Kalp Ağrısı
Muallif(lar) | Halide Edib Adıvar |
---|---|
Mamlakat | Turkiya |
Til | turkcha |
Janr(lar)i | Roman |
Nashr etilgan sanasi | 1924-yil |
Nashriyot | Bepul nashrlar |
Kalp Ağrısı — Halide Edib Adıvar tomonidan yozilgan toʻqqizinchi roman. Ushbu roman 1924-yil birinchi marta kitob boʻlib nashr etilgan.
Ushbu romanda gap bitta yigitni sevib qolgan ikki yosh qiz haqida ketadi. Mudanya konferensiyasidan soʻng Istanbulda voqealar quvonchli kayfiyatda davom etadi. Romanda ayollarning fidoyiligiga alohida eʼtibor qaratilgan. Bu muallifning soʻnggi ehtirosli romantik romani edi. Muallifning „Zeyno'nun Oğlu“ romani ushbu kitobning davomidir.
Roman 1924-yil 2-mart va 8-iyul kunlari orasida Vakit gazetasida seriya qilinganidan soʻng, oʻsha yili kitob sifatida ham nashr etildi. 1962-yilda, Halide Edib Adıvar oʻlimidan ikki yil oldin chiqarilgan uchinchi nashrida matn biroz soddalashtirilgan.
Sharh
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mashhur turk yozuvchisi, senaristi Selim İlerining roman haqida sharhi quyidagicha:
Kalp Ağrısı romani Halide Edib Adıvarning menga eng yoqqan romanidir. Sening sevib sevmasligingning nima muhimligi bor deysiz. Bilaman ahamiyati yoʻq. Men buni oʻquvchining ishtiyoqi bilan aytayapman. Ushbu romanda biz Mustaqillik urushi yillarining chuqur izlarini koʻramiz. Oldinda bir nechta ziyolilarning yuragi dardlari bor kuchlari bilan davom etadi.