Sanna Marin
Sanna Mirella Marin (1985-yil 16-noyabrda tugʻilgan) — finlandiyalik siyosatchi, 2019-yildan 2023-yilning 20-iyuniga qadar Finlandiya Bosh vaziri sifatida faoliyat yuritdi. Finlandiya Sotsial-demokratik partiyasi (SDP) aʼzosi, 2015-yildan beri parlament aʼzosi. Antti Rinne pochta ish tashlashlari tufayli isteʼfoga chiqqanidan keyin, Marin 2019-yil 8-dekabrda bosh vazir etib saylangan. 34 yoshida lavozimga kirishgan. U Finlandiya tarixidagi bu lavozimni egallagan eng yosh shaxsdir[1]. Shu bilan birga, chernogoriyalik Dritan Abazovich va chililik Gabriel Borikdan keyin dunyo siyosatida uchinchi eng yosh davlat rahbaridir.
Erta hayoti va taʼlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sanna Mirella Marin 1985-yil 16- noyabrda Xelsinkida tugʻilgan[2][3]. U Tampereʼye koʻchishdan oldin Espoo va Pirkkala shaharlarida ham yashagan[4]. Uning ota-onasi u juda yoshligida ajrashgan. Oila parokandalik tufayli juda katta moliyaviy muammolarga duch kelgan. Shu kabi muammolar tufayli Marinning otasi Lauri Marin ichkilikka ruju qoʻydi hamda alkogolizm bilan kurashishiga toʻgʻri keldi[5]. Biologik ota-onasi ajralganidan keyin Marin onasi hamda onasining yaqin dugonasi tomonidan tarbiyalanib, voyaga yetkazildi[6][7].
Marin 2004-yilda 19 yoshida Pirkkala o‘rta maktabini aʼlo baholarga tamomladi[8]. U o‘qish paytida novvoyxonada shu bilan birga kassir bo‘lib ham ishladi. Tampere universitetining maʼmuriy fanlar bo‘yicha bakalavr hamda magistr darajasini oldi.
Erta siyosiy martabasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Marinning siyosiy faoliyati BBC tomonidan „20 yoshida boshlangan“, oʻrta maktabni tugatgandan keyin Sotsial-demokratik yoshlar bilan aloqasi boshlangan yillar davomida tasvirlangan[6][9]. Marin 2006-yilda Sotsial-demokratik yoshlar safiga qo‘shilib, 2010-yildan 2012-yilgacha uning birinchi vitse-prezidenti bo‘lib faoliyat yuritgan[9]. 2008-yilda u Tampere shahar kengashiga saylovda muvaffaqiyatsiz ishtirok etdi, biroq yana oʻz nomzodini qoʻyib, 2012-yilgi saylovlarda faol ishtirok etdi va saylandi[6][10]. U bir necha oy ichida shahar kengashi raisi bo‘lib, 2013-yildan 2017-yilgacha shu lavozimda xizmat koʻrsatdi. 2017-yilda u shahar kengashiga qayta saylangan[11]. Uning munozarali yigʻilishlari videokliplari ilk marta YouTubeʼda baham koʻrilganidan soʻng mashhur boʻlib ketdi.
Marin 2014-yilda Sotsial-demokratik partiya (SDP) raisining ikkinchi o‘rinbosari etib saylandi[12]. 2015-yilda u Finlandiya parlamentiga Pirkanmaa saylov okrugidan deputat etib saylandi[13]. Toʻrt yil oʻtgach, u qayta saylangan[14]. 2019-yil 6-iyun kuni u transport va kommunikatsiyalar vaziri etib saylandi[12][15].
2020-yil 23-avgustda Marin Antti Rinne oʻrniga SDP raisi etib saylangani maʼlum qilindi[16].
Finlandiya Bosh vaziri (2019-yildan hozirgacha)
[tahrir | manbasini tahrirlash]2019-yil dekabr oyida Marin Sotsial-demokratik partiya tomonidan Antti Rinne oʻrniga Finlandiya Bosh vaziri lavozimiga nomzod qilib koʻrsatilgan edi[17]. Biroq Rinne rasman 2020-yilning iyunigacha partiya yetakchisi boʻlib qolishga qaror qildi[18][19]. Kichik ovoz berishda Marin Antti Lindtmandan ustun kelgan. Uning besh partiyadan iborat kabinetidagi vazirlarning koʻpchiligi ayollar hisoblanib, vazirlar mahkamasi tuzilgan paytdagi 19 tadan 12 tasini tashkil etgan edi[20][21]. U Finlandiyada Anneli Jaatteenmaki hamda Mari Kiviniemidan keyingi uchinchi ayol hukumat rahbari hisoblanadi[22][19].
34 yoshida parlament tomonidan tasdiqlanganidan soʻng u Finlandiya tarixidagi eng yosh bosh vazir boʻldi hamda 2020-yil yanvarida Sebastyan Kurz bu taʼrifni qaytarib olguncha xizmat qilayotgan eng yosh davlat rahbari boʻlib qoldi[23][24].
2020-yilda global COVID-19 pandemiyasi paytida Marin vazirlar mahkamasi epidemiyani yumshatish uchun Finlandiyada favqulodda holat joriy qilgan[25]. Shvetsiya Bosh vaziri Stefan Lyofven 2020-yil oktabr oyida onasining dafn marosimi tufayli Yevropa Kengashi yig‘ilishida qatnasha olmagan bir paytda Marin Shvetsiya vakili sifatida yigʻilishda ishtirok etgan[26]. Buning evaziga Marin Löfvendan oʻsha oy oxiridagi Kengash yigʻilishida Finlandiya vakili boʻlishini soʻragan[27].
Tashqi siyosat
[tahrir | manbasini tahrirlash]2021-yil mart oyida Marin Xitoyning Shinjon viloyatida etnik uygʻurlarga nisbatan taʼqib qilinishini qoralab chiqdi[28].
2022-yil mart oyida u YeI Rossiya neftiga qaramligini tugatishi kerakligini taʼkidladi hamda „bir tomondan bizda juda qattiq iqtisodiy sanksiyalar bor, boshqa tomondan esa biz Rossiya urushini neft, tabiiy gaz va neft sotib olish orqali moliyalashtirmoqdamiz“ deb oʻzining nutqida aytib oʻtdi[29].
15-may kuni Niinistyo va Marin Finlandiya NATOga aʼzo boʻlish uchun ariza berishini maʼlum qilishdi hamda 17-mayda Finlandiya parlamenti 188-8 taklifini maʼqulladi[30]. Marin Turkiyaning Finlandiyaning NATO aʼzoligiga qarshi chiqishidan hayratda ekanligini taʼkidlab oʻtdi[31]. Uning so‘zlariga ko‘ra, uning mamlakati o‘z hududida NATOning doimiy bazalari yoki yadro quroli bo‘lishini istamas edi[32]. 2022-yil 26-may kuni Marin Ukraina bosh vaziri Denis Shmixal taklifiga binoan Kiyevga borgan va u yerda prezident Vladimir Zelenskiy bilan uchrashgan hamda urushdan vayron bo‘lgan Irpin hamda Bucha shaharlariga tashrif buyurgan.
COVID-19 davridagi harakatlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]2021-yil dekabr oyi boshida Marin do‘stlari bilan Xelsinkidagi tungi klubga tashrif buyurgan edi. Oʻsha kuni u Finlandiya tashqi ishlar vaziri bilan aloqada boʻlgan, u keyinchalik COVID-19 uchun ijobiy sinovdan oʻtdi hamda shu bilan Bosh vazirni infektsiyaga duchor qildi. Maringa bu haqda xabar berilgandan soʻng Davlat kotibi oʻrinbosari unga oʻzini izolyatsiya qilish kerak emasligini haqida xabar berdi, chunki u toʻliq emlangan edi. Oʻsha kuni kechqurun Marinning hukumat ish telefoniga ikkita matnli xabar yuborildi va ushbu xabarlarda Maringa oʻzini izolyatsiya qilishi kerakligi haqida ogohlantirish kelgan edi. Biroq Marin maʼlum bir sabablarga koʻra xabarni olmagan va ogohlantirish haqida bilmagan.
Shaxsiy partiya videosi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2022-yil avgust oyida Xelsinkidagi xususiy kvartirada Marinning ziyofat va raqsga tushishi aks etgan videolar ommaga oshkor bo‘lib, ijtimoiy tarmoqda virusga aylandi[33][34]. Marin giyohvand moddalarni isteʼmol qilish bilan bogʻliq shubhalar ostida qolgani tufayli 19-avgust kuni ʻoʻzining huquqiy himoyasi hamda har qanday shubhalarni bartaraf etish uchun ixtiyoriy ravishda giyohvand moddalar testini oʻtkazdi, ammo test salbiy natijani koʻrsatdi[35][36].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]2018-yil yanvar oyida Marin va uning sherigi Markus Raykkonenning qizi bor edi[37][38]. 2020-yil avgust oyida aloqa sohasida ishlaydigan Marin va Raykkonen bosh vazirning rasmiy qarorgohi „Kesaranta“da turmush qurishgan[38][39]. Ularning doimiy yashash joyi Tamperening Kaleva tumanida edi, ammo COVID-19 pandemiyasi davrida ular Kesarantada istiqomat qilishdi[38]. Iloji bo‘lsa, qishloqqa ko‘chib ketishlarini ham aytib oʻtdi[40].
Marin oʻzini „kamalak oilasidan“ deb taʼriflar edi, chunki u ikki ayol ota-onasi tomonidan tarbiyalangan[41][42]. U oilasidan universitetga kirgan birinchi odam edi[43]. Shu bilan birga Marin vegetarian ham edi[44].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Marin BBCning 2020-yil 23-noyabrda eʼlon qilingan „100 Women“ roʻyxatida bor edi[45]. 2020-yil 9-dekabrda u „Forbes“ tomonidan dunyoning 100 ta eng kuchli ayoli roʻyxatida 85-oʻrinni egalladi[46][47]. 2020-yilda u Jahon iqtisodiy forumining „Young Global Leader of the World Economic Forum“ning yetakchisi boʻlgan[48]. Marin "Time" jurnalining „Time100 Next“ nomli dunyoning yuzlab yetakchilari namoyish etiladigan sahifasi uchun tanlangan. Germaniyaning „Bild“ gazetasi Marinni „dunyodagi eng zoʻr siyosatchi“ deb taʼkidlab oʻtgan[49][50].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Prime Minister's age on the date of appointment“. Valtioneuvosto. 2022-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-avgust.
- ↑ Marin, Sanna. „Kuka Sanna? ja Ansioluettelo“. SannaMarin.net (2019-yil 19-dekabr). — „Koulutukseltani olen hallintotieteiden maisteri Tampereen yliopistosta. Ylioppilaaksi kirjoitin Pirkkalan yhteislukiosta vuonna 2004. / Asumme mieheni Markuksen ja kaksivuotiaan tyttäremme Emman kanssa Tampereella Kalevan kaupunginosassa. ... / Juureni löytyvät neljän kunnan alueelta. Olen syntynyt Helsingissä, asunut Espoossa, veittänyt kasvu- ja kouluvuoteni Pirkkalassa ja vihdoin kotiutunut Tampereelle. [I hold a Master of Administrative Sciences from the University of Tampere. I was a student and graduated from Pirkkala High School in 2004. / I live with my husband, Markus, and our two year old daughter, Emma, in the Kaleva district of Tampere. ... / My roots are in four municipalities. I was born in Helsinki, lived in Espoo, spent my years growing up and in school in Pirkkala, and finally settled in Tampere.]“. 2019-yil 19-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 4-fevral.
- ↑ Specia, Megan. „Who is Sanna Marin, Finland's 34-Year-Old Prime Minister?“. The New York Times (2019-yil 10-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 8-fevral.
- ↑ „About me | Sanna Marin“. www.sannamarin.net. 2019-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-avgust.
- ↑ „The father of Prime Minister Sanna Marini is dead“. Teller Report (2020-yil 2-iyul). Qaraldi: 2020-yil 2-iyul.
- ↑ 6,0 6,1 6,2 Greenall, Robert. „Sanna Marin: The rising star set to lead Finland's 5.5 million“. BBC News (2019-yil 9-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 9-dekabr.
- ↑ Sandelius. „Sanna Marin: "Juurettomuus pakottaa minut katsomaan tulevaan"“ (fi). Eeva (2018-yil yanvar). Qaraldi: 2020-yil 17-oktyabr.
- ↑ Esfandiari. „The rapid rise of Sanna Marin, the 34-year-old Finnish woman set to become the youngest serving world leader“. Business Insider (2019-yil 9-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 9-dekabr.
- ↑ 9,0 9,1 Hemmilä. „SDP:n uraohjus nousi 10 vuodessa Pirkanmaan ääniharavaksi – Sanna Marin haluaa ravistella puolueita“ (fi). Maaseudun Tulevaisuus (2018-yil 18-may). Qaraldi: 2019-yil 10-dekabr.
- ↑ Candidates elected Tampere Ministry of Justice of Finland.
- ↑ „Elected“. vaalit.fi (2020-yil 22-sentyabr).
- ↑ 12,0 12,1 Marin, Saana ja Eduskunta Henkilöstö [and Parliament Staff]. „Kansanedustajat [The MPs > Sanna Marin“] (fi). Eduskunta.fi. Suomen Eduskunta [Parliament of Finland] (2020-yil 4-fevral). Qaraldi: 2020-yil 4-fevral.
- ↑ „Electoral district of Pirkanmaa“. Ministry of Justice of Finland. Qaraldi: 2017-yil 10-yanvar.
- ↑ „Valitut“. tulospalvelu.vaalit.fi. Qaraldi: 2019-yil 3-dekabr.
- ↑ „Finnish minister, 34, to be world's youngest PM“. BBC News (2019-yil 9-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 9-dekabr.
- ↑ Hakahuhta. „Queenin "Älä pysäytä minua nyt" soi salissa, liikuttunut Sanna Marin: "Teidän ansiosta ja teidän vuoksenne" – Yle seuraa SDP:n kokousta“ (fi). Yle Uutiset (2020-yil 23-avgust). Qaraldi: 2020-yil 23-avgust.
- ↑ SDP on valinnut: Sanna Marinista tulee Suomen seuraava pääministeri — suora lähetys menossa, Yle seuraa hetki hetkeltä Yle 8 December 2019
- ↑ Teivainen. „Social Democrats selects Marin as its candidate to succeed Rinne“. Helsinki Times (2019-yil 9-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 9-dekabr.
- ↑ 19,0 19,1 Lemola, Johanna; Specia, Megan. „Sanna Marin of Finland to Become World's Youngest Prime Minister“. The New York Times (2019-yil 9-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 10-dekabr.
- ↑ Pohjanpalo, Kati; Laikola, Leo. „'I've proven my abilities': Finland's Sanna Marin becomes the world's youngest prime minister“. National Post (2019-yil 9-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 9-dekabr.
- ↑ Manzanaro. „Finland's Sanna Marin becomes the world's youngest Prime Minister“. Euronews (2019-yil 9-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 9-dekabr.
- ↑ Al Jazeera and News Agencies. „Finland: Sanna Marin to Become World's Youngest PM at 34“. Al Jazeera (2019-yil 9-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 4-fevral.
- ↑ „Finland's Parliament picks Sanna Marin as world's youngest sitting prime minister“. Japan Times. Associated Press (2019-yil 10-dekabr). 2019-yil 10-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 17-dekabr.
- ↑ „Finland's new 34-year-old prime minister to be youngest in the world, backed by all-female leaders“. ABC News (2019-yil 11-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 8-fevral.
- ↑ Teivainen. „Poll: Social Democrats overtakes Finns Party as most popular party in Finland“. Helsinki Times (2020-yil 1-aprel). Qaraldi: 2020-yil 2-aprel.
- ↑ Heikkilä, Melissa. „Finland's Sanna Marin to represent Sweden at EU summit“. Politico (2020-yil 29-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 15-may.
- ↑ Heikkilä, Melissa. „Finnish PM Sanna Marin leaves EU summit as coronavirus precaution“. Politico (2020-yil 16-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 15-may.
- ↑ Kopra. „China's Arctic Ambitions Face Increasing Headwinds in Finland“. thediplomat.com. The Diplomat (2021-yil 18-mart).
- ↑ „Marin: EU must end dependency on Russian oil“. Yle (2022-yil 11-mart).
- ↑ „Finland's Parliament approves NATO membership application“. Deutsche Welle (2022-yil 17-may). Qaraldi: 2022-yil 17-may.
- ↑ „Marin puzzled by Turkey's turn-about on Finnish and Swedish Nato bids“. Helsinki Times (2022-yil 17-may).
- ↑ „No Nuclear Arms or NATO Bases on Finland's Soil, Prime Minister Says“. Haaretz (2022-yil 19-may).
- ↑ „Sanna Marin: Finland PM partying video causes backlash“ (en-GB). BBC News (2022-yil 19-avgust). Qaraldi: 2022-yil 19-avgust.
- ↑ „People around the world are posting dancing videos to show solidarity with Finnish Prime Minister Sanna Marin“. www.cbsnews.com. Qaraldi: 2022-yil 23-avgust.
- ↑ „Finland’s PM Sanna Marin takes drug test after party ‘to clear up doubts’“ (en). the Guardian (2022-yil 19-avgust). Qaraldi: 2022-yil 23-avgust.
- ↑ „Finnish PM Sanna Marin tests negative for drugs after party video leak“ (en). The Guardian (2022-yil 22-avgust). Qaraldi: 2022-yil 23-avgust.
- ↑ Matson-Mäkelä. „Kansanedustaja Sanna Marinille syntyi vauva“ (fi). Yle Uutiset (2019-yil 31-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 3-dekabr.
- ↑ 38,0 38,1 38,2 Kale, Sirin. „Sanna Marin, The Youngest Female Prime Minister In The World, Talks Sexism, Imposter Syndrome, and Sustainability“. Vogue (2020-yil 31-mart). Qaraldi: 2020-yil 5-aprel.
- ↑ Cruse, Ellena. „Finnish Prime Minister Sanna Marin marries long-time love at intimate ceremony“. Evening Standard (2020-yil 2-avgust). Qaraldi: 2020-yil 2-avgust.
- ↑ Mansikkamäki. „Pääministeri Marin haluaisi muuttaa maalle – esteenä yksi henkilö: "Jatkan keskustelua"“ (fi). Maaseudun Tulevaisuus (2020-yil 30-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 19-oktyabr.
- ↑ Ng, Kate. „Sanna Marin: Meet the world's youngest prime minister and daughter of a 'rainbow family'“. The Independent (2019-yil 10-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 10-dekabr.
- ↑ „Uusi valtuuston puheenjohtaja jakoi nuorena Tamperelaista“ (fi). Tamperelainen (2013-yil 26-sentyabr). 2019-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 8-dekabr.
- ↑ Waterfield, Bruno. „Finnish prime minister Sanna Marin is world's youngest leader at 34“. The Times (2019-yil 10-dekabr).
- ↑ Nurmi. „Aatteen nainen“ (fi). Satakunnan Kansa (2019-yil 23-dekabr). 2019-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-avgust.
- ↑ „BBC 100 Women 2020: Who is on the list this year?“. BBC News (2020-yil 23-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 23-noyabr.
- ↑ #85 Sanna Marin — Forbes
- ↑ Mandalia. „Power Forbes selected Prime Minister Sanna Marin as one of the most influential women in the world“. PledgeTimes (2020-yil 9-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 9-dekabr.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „World Economic Forum's Young Global Leaders Community – Sanna Marin“. World Economic Forum. Qaraldi: 2020-yil 29-dekabr.
- ↑ Fabian. „Coolste Politikerin der Welt: Diese Regierungschefin kann auch Party!“ (de). Bild (2022-yil 14-avgust). Qaraldi: 2022-yil 19-avgust.
- ↑ Skoulding. „Finnish Prime Minister slammed after leaked video shows her thrusting at wild party“. The Mirror (2022-yil 18-avgust). Qaraldi: 2022-yil 19-avgust.