Kontent qismiga oʻtish

Qulupnay

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qulupnay

Qulupnay, yertut raʼnoguldoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi; rezavor ekin.

Yevrosiyo va Amerikada 50 turi maʼlum. Asosan „bogʻ qulupnayi“ turi, shuningdek, „oʻrmon qulupnayi“, „muskat taʼmli qulupnay“, „virginiya qulupnayi“ va „chili qulupnay“ kabi qulupnayning birinchi navlari 18-asr da Niderlandiyada paydo boʻlgan. Amerika turi – virginiya va chili qulupnayi Yevropaga olib kelingan. Qulupnay Yer sharining turli iqlimli mintaqalarida – Qutb doirasidan to subtropiklargacha oʻstiriladi. Oʻzbekistonda koʻproq „bogʻ qulupnayi“ turi ekiladiIldizi popuk ildiz. Tupi oʻrtacha shoxlangan, boʻyi 10 sm gacha. Barglari yuraksimon, gullari qalqonsimon toʻpgulga yigʻilgan, ikki jinsli, oq yoki oqish-sariq, oʻzidan changlanadi. May-iyunda pishadi. Mevasi toʻq qizil, baʼzan naviga qarab oq (oqpar), 3—5 g dan 20—40 g gacha boʻl, lishi mumkin .

Tarkibida 80—90% suv, 7-11% qand, 0,8—1,6% kislota, 1 – 1,7% pek-tin, 0,9—1,2% azotli moddalar, shuningdek, kletchatka, kul, A, V, C vitaminlari va boshqa bor. Yangiligida yeyiladi, kompot, murabbo qilinadi, sharbat tayyorlanadi. Qulupnay namlik talab qiladigan, yorugʻsevar (soya joyda hosil bermaydi), sovuqqa chidamsiz oʻsimlik. Bir yerda 4— 5 yil oʻstiriladi. 3 yilgacha yaxshi hosil beradi. Hosildorligi 80—100 s/ga. Asosan, iyulavgustda ildiz otib, barg yozgan gajaklari qator orasi 80 sm, tup orasi 25 sm yoki 70x70 sm sxe-mada koʻchat qilib ekiladi (kuzda va bahorda ham ekish mumkin, bunda kechroq hosilga kiradi). Yaxshi koʻchat ikki yillik qulupnayzordan olinadi. Qulupnayzor bahorda, oʻsish davrida mahalliy va mineral oʻgʻitlar bilan oziqlantiriladi, qator oralari yumshatiladi, sugʻoriladi.

Oʻzbekistonda Qulupnayning Zenga-Zengana, Kulver, Dilbar, Muto, Toshkent, Shreder xotirasi, Oʻzbekiston navlari ekiladi.

Asosiy zararkunandalari: qulupnay kanasi, malina va qulupnay uzun buruni. Kasalliklari: qulupnay nema-todasi, kulrang chirish, oq-qoʻngʻir dogʻlanish.