Kontent qismiga oʻtish

Qozoq xonligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qozoq xonligi
qozoqcha: Қазақ хандығы; Qazaq handyǵy

Xonlik

 

 

1465 — 1822



 

 

 

Bayroq
Poytaxti Suzoq (1465—1469)
Sigʻnoq (1469—1511, 1521—1599)
Saroychiq (1511—1521)
Turkiston (1599—1630)
Toshkent (1630—1729)
Turkiston (1729-1781)
Yirik shaharlari Sauron, Saroy, Sigʻnoq, Toshkent, Turkiston, Suzoq, Olmaliq, Farg'ona, Bishkek
Til(lar)i Qozoq tili
Turkiy til (adabiyot), Arab tili (yozmacha)
Dini Sunniy Islom
Maydoni 3,3 million km2
Aholisi 2.5 million (1800)
Boshqaruv shakli Yarim saylov monarxiyasi

Qisqasi, Xonlik monarxiyasi

Sulola Toʻre sulolasi
 - 1465-1474 Kerey xon (birinchi)
 - 1474-1480 Janibek xon
 - 1841-1847 Kenesari xon (oxirgi)

Qozoq xonligi (qozoqcha: قازاق حاندىعى, Қазақ хандығы; Qazaq handyǵy)[1][2] — qozoq davlati. 1465-yilda Oltin Oʻrda va 1468-yilda Oʻzbek ulusi qulashi jarayonida tashkil topgan. Hozirgi Qozogʻiston va qisman unga yondosh davlatlarning hududida joylashgan.

Xonlikning oltin davri Qosimxon, Haqnazarxon, Tavakkal, Ishimxonlar hukmronliklari davriga toʻgʻri keladi[3].

Davriylashtirish

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Qozoq xonligining 550 yilligiga bagʻishlangan 2015-yil pochta markasi

Qozoq xonligi, XV asrning ikkinchi choragida Joʻjixon avlodidan boʻlgan hukmdorlar — Kirayxon va Jonibekxonlar, oʻzlarining davlatlariga Yettisuv hududida asos solishlari bilan vujudga kelgan. Turli xil manbalarda, davlatga asos solinganligining har xil sanalari koʻrsatiladi: 1470-yil Qozogʻiston tepaliklari va Sirdaryo etaklari hududida katta yerni boshqargan yoki 1465-yil — Chu daryosi vodiysida kichik xonlik eʼlon qilingan deb taxmin qilinadi.

Davlatga asos solinishidan oldingi davr

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1227-yilda Dashti qipchoq hududida Oltin Oʻrda tarkibida Oq oʻrda davlati tashkil topdi. Oltin Oʻrda tarkibidan ajralib chiqqanidan soʻng, Oq oʻrda 1361-yilda mustaqil davlatga aylandi. Ammo 1428-yilda Baroqxon vafot etganidan keyin Oq oʻrda hududida Oʻzbek ulusi va Noʻgʻay oʻrdasi tarkib topdi. Qolgan yerlar, janubda Mustafoxon va shimolda Muhammadxon oʻrtasida oʻzaro taqsimlandi.

Xonlikning tashkil topishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abulxayrxon Oʻzbek ulusi hukmronligi tepasiga kelib, hukumatni isloh qilish va davlatni markazlashtirish siyosatini olib borishni boshladi. Abulxayrning qattiqqoʻllik siyosatidan norozi boʻlgan Kereyxon va Jonibekxonlar boshchiligidagi qozoq qabilalar gʻarbiy Moʻgʻulistonga koʻchib oʻtishga majbur boʻldilar, ularning hukmdori Esenbuqa qozoqlarni Abulxayrxonga qarshi yoʻnaltirdi. 1462-yilda Esen-Bugaxon vafotidan soʻng Kereyxon va Jonibekxonning mavqei mustahkamlana boshladi.

Kirayxon va Jonibekxonlarni qoʻllab-quvvatlovchilar soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar turlicha talqin qilinadi. Tarix fanlari doktori R. Barievning soʻzlariga koʻra, Oʻzbek ulusining barcha koʻchmanchi qabilalarini uchdan bir qismi Moʻgʻulistonga koʻchib oʻtgan. 1500-yilga kelib Qozoq xonligi butun Sharqiy Dashti qipchoq hududida oʻz oʻz taʼsir doiralarinni sezilarli darajada kengaytirgan[4][5].

Kerey va Jonibek xonlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

14—15-asrlarda Qozogʻiston zaminida qozoq xonligining vujudga kelishi. ijtimoiy-iqtisodiy va etnik-siyosiy jarayonlardan tug'ilgan huquqiy hodisa. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi, koʻchmanchi zodagonlar iqtisodiy qudratining oshishi, feodal guruhlarning mustaqillikka intilishi, Abulxayrxon xonligi bilan moʻgʻullar oʻrtasidagi ziddiyatning kuchayishi, 15-asrning 2-yarmida bu davlatlarning yemirilishiga olib bordi.

Ayniqsa, Abulxayrxon (1428-1468) Joʻji-Shaybon-Daulet-Shayx O'g'lon buyuk xonligi juda yomon edi. Hududi gʻarbda Yoyiqdan boshlab, sharqda Balxash koʻligacha, janubda Sirning quyi qismi va Orolboʻyidan, shimolda Tobilning oʻrta oqimi bilan Irtishgacha boʻlgan yerlarni egallagan. Bir markazga bo'ysunadigan davlat boʻlmadi. Ko'p uluslarga bo'lingan. Ularning boshida Chingiz sulolasining avlodlari, ko'chmanchi qabilalar hukmdorlari turgan. Abulxayrxon davrida xalq o‘zaro tortishuvlardan, urushlardan charchagan edi. 30 yil Tobil bo‘yida Shayboniy avlodi Mahmud Xo‘jaxonni yengadi. Sir bo‘yidagi dalada Joʻji avlodining Maxmuta bilan Axmetani (Toqa Temur urugʻi) mag‘lub etdi.

1466-yili Abulxayrxon Temur urugʻlari bilan Oq Oʻrda xonlari avlodlaridan Sir boʻyi bilan Qaratov yonbagʻridagi - Sigʻanoq, Soʻzoq, Oqqoʻrgʻon, Oʻzgent, Arkuk kabi shaharlarni bosib oldi.

1457-yil Uz-Temur toychi boshlagan oyrotlardan (yaylov izlagan) Turkiston yaqinida magʻlubiyatga uchradi. Ogʻir shart qilib, oyrotlar Chu orqali oʻz yerlariga ketdi. U Abulxayr oʻ zulusida, qattiq tartib choralarin oʻrnatishga kirishdi. Bu xalq ommasining unga degan noroziligin uygʻotdi. Natijasida xalqning yarmi Sharqiy Dashti Qipchoqdan Turkiston yaqinlariga va Qoratov yonbagʻirlaridan Yettisuvning gʻarbiy qismiga koʻchib borishdi. Uni Jonibek bilan Kerey boshqardi.

Dashti Qipchoq bilan Yettisuvdagi koʻchmanchi qabila feodalizm kuchayishiga, urushlarga nozorilig sifatida, xonlar bilan feodallarning qol ostiga koʻchib ketdi. Shunday qilib, XV asrning 50-70-yillar, yaʻni 1459-yil Abulxayr xonligidan Yettisuvning gʻarbidan Esenbugʻa xon boshqaruviga Chu va Talas daryolarining yonbagʻirlaridan koʻchib keldi. Ularning koʻchib kelishining bir sababi, ularni Chingiz avlodidan chiqqan Kereyxon va Jonibek xonning yangi vujudaga kela yotgan qozoq xalqining mustaqil davlar qurish, uning mustaqil siyosiy va iqtisodiy rivojlanishini taʻminlash etish yoʻlidagi qadami va xizmati oʻz foydasini tegizdi. Yettisuv urugʻlari va qabilalar davlat birlashmasining markaziga aylandi. Ularning soni 200 ming odamga yetti. Moʻgʻiliston xoni Esenbugʻa oʻzining shimoliy chegarasini qoʻriqlash uchun, shuningdek oʻzining ukasi Timurid Abu Said qoʻllab oʻtirgan Yunusning hujumidan gʻarbiy chegarasin qoʻriqlatish uchun foydalangisi keldi. Jonibek qozoq xonligining ilk oilasini koʻtargan Baroq xonning oʻgʻli, Kerey uning akasi Bolat xonning oʻgʻli. Baroqdan boshlangan qozoqning mustaqil mamlakati yoʻlidagi kurashni uning oʻgʻli bilan nevarasi davom ettirishi tabiiy holat. Mirzo Muhammad Haydar Dulatiy Qozoq xonligining tashkil etilgan vaqti hijriy 870 yiliga (1465-1466-yillar) deb aytti.

1465-yildagi Qozoq xonligi

Qozoqning birinchi xoni boʻlib Kerey boʻldi (1458-1473-yillar). Undan keyin qozoq xoni boʻlib Jonibek saylandi (1473-148-yillar). Bularning paytida Yettisuv xalqi, 1462-yili Moʻgʻuliston xoni Esenbuqa vafotidan keyin undagi ziddiyatlar kuchayishiga bogʻliq, oʻzaro ittifoqni kuchaytirishga hissa qoʻshdi. Abulxayr xonligidan koʻchib keluvchilar Jonibek bilan Kereyning qozoq xonligin kuchaya boshladi. Koʻp askar kuch toʻplagan va Yettisuvda yaxshi mudofasi bor Jonibek bilan Kerey, Joʻji avlodidan chiqqan sultonlarning SHarqiy Dashti Qipchoqni boshqarish yoʻlidagi kurashiga qoʻshildi. Bu kurash 1468-yil Abulxayr vafotidan keyin qaytadan kuchaydi. Qozoq xonlarining dushmanlari Abulxayrning vorisi - unung oʻgʻli Shayx-haydar bilan nevaralari Muhammad Shayboniy va Mahmud sulton boʻldi.

Sir boʻyi bilan Qaratov - qozoq xonlarining Gʻarbiy Yettisuvdagi boshqaruviga eng yaqin boʻldi. Jonibek bilan Kerey xonlar savdo-iqtisodiy olaqalarning muhim markazlari va kuchli qalʻa boʻladigan Sir boʻyidagi shaharlarga oʻz huquqlarin oʻrnatishga harakat qildi. Shuningdek, Sirning pastki va markaziy oqimlarining yerlari qozoqning koʻchmanchi qabilalari uchun qishki yaylov ham edi.

70-yillari Sauran, Soʻzoq tubida, katta janglar boʻldi. Asini (Turkistonni), Sigʻanoqni baʻzan qozoq xonlari, baʻzan Muhammad Shayboniy bosib olib turdi. Shunday janglarning birida mashhur qoʻlboshchi Kereyning oʻgʻli Murundiq boʻldi. U 1480-yildan boshlab xon boʻldi. Shuning natijasida XV as 70-yilda qozoq xonligining chegarasi kengayib bordi. Janubiy Qozogʻiston shaharlari uchun Shayboniy avlodi bilan oʻrtadagi janglar Jonibek xondan keyin qozoq xonligin boshqargan Burunduq xon (14801511-yillar) davrida shakllandi. Gʻarbiy Yettisuvdagi yerlariga janubdagi oʻzlariga boʻysungan shaharlarga (Soʻzoq, Sigʻanoq, Sauran) ishona turib, ilk qozoq xonlari Dashti Qipchoqdagi hukumat boshqaruviga talabgor hamma xonlarni yengib, oʻz mulklarin koʻpaytirdi. Dashti Qipchoqda qozoq xonlari boshqaruvining oʻrnatilishi, Muhammad Shayboniyni Dashti Qipchopdagi qabilalarning baʻzi qismlarin oʻziga ergashtirib Movarounnahrga ketishga majbur qildi. U yerda Temur avlodi oʻrtasidagi oʻzaro jangni foydalana turib, hukumat boshqaruvin bosib oldi.

Shu bilan birga qozoq xonligining tashkil topishiga turtki boʻlgan sabablar - siyosiy va etnik jaroyanlar boʻldi. Uning birinchi bosqichi - Kerey bilan Jonibekning qoʻl ostidagilari bilan birga koʻchmanchi oʻzbek-qozoqlar, keyin faqat qozoqlar deb nomlanishi. Abilxatrning vafotidan keyin Kerey bilan Jonibekning Oʻzbek hukumatiga kelib, boshqaruvdagi hukumatni bosib olishi. Yangi davlat birlashmasi Qozogʻiston nomlana boshladi.

Qosimxon davri

[tahrir | manbasini tahrirlash]

XVI-XVII asrlar qozoq xonligi kuchayib, uning chegarasi sezilarli darajada kengayib bordi.

Haqnazarxon davri

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tavakkalxon davri

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Esimxon davrida Qozoq xonligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tauke xon davri

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ablay xon davrida Qozoq xonligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qozoq xalqining boshqa qabilalar bilan jangi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Русско-монгольские отношения, 1607—1654: сборник документов. — М.: Издательство восточной литературы, 1959. — С. 419.
  2. Почекаев Р. Ю. «Чингизово право». Правовое наследие Монгольской империи в тюрко-татарских ханствах и государствах Центральной Азии (Средние века и Новое время). — Казань: Татарское книжное издательство, 2016. — 309 с.
  3. БРЭ 2018.
  4. Монетный двор Касым хана, 2014-04-22da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-04-01
  5. В Иране найдены новые сведения о хане Касыме