Salibchilarning davlatlari
Qiyofa
Salibchilarning davlatlari – XII—XIII asrlarda Yaqin Sharq va Onadoʻlida salibchilar tomonidan tashkil etilgan davlatlardir.
Levant
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ilk salib yurishidan soʻng toʻrtta salibchilar davlati tashkil etilgan edi. Bular:
- Oʻrta Sharqda ilk salibchilar davlati boʻlgan Edessa grafligi. Graflik 1098-yilda tashkil topgan va 1144-yilgacha mavjud boʻlgan. 1098-yil 9-mart kuni salibchilar Edessani Saljuqiy turklardan tortib olgan. Bu yerda Boduen I (1098—1100) „graf“ unvoni bilan hukmronlik qilgan. Ikki suloladan toʻrtta hukmdor oʻtgan. Shulardan Boduen II (1100—1118) 5 yil turklar qoʻlida asirlikda yashagan[1].
- Tripoli grafligi 1104 yilda tashkil topgan boʻlib, 1109-yilda Tripoli musulmonlar qoʻliga oʻtgan boʻlsa-da, graflik 1291-yilgacha saqlanib qolgan.
- Quddus qirolligiga 1099-yilda asos solingan. Qirollik 1291-yilda Akkaning egallanishi bilan parchalanib ketadi. Qirollik hududlari Mamluklar tomonidan egallanadi. Bu davrda Quddusning turli sulolardan 21 ta qirol hukmronlik qilgan. Eng mashhurlari Godfrey de Bouillon (1099—1100) va uning akasi Boduen (1100—1118). Har ikki sarkarda Birinchi va Ikkinchi Salib yurishlarining mashhur vakillaridan edi. Boduen I 1113-yil 28-iyun kuni saljuqiy turklar tomonidan asirga olinadi[1].
- Quddus qirolligida 4 ta knyazlik hamda lordlik mavjud boʻlgan:
- Celile knyazligi
- Yaffa va Ashkelon lordligi
- Sharqiy qirgʻoq lordligi
- Sidon lordligi
- Kipr Qirolligi: Uchinchi Salib yurishi vaqtida salibchilar Kipr Qirolligiga asos solgan. Qirollik 1192-yildan 1489-yilgacha, yaʼni 297 yil mavjud boʻlgan. 1191-yil 30-may kuni Richard I Sheryurak orolni Vizantiyaliklardan tortib olgan. Kiprning ilk qiroli fransuz Lusignan sulolasidan Guy I (1192—1194) edi. 1426-yildan boshlab bu qirollik Misr Mamluk turk imperiyasining oliy hukmronligini tan oldi. 18-qirolning hukmronligidan soʻngra venetsiyaliklar orolni egallagan[1]. Orol keyinchalik Tamplyer ordeni ritsarlariga topshirilgan.
Bolqon
[tahrir | manbasini tahrirlash]Toʻrtinchi salib yurishidan keyin Vizantiya imperiyasining hududlari koʻplab davlatlarga boʻlinib ketadi. Shu tariqa „Frankokratiya“ (Φραγκοκρατία) davri boshlanadi:
- Lotin imperiyasi Konstantinopolda tashkil etiladi va Vizantiya imperatori Iznikga ketishga majbur boʻladi.
- Saloniki qirolligi
- Afina gersogligi
- Peloponnes knyazligi
- Kefaloniya knyazligi
- Naxos gersogligi (Pelagos) Egey dengizida venetsiyaliklar tomonidan tashkil etilgan.
Saloniki va Lotin imperiyasi 1261 yilda Vizantiyaliklar tomonidan qayta bosib olinadi. Biroq, Afina va Peloponnes XV asrgacha salibchilar qoʻlida qoladi. Keyinchalik Usmoniylar qoʻliga oʻtadi.
Gʻarbiy Onadoʻli va boshqalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ioniy ritsarlar 1310-yil Rodosga oʻrnashadilar, ammo 1522-yil Usmoniylar tomonidan Maltaga haydab chiqiladi.
- Usmoniylar Meis orolini 1440-1450 yillar oraligʻida oʻz qoʻllarida ushlab turadilar. Keyinchalik esa Neapol Qirolligi va Venetsiya Respublikasining qoʻliga oʻtadi. 1686-yilda orol yana Usmonlilar hukmronligi ostiga oʻtadi.
- Onadoʻlida Izmir (1344—1402), Antaliya (1361—1373) va Bodrum (1412—?) vaqtinchalik Ioaniy ritsarlarining qoʻlida qoladi. Bundan tashqari, Egey orollaridan boʻlgan Korinf (1397—1404), Salona (Amfissa; 1407—1410), Ikariya (1424—1521) va İstanköy (1215—1522) Ioniy ritsarlarining qoʻlida qolgan.