Raik’in Annesi
Muallif(lar) | Halide Edib Adıvar |
---|---|
Mamlakat | Turkiya |
Til | turkcha |
Janr(lar)i | Roman |
Nashr etilgan sanasi | 1909-yil |
Nashriyot | Atlas Kitabevi |
Sahifalar soni | 67 |
Raikʼin Annesi — Mashhur turk yozuvchisi Halide Edib Adıvar qalamiga mansub boʻlgan va 1909-yilda nashr etilgan roman. Ushbu kitob yozuvchi Halide Edib Adıvarning ilk asarlaridan biri hisoblanadi. Kitob ilk marta 1909-yilda Resimli Roman jurnalida nashr etila boshlangan. Kitob umumiy hisobda toʻrt marta nashr etilgan. Ikkinchi nashr 1924-yilda, uchinchi nashr 1967-yilda va toʻrtinchi nashr esa 1973-yilda qilingan. Roman uchunchi nashrda Baha Dürder tomonidan sodda holga keltirilgan. Kitobning ichidagi rasmlar kitobning ikkinchi nashrida Cevat Şakir Kabaağaç tomonidan ishlangan naqshlardir[1].
Romanning asosiy mazmuni oʻzi xohlamagan bir qizga uylangan yigitning uyidan chiqib ketishi va Heybeliadagi bir mehmonxonaga joylashishi, ushbu yerda bir oilaviy halokatga guvoh boʻlishi haqida hikoya qiladi. Romandagi yigitning ismi — Siret. Romanda Sharq-Gʻarb masalasi qiyosiy jihatdan oʻzini muammo sifatida koʻrsata boshlaydi[2].