Oq oʻrda
Oq oʻrda (rus manbalarida Koʻk Oʻrda) — Oltin Oʻrdannng bir qismi. Joʻji-xonning oʻgʻli Botuxon va uning avlodlari tomonidan idora qilingan; ik-kinchi qismini Joʻjixonning boshqa oʻgʻli Oʻrdaxon (Oʻrda-Ichen) boshqargan. Bu holat 13—14-asrlar davomida oʻzgarmay kelgan. Botuxon avlodiga nomigagina qaram boʻlgan Oʻrdaxon avlodlari keyinchalik, Sasibuqo davrida (1291 — 1310) toʻla mustaqil boʻlib olganlar. Oltin Oʻrda tushunchasi Botuxon davridan boshlab butun Joʻji ulusiga, 14-asr boshidan esa O.Oʻ. ga nisbatan qoʻllangan. O.Oʻ. tarkibiga Sirdaryo havza-sining katta qismi va Orol dengizining shim.sharqidagi choʻllardan Ishim va Sarisuv daryolarigacha yoyilgan hududlar kirgan. Poytaxti— Sigʻnoq shahri (Hozirgi Tumanariq temir yoʻl st-yasi yaqinida). 14-asr oxirida O.Oʻ. Amir Temur tomonidan zabt etilgan. 15-asrda O.Oʻ. hududida Oltin Oʻrdaning davomi si-fatida yangi davlatlar (Kamma Oʻrda, Noʻgʻay Oʻrda, Qosimovlar podsholigi hamda Oʻzbek, Qrim, Qozon, Sibir va boshqa xonliklar) vujudga kelgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |