Kontent qismiga oʻtish

Franko

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Franko - tovarni koʻzlangan manzilga yetkazib berish shartlarini ifodalovchi xalqaro termin. Mazkur holda, xaridor Franko soʻzi bilan belgilangan manzilga tovarlarni yetkazib kelish xavfi va unga ketadigan butun xarajatlar mazkur tovarlar qiymatiga kirganligi bois ulardan ozod boʻladi. Ushbu punktgacha butun xarajatlar tovarni joʻnatayotgan tomon zimmasida boʻladi. "Franko" termini tovarlarning yetkazib berishning bir qator shartlarida oʻzak boʻladi: FAC (frre alongside ship), FOP (free on board), FKA (free carrier), F.- Fabrika, F.- Zavod, F.- Ombor ,(ex-factory, ex-mill, ex-warehouse), F.- qirgʻoq, free on quay, ex-quay), F.-prichal, (ex-quay) va boshqalar.

Xalqaro savdo faoliyatlarida umum tomonidan qabul qilingan atamalar majmuasi - "Inkoterms -90 "da, yük tashish texnologiyasining oʻzgarishi, xususan, yuklarni koyteynerlarga ortish hollarining afzal koʻrilayotgani, temir yoʻl vagonlari va avto yuk ortuvchilari yordami bilan kemalarda yuk tashish faoliyatining kengayishi tufayli, FKA atamasi, transport vositalarining yuk tashishiga moʻljallangan hamma turlarida mavjud.

Franko - tovarlarni yetkazib berish shartnomasi deb aytiladi. Xalqaro dengiz va suv havzalarida qatnovchi kema va ulkan suv transport vositalari uchun qo'llaniladigan termin hisoblanadi. Shartnoma tuzishda unda subyektlarning kelishishi, ya'ni ortilayotgan yuklarning xarajatlari, yetkazilish muddatlari va xavfsiz va tez yetkazilishiga oid shartlar o'rin olgan bo'lishi lozim. Bundan tashqari, Franko shartnomasida servis ya'ni xizmat ko'rsatish shartlari va turlari ham ko'rsatilib o'tiladi. Yuqoridagi ma'lumotga tayanib, shuni aytish mumkinki, maanzilga tovarni yetkazib berish majburiyati tovarni jo'natuvchi zimmasida bo'ladi, shuningdek, u xarajatlardan ozod bo'ladi.

OʻzME O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi