Kontent qismiga oʻtish

Charlemagne

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Buyuk Karldan yoʻnaltirildi)

Buyuk Karl (742.2.4814.28.1) -franklar qiroli (768 yildan), imperator (800-yildan), karolinglar sulolasi uning nomi bilan atalgan. Uning bosqinchilik urushlari (773—774 yillarda Italiyadagi Langobard qirolligiga, 772—804 yillarda sakslar yeri va boshqalarga qarshi) natijasida katta imperiya vujudga kelgan. B. K.ning olib borgan siyosati (cherkovga homiylik qilish, sud va harbiy islohotlar va boshqalar) Gʻarbiy Yevropada yangi ijtimoiy munosabatlarning shakllanishida muhim boskich boʻlgan. B.K.ning imperiyasi uning vafotidan soʻng bir oz vaqt oʻtgach, parchalanib ketgan.

Buyuk Karl 742 yili tugʻilgan u sulola asoschisi Pipin Pakananing oʻgʻli bo’lib, Franklar qirolligini 46 yil boshqargan. “Buyuk” nomi tarixchilar tomonidan 53 marotaba harbiy yurishlar qilganligi sabab berilgan. U yirik saltanat tuzadi. Karl haqida koʻplab hikoyalar, asarlar, afsonalar, rivoyatlar va qoʻshiqlar yaratilgan. Uning ismidan “korol” ya’ni “qirol” unvoni kelib chiqqan. Buyuk Karl 773-yili german qabilasi langobardlarga qarshi jang boshlaydi, langobardlar qiroli Dezideriy magʻlub etiladi. Karlning jiyani Roland Arab xalifaligi istilo qilgan Ispaniyaga qarshi jangda halok boʻladi. Reyn daryosining oʻng sohilida yashovchi sakslarga qarshi urushlar 30 yildan ortiq davom etadi. Bu urush Karl uchun ancha murakkab kechadi. Sakslar germanlarning Karlga boʻysunmagan soʻngi yirik qabilasi boʻlgan.Ammo baribir franklarga boʻysunganlar.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil