„Same Old Love“ („Xuddi shu eski muhabbat“) — amerikalik qoʻshiqchi Selena GomezningRevival (2015) nomli ikkinchi studiya albomidagi qoʻshiq. Qoʻshiq Charli XCX, Ross Golan va produserlar Stargate and Benny Blanco tomonidan yozilgan boʻlib, Revivalning ikkinchi singlisi sifatida 2015-yil 10-sentyabrda chiqarilgan. Gomezning soʻzlariga koʻra, matnlar turli xil munosabatlarning turli bosqichlarini aks ettiradi hamda uning hayotida toksik boʻlgan barcha narsalardan xalos boʻlishga qaratilgan. Shuningdek, Gomez qoʻshiqni yozishda otasi bilan boʻlgan munosabatlaridan ilhomlangan.