Kontent qismiga oʻtish

Hosildorlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hosildorlik - ekin maydoni birligidan olinadigan dehqonchilik mahsuloti miqdori; s/ga bilan hisoblanadi. H. bir necha turga boʻlinadi: potensial H., rejali H., kutilayotgan H., tupdagi H., 1 ga dan olingan haqiqiy H. Potensial H. — ekin navida mavjud hosil berish imkoniyatlarini yuzaga chiqarish zarur boʻlgan barcha shart-sharoitlar taʼminlanganda 1 ga ekinzordan olinishi mumkin boʻlgan mahsulotning maksimal miq-dori. Uni ilmiy tadqiqot muassasalari (nav ori-ginatorlari), davlat nav sinash tarmogʻi, ilgʻor shirkat, fermer xoʻjaliklari mutaxassislari ideal hamda odatdagi agrofonga tatbiqan hisob-lab chiqadilar. Bu esa navlar tarkibi hamda xoʻjalik, viloyat, mintaqa va hokazodagi dehqonchilik tarmoqlarining tuzilmasini belgilashga yordam beradi. Rejali H. — xoʻjalik sharoitlarida 1 ga yerdan olinishi mumkin boʻlgan mahsulot miqdori; H.da eri-shilgan daraja tuproq unumdorligi, texnika vositalari, oʻgʻitlar va hokazo bilan taʼminlanganlikni hisobga olgan holda ekin ekilgunga qadar bel-gilanadi. Kutilayotgan H. (hosilga qarab moʻljallanadigan H.) — 1 ga yerdan olinishi moʻljallanayotgan mahsulot. Ekinzorlarning umumiy hola-tini baholash asosida xoʻjaliklar tomonidan hisoblanadi. Kutilayotgan hosil koʻrsatkichlari sharoitga qarab oʻzgarishi mumkin. Kutilayotgan H. har 1 ga dan s hisobida yoki taxminiy hisobda (yuqori, oʻrta, past, oʻtgan yilgi darajada) aniqlanadi. Tupdagi H. (biol. H.) — oʻz vaqtida boshlanadigan yigʻim-terim oldidan dalada yetilgan tayyor mahsulot miqdori. Haqiqiy H. — 1 ga dan olingan haqiqiy hosil (ombor H.) — yigʻilgan va kirim qilingan mahsulot. turli usullarda: dastlabki kirim yoki har 1 ga ekin, bahorgi mahsuldor may-don hisobiga toʻgʻri keladigan sof massa va boshqa bilan qayd etiladi.

H. darajasi iqlim, geografik, tuproq, mikrobiologik, biologik, agrotexnik, tashkiliy-iqgisodiy va boshqa sharoitlar bilan belgilanadi. Dehqonchilikning intensiv sistemalarini joriy qilish bilan ekinlar H.i, asosan ishlab chiqarishni intensivlash omillari hisobiga ortib boradi.

Dildora Saidova.