Tojikistonlik oʻzbeklar
Tojikistonlik oʻzbeklar — Tojikiston Respublikasida yashaydigan xalq. (oʻzbekcha: Tojikistonlik oʻzbeklar, tojikcha: Ӯзбекҳои Тоҷикистон) eng katta etno - lingvistik diaspora hisoblanadi Tojikiston aholini ro‘yxatga olish ma’lumotlariga ko‘ra, etnik o'zbeklar soni ( 1 million 260 ming ) yoki respublika aholisining 12,2 foizini tashkil etadi. (2022). Tojik oʻzbeklari Oʻzbekistondan tashqarida yashovchi etnik oʻzbeklarning mutlaq soni boʻyicha o'rta osiyo o'zbeklari orasida Afg‘onistondagi o‘zbeklardan (3,5 – 4 million ) keyingi ikkinchi o'rinda[1]. Songi paytlarda Tojikistondagi yashovchi o'zbeklarning pasportlarida o'zbek millatini “tojik deb o‘zgartirilmoqda va ko‘plab etnik o‘zbeklarni assimilyatsiya qilishga urinmoqda. Bu, ayniqsa, Sugʻd viloyati va Xatlon viloyati kabi hududlarda keng tarqalgan. Bu esa o'z navbatida, o'zbeklarning davlat darajasidagi o'z taqdirini belgilashning noaniqligini aks ettirmoqda[2]. 2000-yil iyun oyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Tojikistonga rasmiy tashrif bilan borgan. Tashrifi chogʻida u sanʼat va madaniyat arboblari, jamoat arboblari bilan suhbatlashgan va oʻz nutqida „tojiklar va oʻzbeklar ikki tilda gaplashadigan bir xalqdir“ deb taʼkidlagan. Shunday qilib, u ikki xalqning tarixiy, madaniy va etnik yaqinligini taʼkidlagan. [3]
![](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/f/f1/Tojikistonlik_etnik_o%27zbeklar.jpg/220px-Tojikistonlik_etnik_o%27zbeklar.jpg)
Tojikistonda o'zbek tili
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tojikistonda oʻzbek tili respublikaning eng keng tarqalgan tillaridan biridir. Tojikistondagi ko‘plab o‘zbeklar asosan Tojikiston va O‘zbekiston chegarasida yashaydi. Ba'zi hududlarda ular aholining ko'p qismini tashkil qiladi, shuningdek, faqat o'zbeklar yashaydigan qishloqlar va tumanlar ham bor. Shu bois bu hududlarda ta’lim o‘zbek tilida olib boriladi. Ammo ohirgi yillarda maktablarda o'zbek tilida bo'lgan kitoblaraga ehtiyoj ko'paygani sezilmoqda. Tojikistonda aholi orasida o‘zbek tili ustunlik qiladi. Vaholanki, besh yil avval hududdagi ayrim maktablarda o‘quvchilarga davlat tili tojik tilida ta’lim berila boshlandi. Ta'lim berishda yangi tiliga o‘tish o‘quvchilar va o'qituvchilar uchun qiyinchiliklar tug'dirishi bilan birgalikda, tojik tilidagi o‘quv materiallarining yo‘qligi ham sabab bo'lmoqda. So‘nggi yillarda Tojikistonda o‘zbek maktablari ikki barobar qisqargan[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „O'zbek diasporasi“.
- ↑ „Tojikistondagi o‘zbeklar hayoti haqiqatlari“ (ru). iwpr.net. Zarina Ergasheva (2014-yil 28-iyul). Qaraldi: 2025-yil 4-yanvar.
- ↑ https://caa-network.org/archives/12564
- ↑ „O'zbek tili Tojikistonda“. cabar.asia/ru. Cabar.asia (2021-yil 23-iyun). Qaraldi: 2025-yil 4-yanvar.