Kontent qismiga oʻtish

Rinat Matatov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rinat Matatov
Tavalludi 1981-yil 6-avgust
Fuqaroligi Isroil
Kasbi kino va teatr aktrisasi
Faoliyat yillari 2005-yildan hozirgi kunga qadar
Mukofotlari Teatr Akademiyasi mukofoti

Rinat Matatov (ivritcha: רינת מטטוב) — isroillik aktrisa. Teatr akademiyasi mukofoti sovrindori.

Rinat Matatov 1981-yilning 6-avgust sanasida O‘zbekistonning Qo‘qon shahrida tavallud topgan[1]. Otasi muhandis, onasi hamshira boʻlgan. 1990-yilda Matatovlar oilasi Isroilga ko‘chib kelgan va hozirgi kunga qadar mamlakat markazida istiqomat qilib kelishmoqda. Matatov dastlab Gersog nomidagi fan, sanʼat va gumanitar fanlar oliy maktabida aktyorlik mahorati bo‘yicha tahsil olgan. Oʻqishni tugatgandan soʻng Nachal (pioner jangchi yoshlar) guruhining aʼzosi sifatida armiyaga boradi va u yerdan qaytgach, Yoram Leowenstein sahna sanʼati studiyasida professional aktyorlik saboqlarini ola boshlaydi. Oʻqishni tamomlagandan soʻng, Matatov David Grossman asari asosida suratga olingan „Someone to Run With“ filmida oʻzining ilk rolini ijro etadi.

Rinat Matatov oʻz ijodiy faoliyati davomida bir qancha spektakl, film va seriallarda rol ijro etgan.

Matatov „Every man dies alone“ („Har bir erkak yolgʻiz oʻladi“), To the end of land" („Yerning oxirigacha“), „The Miser“ („Miser“), „House Mother“ („Uy bekasi“), „Sorrowful Song“ („Mahzun qoʻshiq“), „The Merchant of Venice“ („Venetsiyalik savdogar“), „Good Girl“ („Yaxshi qiz“), „Dancing and Flying“ („Raqsga tushish va parvoz etish“), „August: Osage County“ („Avgust: Osage okrugi“), „Crazy“ („Aqldan ozgan“), „The Dispute“ („Bahs“), „To myself“ („Oʻzimga“), „Romeo va Juliet“ („Romeo va Julyetta“), „Spell“ („Imlo“), „Good Year for the Farmers in the North“ („Shimoldagi fermerlar uchun eng yaxshi yil“) kabi bir qator spektakllarda turli rollarni ijro etgan.

Matatov rol ijro etgan filmlarga misol qilib „Testimony“ („Guvohlik“), „The Wanderer“ („Musofir“), „The Band’s Visit“ („Guruhning tashrifi“), „Someone to Run With“ kabi filmlarni keltirish mumkin.

Shuningdek, Rinat Matatov bir qator seriallarda ham oʻziga xos rollarni ijro etgan. „Mother’s Day“ („Onalar kuni“), „Blue Natalie“ („Moviy Natali“), „Pillars of Smoke“ („Tutunli ustunlar“), „Screens“ („Ekranlar“), „The champion“ („Chempion“) seriallari shular jumlasidandir.

Matatov 2009-yilgi Isroil teatri aʼzolarini taqdirlash marosimida „Habima“ teatrida sahnalashtirilgan „Crazy“ („Aqldan ozgan“) spektaklidagi roli uchun „Umidli aktrisa“ mukofoti bilan taqdirlangan.

2011-yilning „Bolalar va o‘smirlar sahnasi“ taqdirlash marosimida „The Hour“ („Soat“) teatridagi „Good Girl“ („Yaxshi qiz“) spektaklidagi roli uchun „Yilning eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisasi“ mukofotini qo‘lga kiritgan.

Aktrisa 2012-yilda oʻtkazilgan Haifa festivalida[2] The Hour („Soat“) teatrida sahnalashtirilgan „Sorrowful Song“ („Mahzun qoʻshiq“) spektaklidagi roli uchun „Eng yaxshi ayol roli“ nominatsiyasi bilan taqdirlangan.

Teatr Spektakl Rol Direktor Yil
Habima „Every man dies alone“ („Har bir erkak yolgʻiz oʻladi“) Eva Ilan Ronen 2016
Habima To the end of land" („Yerning oxirigacha“) Ebatisam Hanan Snir 2016
Habima „The Miser“ („Miser“) Elise Ilan Ronen 2014
Habima „House Mother“ („Uy bekasi“) Eti Alon Ofir 2013
The Hour „Sorrowful Song“ („Mahzun qoʻshiq“) Anna Gadi Zdaka 2013
Habima „The Merchant of Venice“ („Venetsiyalik savdogar“) Nerissa Ilan Ronen 2012
The Hour „Good Girl“ („Yaxshi qiz“) Tammy Tom Schwaertzberg 2011
Habima „Dancing and Flying“ („Raqsga tushish va parvoz etish“) Ella Alon Ofir 2010
Habima „August: Osage County“ („Avgust: Osage okrugi“) Jonah Ilan Ronen 2009
Habima „Crazy“ („Aqldan ozgan“) Yana Yaeli Ronen 2008
Habima „The Dispute“ („Bahs“) Egle Sigal Avin 2008
HaʼKibbutz „To myself“ („Oʻzimga“) Batya Nir Erez 2007
Tmuna „Romeo va Juliet“ („Romeo va Julyetta“) Julyetta Dafna Rubinstein 2007
Cameri „Spell“ („Imlo“) Anonim Yaeli Ronen 2006
Beit Zionei America „Good Year for the Farmers in the North“ („Shimoldagi fermerlar uchun eng yaxshi yil“) Marina Yaeli Ronen 2005

Filmografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Film Rol Direktor Skript Yil
„Testimony“ („Guvohlik“) Kelin Shlomi Elkabetz Shlomi Elkabetz 2011
„The Wanderer“ („Musofir“) Oʻyin Avishai Sivan Avishai Sivan 2009
„The Band’s Visit“ („Guruhning tashrifi“) Yola Eran Kolirin Eran Kolirin 2007
„Someone to Run With“ Shelly Oded Davidoff Nuh Stollman 2006
Seriya Rol Direktor Yil
„Mother’s Day“ („Onalar kuni“) Ofer Eytan Tzur 2014
„Blue Natalie“[3] („Moviy Natali“) Dana Oded Lotan 2010
„Pillars of Smoke“ („Tutunli ustunlar“) Maayan Oded Davidoff 2008
„Screens“ („Ekranlar“) Ozi Eitan Aner 2007
„The champion“ („Chempion“) Inbal Shai Kapon 2006