province, 1954 – 1960“. British Journal of Middle Eastern Studies. 42-jild, № 3. 320–338-bet. doi:10.1080/13530194.2014.947242.
- ↑ Brian Whitaker, The Guardian, 24 February 2009, Hello, democracy — and goodbye
- ↑ „Kampagne für Frauenstimmrecht in Saudiarabien | NZZ“. Neue Zürcher Zeitung (2011-yil 17-yanvar).
- ↑ 6,0 6,1 „Saudi government bans women’s suffrage“. MSNBC (11-oktabr 2004-yil). Qaraldi: 25-sentabr 2011-yil.
- ↑ „Saudi women barred from voting“. BBC News (11-oktabr 2004-yil). Qaraldi: 20-sentabr 2007-yil.
- ↑ „Saudi Arabia gives women right to vote“. The Guardian (25-sentabr 2011-yil). Qaraldi: 25-sentabr 2011-yil.
- ↑ „Women in Saudi Arabia 'to vote and run in elections'“. BBC News (25-sentabr 2011-yil). Qaraldi: 25-sentabr 2011-yil.
- ↑ „Saudi king allows women to vote“. Associated Press (25-sentabr 2011-yil). Qaraldi: 25-sentabr 2011-yil.
- ↑ Saudi king: Women can vote in local elections
- ↑ „VOTE FOR SAUDI WOMEN NO GUARANTEE OF RIGHTS“. Amnesty International Website. 2011-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-sentabr 2011-yil.
- ↑ Zoepf, Katherine. „Talk of Women’s Rights Divides Saudi Arabia“. The New York Times (31-may 2010-yil). Qaraldi: 25-sentabr 2011-yil.
- ↑ „Fact Sheet: Women's Political Participation“. International Women’s Democracy Center website. 30-sentabr 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-sentabr 2011-yil.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |