Kontent qismiga oʻtish

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Xalqaro nomi
Samarkand institute of economics and service
Turi Institut
Asos solingan sanasi 1931
Rektori Po'latov Muhiddin Egamberdiyevich
Oʻqituvchilari 205
Manzili
Veb-sayti http://www.sies.uz

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti — xizmat koʻrsatish sohasi tarmoqlari iqtisodiyoti va uni tashkil etish boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26 martdagi „Samarqand iqtisodiyot va servis institutini tashkil etish toʻgʻrisida“gi 144-sonli qarori bilan Samarqand kooperativ instituti negizida tashkil etilgan (mazkur institut 1931-yil 13 fevralda tashkil etilgan; Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 17 iyuldagi 190-sonli qaroriga binoan 1991-yilning 1 avgustidan institut Oʻzbekiston Respublikasi Matlubot jamiyatlari uyushmasi „Oʻzbekbirlashuv“ tasarrufiga oʻtkazilgan; Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 24 martdagi 123-sonli qaroriga asosan 1998-yil mayidan Samarqand kooperativ instituti Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tasarrufiga oʻtkazildi). Institutda kasb taʼlimi: buxgalteriya hisobi va audit, kasb taʼlimi: iqtisodiyot, tarmoqlar va sohalar boʻyicha iqtisodiyot; tarmoqlar va sohalar boʻyicha menejment, tarmoqlar va sohalar boʻyicha markiting, moliya, bank ishi, buxgalteriya hisobi va audit, mehnat iqtisodiyoti va sosiologiya, kadrlar menejmenti, Xizmatlar sohasi: restoran ishi, Xizmatlar sohasi: tovar ekspertizasi xizmatlarini tashkil etish, mehmonxona xoʻjaligini tashkil etish va boshqarish, turizm (ichki va tashqi turizm) va aholi va turistlarning ovqatlanishini tashkil etish taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha malakali bakalavrlar va magistrlar tayyorlaydi, sohaga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi, ilmiy va pedagog kadrlarni tayyorlash vazifalarini bajaradi. Institut yoʻnalishi boʻyicha dissertatsiyalarda asosiy soha mutaxassislariga doir dissertatsiyalar himoya qilish boʻyicha ixtisoslashtirilgan ilmiy kengash bor.[1]

Samarqand Iqtisodiyot va servis instituti (qisqartmasi SamISI; 2004-yilgacha Samarqand Kooperativ Instituti) — Samarqanddagi oliy taʼlim muassasasi boʻlib, iqtisodiyot, moliya, servis va turizm sohasidagi mutaxassislar tayyorlaydi hamda ilmiy tadqiqot ishlari bilan shugʻullanadi.

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti 1931-yilning 13-fevralida Toshkentda „Oʻrta Osiyo Rejalashtirish instituti“ sifatida tashkil topgan. 1935-yil aprel oyida mazkur institut Oʻzbekiston Davlat reja qoʻmitasi ixtiyoriga oʻtkazildi va unga „Oʻzbekiston Rejalashtirish instituti“ deb nom berildi. 1935-yil avgust oyida institut Toshkentdan Samarqandga koʻchirildi. 1936-yilda Oʻzbekiston Rejalashtirish instituti Davlat savdosi va kooperatsiya instituti bilan birlashtirilib, Oʻzbekiston xalq xoʻjaligi institutiga aylantirildi. 1949-yil 10-iyunda mazkur institutga Samarqand sovet savdosi instituti nomi berildi. Ittifoq Vazirlar Mahkamasining 1960-yil 23-noyabrdagi qaroriga muvofiq ushbu institut Sentrosoyuz ixtiyoriga oʻtkazildi va Samarqand kooperativ instituti deb nomlandi. 1998-yil 24-martdan Vazirlar mahkamasining 123-sonli qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasining Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tasarrufiga oʻtkazildi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-mart 144-sonli qarori bilan Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga aylantirildi.

  • Rektor - Po'latov Muhiddin Egamberdiyevich
  • Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor - Berdimurodov Azizjon Shukrilloyevich
  • O'quv ishlari bo'yicha prorektor - Sharipov To‘lqin Saidahmedovich
  • Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor - Aslanova Dilbar Hasanovna
  • Ishlar boshqarmasi boshlig'i - Ibadullayev Nurali Eshniyazovich

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti quyidagi fakultetlarga ega:

  1. Iqtisodiyot
  2. Servis
  3. Bank-moliya xizmatlari
  4. Buxgalteriya hisobi va menejment

Institut fakultetlari tarkibida quyidagi kafedralar mavjud[2]:

  1. Iqtisodiyot nazariyasi (Iqtisodiyot fakulteti)
  2. Menejment (Buxgalteriya hisobi va menejment fakulteti)
  3. Oliy matematika (Bank-moliya xizmatlari fakulteti)
  4. Аxborot texnologiyalari (Iqtisodiyot fakulteti)
  5. Servis (Servis fakulteti)
  6. Turizm (Servis fakulteti)
  7. Marketing (Servis fakulteti)
  8. Tillarni oʻqitish (Servis fakulteti)
  9. Jismoniy tarbiya (Servis fakulteti)
  10. Buxgalteriya hisobi (Buxgalteriya hisobi va menejment fakulteti)
  11. Bank ishi (Bank-moliya xizmatlari fakulteti)
  12. Moliya (Bank-moliya xizmatlari fakulteti)
  13. Iqtisodiy tahlil va statistika (Buxgalteriya hisobi va menejment fakultet)
  14. Ijtimoiy fanlar (Bank-moliya xizmatlari fakulteti)
  15. O'zbek tili va adabiyoti (Buxgalteriya hisobi va menejment fakulteti)
  16. Boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobi va audit (Buxgalteriya hisobi va menejment fakulteti)
  17. Raqamli iqtisodiyot (Iqtisodiyot fakulteti)
  18. Real iqtisodiyot (Iqtisodiyot fakulteti)
  19. Investitsiya va innovatsiyalar (Bank-moliya xizmatlari fakulteti)

Taʼlim yoʻnalishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Samarqand iqtisodiyot va servis institutida quyidagi taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklar boʻyicha kadrlar tayyorlanadi:

KUNDUZGI TA'LIM
[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo'yicha)
  2. Iqtisodiy xavfsizlik
  3. Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo'yicha)
  4. Moliya va moliyaviy texnologiyalar
  5. Bank ishi va auditi
  6. Investitsion loyihalarga xizmat ko'rsatish va moliyalashtirish
  7. Menejment (tarmoqlar va sohalar bo'yicha)
  8. Inson resurslarini boshqarish
  9. Biznes-tahlil
  10. Logistika (yo'nalishlar bo'yicha)
  11. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (mintaqalar va faoliyat turlari bo'yicha)
  12. Marketing (tarmoqlar va sohalar bo'yicha)
  13. Baholash ishi
  14. Mehmonxona xo'jaligini tashkil etish va boshqarish
  15. Aholi va turistlarning ovqatlanishini tashkil etish servisi
  16. Turizm (faoliyat yo'nalishlari bo'yicha)
KECHKI TA'LIM
[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo'yicha)
  2. Iqtisodiy xavfsizlik
  3. Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo'yicha)
  4. Moliya va moliyaviy texnologiyalar
  5. Bank ishi va auditi
  6. Menejment (tarmoqlar va sohalar bo'yicha)
  7. Inson resurslarini boshqarish
  8. Logistika (yo'nalishlar bo'yicha)
  9. Marketing (tarmoqlar va sohalar bo'yicha)
  10. Baholash ishi
  11. Mehmonxona xo'jaligini tashkil etish va boshqarish
  12. Aholi va turistlarning ovqatlanishini tashkil etish servisi
  13. Turizm (faoliyat yo'nalishlari bo'yicha)
  1. Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo'yicha)
  2. Monopoliyaga qarshi boshqaruv va raqobatni rivojlantirish
  3. Audit (tarmoqlar va sohalar bo'yicha)
  4. Bank ishi va audit
  5. Davlat moliyasi va xalqaro moliya
  6. Investitsiyalarni boshqarish (tarmoqlar va sohalar bo'yicha)
  7. Logistika (yo'nalishlar bo'yicha)
  8. Menejment (tarmoqlar va sohalar bo'yicha)
  9. Marketing (tarmoqlar va sohalar bo'yicha)
  10. Turizm (Faoliyat yo'nalishlari bo'yicha)
  11. Mehmonxona xo'jaligini tashkil etish va boshqarish
  1. Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo'yicha)
  2. Iqtisodiy xavfsizlik
  3. Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo'yicha)
  4. Moliya va moliyaviy texnologiyalar
  5. Bank ishi va auditi
  6. Menejment (tarmoqlar va sohalar bo'yicha)
  7. Inson resurslarini boshqarish
  8. Logistika (yo'nalishlar bo'yicha)
  9. Marketing (tarmoqlar va sohalar bo'yicha)
  10. Baholash ishi
  11. Mehmonxona xo'jaligini tashkil etish va boshqarish
  12. Aholi va turistlarning ovqatlanishini tashkil etish servisi
  13. Turizm (faoliyat yo'nalishlari bo'yicha)

Xorijiy hamkor oliy taʼlim muassasali bilan amalga oshirilayotgan ikki tamonlama diplom

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Mintaqaviy iqtisodiyot (Qazon federal universiteti)
  2. Menejment (Qazon federal universiteti)
  3. Buxgalteriya hisobi, tahlil va audit (Qazon federal universiteti)
  4. Savdo ishi (Vladimir davlat universiteti)
  5. biznesni boshqarish (Polotsk davlat universiteti)
  6. Buxgalteriya hisobi (Polotsk davlat universiteti)
  7. Logistika (Polotsk davlat universiteti)[3]

Boshqa loyihalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti huzuridagi 08.00.05 Xizmat koʻrsatish tarmoqlari iqtisodiyoti ixtisosligi boʻyicha fan doktori ilmiy darajasini beruvchi DSc.27.06.2017.I.18.01. raqamli Ilmiy kengash mavjud.

Institut qoshida Litsey, „Buxgalter“ hamda „Globus“ oʻquv markazlari faoliyat koʻrsatmoqda.

Mashhur bitiruvchilari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. ZiyoNet — Taʼlim — Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, 2013-01-17da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-12-26 {{citation}}: no-break space character in |title= at position 8 (yordam)
  3. „https://sies.uz“.

SamISI veb-sayti bosh sahifasi