Qozogʻistonlik oʻzbeklar
Qozogʻistonlik oʻzbeklar — Qozogʻistondagi millatlar ichida soni boʻyicha uchinchi oʻrinni egallaydi. 2009-yilgi sanoq boʻyicha oʻzbeklar Qozogʻiston aholisining 2,8 %-ini tashkil qildi (457 200 kishi). Qozogʻistonlik oʻzbeklar asosan qishloq xoʻjaligi, kichik va oʻrta biznes bilan shugʻullanadi, shuningdek Qozogʻistonlik oʻzbeklar kirill alifbosidan foydalanadi. Biroq so'ngi yillarda Oʻzbekistondan ko'p oʻzbeklar ko'chib kelayapti va asta sekin lotin alifbosi bilan foydalanadigan odamlarning soni ko'payib borayapti.
Joylashuvi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2012-yilgi statistika boʻyicha Qozogʻistonda oʻzbeklar soni 494 ming kishini tashkil qilgan. Soʻnggi oʻn yili ichida oʻzbeklar tezlik bilan koʻpaygan (1,2 % 1990-yilda, 2,3 % 2000-yilda)[1]. Yoshi jihatidan oʻzbeklar qozoqlarga qaraganda ancha yosh.
Dinamikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1999-yil: 370 663 kishi (2,5 % aholi)
- 2005-yil: 419 000 kishi (2,8 % aholi)[2]
- 2006-yil: 436 670 kishi (2,87 % aholi)
- 2007-yil: 445 304 kishi (2,86 % aholi)[3]
- 2008-yil: 449 280 kishi (2,88 % aholi)
- 2009-yil: 457 200 kishi (2,90 % aholi)
- 2010-yil: 472 144 kishi (2,91 % aholi)
- 2011-yil: 484 463 kishi (2,95 % aholi)
- 2012-yil: 493 789 kishi (2,96 % aholi)
- 2013-yil: 511 ming kishi (3 % aholi)[4]
- 2014-yil: 521 252 kishi (3,04 % aholi)[5]
- 2015-yil: 534 968 kishi (3,07 aholi)
- 2016-yil: 548 ming kishi (3,11 % aholi)[6]
- 2017-yil: 563 103 kishi (3,12 % aholi)[7]
- 2018-yil: 576 817 kishi (3,15 % aholi)
- 2019-yil: 590 993 kishi (3,21 % aholi)
- 2020-yil: 605 137 kishi (3,25 % aholi)[8].
- 2021-yil: 620 324 kishi (3,29 % aholi)[9]
- 2022-yil: 637 880 kishi (3,34 % aholi)[9]
Madaniyat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qozogʻistonlik oʻzbeklarning asosiy qismi (87,9 %) Janubiy Qozogʻiston viloyatida istiqomat qilishadi. Janubiy Qozogʻiston viloyati boʻyicha oʻzbek madaniyat markazining 11 filiali faoliyat yuritadi. Viloyat miqyosida yiliga „Til, urf-odat va madaniyat kunlari“ bayramini, „Ofarin“, „Lapar“ konkurslari, „Askiya“ kulgu festivali oʻtkaziladi. Viloyat aholisi „Umid“, „Nur“, „Parvoz“, „Gʻuncha“, „Sayram“, „Nulifar“, „Koʻngil“, „Yulduzcha“, „Sadaf“ shekilli ansambllarni yaxshi bilishadi. Viloyat oʻzbek drama teatri faoliyat yuritadi. Viloyatda toza oʻzbek tilida bilim beruvchi 64, aralash 78 maktab faoliyat yuritadi[10]. Viloyat markazida oʻzbek tilida 10 ta gazeta-jurnallar chiqariladi. Bundan boʻlak viloyat „Qazaqstan-Shimkent“, „Otirar“, tuman „Sayram“ telekanallarida oʻzbek tilida yangiliklar va dasturlar efirga uzatiladi[11].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 2009-yil Qozogʻiston Respublikasi aholi sanogʻi natijasi, 2010-06-28da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-02-09
- ↑ К проблеме численного и национального состава Республики Казахстан
- ↑ Этнодемографическая характеристика населения Республики Казахстан на современном этапе развития
- ↑ Свыше 11 млн казахов проживает в Казахстане. ИА Новости-Казахстан.
- ↑ Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs namedНацсостав 2014
- ↑ „Численность населения Республики Казахстан по отдельным этносам на начало 2016 года“. 2020-yil 18-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-dekabr.
- ↑ Қазақстандағы түркі халықтары
- ↑ „Численность населения Республики Казахстан по отдельным этносам на начало 2020 года“. Комитет по статистике Министерства национальной экономики Республики Казахстан. 2020-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-aprel.
- ↑ 9,0 9,1 „Численность населения Республики Казахстан по отдельным этносам на начало 2022 года“. Комитет по статистике Министерства национальной экономики Республики Казахстан. 2022-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 1-may.
- ↑ Dnevnie obщeobrazovatelnie shkoli v Respublike Kazaxstan na nachalo 2009/10 uchebnogo goda[sayt ishlamaydi]
- ↑ өзіміздің өзбектер[sayt ishlamaydi]
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- http://www.assembly.kz
- http://e.gov.kz
- http://uzbek-nation.ru (Wayback Machine saytida 2020-02-29 sanasida arxivlangan)
- http://www.sarty.kz/