Salvador de Madariyaga
Salvador de Madariyaga | |
---|---|
| |
Tavalludi |
Salvador de Madariaga y Rojo 1886-yil 23-iyul |
Vafoti |
1978-yil 14-dekabr Lokarno, Shvetsariya |
Fuqaroligi | Ispaniya |
Kasbi | Diplomat, yozuvchi |
Unvoni | Fanlar doktori |
Salvador de Madariaga y Roxo (isp. Salvador de Madariaga y Rojo; 1886-yil 23-iyul, La Coruña, Ispaniya – 1978-yil 14-dekabr, Lokarno, Shveytsariya) – ispan yozuvchisi, diplomat, jurnalist, tarixchi, psixolog.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]De Madariaga Parijda muhandislik taʼlimini olgan, soʻngra Buyuk Britaniyaning Oksford universitetida oʻqishni davom ettirgan. Bir muddat „Shimoliy Ispaniya temir yoʻl kompaniyasi“da ishlagan, biroq koʻp oʻtmay muhandislik faoliyatini toʻxtatib, Londonga koʻchib oʻtgan. U yerda jurnalist sifatida faoliyat yuritib, The Times uchun ingliz tilida maqolalar yoza boshlagan. Aynan shu davrda oʻzining dastlabki esselerini eʼlon qilgan[1].
Yozuvchi 1921-yilda Madaryaga Millatlar Ligasi Kotibiyatiga doimiy muxbir sifatida tayinlandi, 1922-yilda esa qurolsizlanish boʻlimi rahbari etib tayinlandi. 1928-yildan boshlab Oksford universitetida ispan tili professori lavozimida faoliyat yuritdi. U shu yerda milliy ruhshunoslikka oid oʻzining birinchi kitobini nashr ettirdi: „Inglizlar, fransuzlar, ispanlar“ („Englishmen, Frenchmen, Spaniards“)[2].
Salvadar 1931-yilda Ispaniyaning AQShda elchisi va Millatlar Ligasida doimiy vakili etib tayinlandi hamda bu lavozimni besh yil davomida egalladi. Shu davrda Madaryaga „Millatlar Ligasining vijdoni“ laqabini oldi[1]. 1932-yildan 1934-yilgacha u Fransiyada elchi boʻlib ishladi[2]. 1933-yilda esa chap liberal Avtonom Galisiya respublikachilar tashkilotidan Ispaniya Milliy Kongressiga saylanib, bir vaqtning oʻzida adliya vaziri va taʼlim vaziri lavozimlarini egalladi[3].
1936-yil iyulda fuqarolar urushi boshlanishi bilan u ixtiyoriy ravishda Angliyaga ketib, u yerdan Franko diktaturasiga qarshi kurashni tashkiliy jihatdan qoʻllab-quvvatladi. 1949-yilda esa Yevropa kollejining asoschilari qatoriga kirdi[4].
Adabiyotdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Madaryaga Don Quixote sarguzashtlari, Xristofor Kolumb va Lotin Amerikasi tarixi haqidagi kitoblar muallifidir. U oʻz asarlarida doimo yagona, birlashgan Yevropa gʻoyasini ilgari surgan. Fransuz, nemis, ispan, galisian (ona tili) va ingliz tillarida ijod qilgan. 1973-yilda Buyuk Karl nomidagi xalqaro mukofotga sazovor boʻlgan. 1976-yilda Ispaniyaga qaytib kelib, u yerda oʻzining adabiy faoliyatini davom ettirgan[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Salvador de MADARIAGA (Wayback Machine saytida 2020-01-26 sanasida arxivlangan) – OXFORDSHIRE BLUE PLAQUES SCHEME(ingl.)
- ↑ Salvador de Madariaga (Wayback Machine saytida 2024-04-16 sanasida arxivlangan) na sayte NNDB(ingl.)
- ↑ Salvador de Madariaga (Wayback Machine saytida 2024-04-16 sanasida arxivlangan) na sayte NNDB(ingl.)
- ↑ René Wadlow. Salvador De Madariaga: Conscience of the League of Nations (Wayback Machine saytida 2016-03-06 sanasida arxivlangan)(ingl.)
- ↑ Salvador de Madariaga y Rojo Salvador de Madariaga y Rojo (Wayback Machine saytida 2015-04-26 sanasida arxivlangan) na sayte Encyclopaedia Britannica(ingl.)