Kontent qismiga oʻtish

Abdulaziz Komilov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdulaziz Hafizovich Komilov
Камилов Абдулазиз Хафизович
 Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri
 
Mansab davri
2012-yil 13-yanvar – 2022-yil 27-aprel
Hukumat boshligʻi Shavkat Mirziyoyev
Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Islom Karimov
Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Elyor Gʻaniyev
Vorisi Vladimir Norov vazifasini bajaruvchi
Mansab davri
1994-yil 11-sentabr – 2003-yil 14-martgacha
Hukumat boshligʻi Abdulhoshim Mutalov
Oʻtkir Sultonov
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Saidmuxtor Saidqosimov
Vorisi Sodiq Safoyev
 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi
 
Mansab davri
2003-yil 14-mart – 11-sentyabrgacha
Hukumat boshligʻi Oʻtkir Sultonov
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Saidmuxtor Saidqosimov
Vorisi Sodiq Safoyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 16-noyabr 1947-yil (1947-11-16) (76 yosh)
Yangiyoʻl, Toshkent, Oʻzbek SSR
Bolalari Doniyor Komilov
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Abdulaziz Hafizovich Komilov (16-noyabr, 1947, Yangiyoʻl) — oʻzbekistonlik siyosatchi. 1994—2003-yillarda va 2012—2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri.[1]

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1947-yil 16-noyabrda Toshkent viloyatining Yangiyoʻl shahrida tugʻilgan

Oliy maʼlumotli, SSSR Tashqi ishlar vazirligining Diplomatik akademiyasini tamomlagan. 1978-1980 — SSSR FA Sharqshunoslik instituti aspiranti. Tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega.

Mehnat faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1973—1976-yillarda SSSRning Livandagi elchixonasi attashesi, 1980—1984-yillarda SSSRning Suriyadagi elchixonasi 2-kotibi, 1984—1988-yillarda SSSR Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharq boʻlimining xodimi, 1988—1991-yillarda SSSR FA Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar institutining katta ilmiy xodimi, 1991—1992-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining Rossiyadagi elchixonasi maslahatchisi, 1992—1994-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisining oʻrinbosari, 1994-yilda qisqa muddat Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari vazifalarida ishlagan. 1994—2003-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri, shu bilan birgalikda 1998—2003-yillarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori, 2003-yilda qisqa muddat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi siyosiy masalalar boʻyicha maslahatchisi, 2003—2010-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining AQShdagi Favqulodda va Muxtor elchisi, 2004—2010-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining qarorgohi Vashingtonda joylashgan Kanadadagi Favqulodda va Muxtor elchisi, 2008—2010-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining qarorgohi Vashingtonda joylashgan Braziliya Federativ Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi kabi elchilik vazifalarida faoliyat olib borgan. 2010—2012-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari, 2012-yil 13-yanvardan 2022-yil 27-aprelgacha Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri[2], 2022-yil 27-apreldan 16-iyungacha — Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi xavfsizlik kengashi kotibining tashqi siyosat va xavfsizlik masalalari boʻyicha oʻrinbosari, 2022-yil 16-iyundan — Oʻzbekiston prezidentining tashqi siyosat masalalari boʻyicha maxsus vakili[3] lavozimiga tayinlandi. Favqulodda va Muxtor elchi diplomatik martabasiga ega. Arab va ingliz tillarini biladi.

Fidokorona xizmatlari uchun ordeni[4][5][6].

Mehnat shuhrati ordeni[7].

Doʻstlik ordeni[8].

2-darajali Ismoili Somoniy ordeni[9].

Uygʻonish ordeni[10].

Oʻzbekiston belgisi nishoni.

O‘zbekiston mustaqilligiga 20 yil nishoni.

Komilov Sharof Rashidovning qizi Gulnora Rashidovaga uylangan. Oʻgli — Doniyor Komilov, iqtisodchi[11] va tadbirkor. „Metropol Group“ masʼuliyati cheklangan jamiyati egasi. Bu shirkat 2021-yil 17-iyunda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining sobiq binosini sotib oldi.[12]

  1. „Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimi“. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi. 12-may 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 1-noyabr. (Wayback Machine saytida 12-may 2019-yil sanasida arxivlangan)
  2. Abdulaziz Komilov tashqi ishlar vaziri lavozimidan ketdi
  3. Abdulaziz Komilov prezidentning tashqi siyosat masalalari boʻyicha maxsus vakili lavozimiga tayinlandi
  4. http://m.kun.uz/news/2017/11/16/savkat-mirzieev-abdulaziz-komilovni-mukofotladi
  5. „Абдулазиз Камилов награжден орденом в честь 70-летия“. 26-fevral 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-may 2020-yil.
  6. „Шавкат Мирзиёев Абдулазиз Комиловни мукофотлади“. 18-noyabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-noyabr 2017-yil.
  7. Указ Президента Республики Узбекистан от 26 avgust 1996 года № УП-1548 «О награждении группы государственных служащих, работников производства и сферы обслуживания в связи с пятилетием независимости Республики Узбекистан
  8. Ukaz Prezidenta Respubliki Uzbekistan ot 25-avgusta 2011 goda „O nagrajdenii v svyazi s dvadsatiletiem nezavisimosti Respubliki Uzbekistan gruppi gosudarstvennix slujaщix i rabotnikov proizvodstvennoy i sotsialno-ekonomicheskoy sfer“[sayt ishlamaydi]
  9. „Президент Таджикистана наградил Арипова и Камилова“. 3-avgust 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-avgust 2019-yil.
  10. Ukaz Prezidenta Turkmenistana ot 26-avgusta 2022 goda "O nagrajdenii zamestitelya sekretarya Soveta bezopasnosti pri Prezidente Respubliki Uzbekistan, spesialnogo predstavitelya Prezidenta Respubliki Uzbekistan po vneshnepoliticheskim voprosam Kamilova Abdulaziza Xafizovicha ordenom Turkmenistana „Galkynyş“
  11. https://www.famous-scientists.ru/list/12366
  12. „Бывшее здание СГБ выкупила компания сына высокопоставленного чиновника“.