Kontent qismiga oʻtish

Qozogʻiston prezidenti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti (qozoqcha: Қазақстан Республикасының Президенті; ilgari Qozogʻiston SSR Prezidenti) — Qozogʻiston Respublikasining davlat rahbari, oliy mansabdor shaxsi va Qurolli Kuchlarining oliy qoʻmondoni hisoblanadi.

1990-yil 24-aprelda lavozimga tayinlangan paytdan boshlab 2019-yilning 20-martigacha Nursulton Nazarboyev Qozogʻiston Prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan[1]. Nursulton Abishevich Nazarboyev 1989-yil 22-iyunda Qozog‘iston SSR Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasining birinchi kotibi etib saylanganidan beri Qozog‘istonni boshqarib kelgan. 2019-yil 19-mart kuni soat 19:00 da u o‘z xohishi bilan isteʼfoga chiqishini maʼlum qilgan. 2019-yilning 20-martidan boshlab Qozog‘iston Prezidenti vazifalarini konstitutsiyaga muvofiq Qozogʻiston Senati raisi Qasim-Jomart Toqayev bajarishga kirishdi[2]. Nursulton Nazarboyev 2022-yil 5-yanvarga qadar Xavfsizlik kengashi raisi bo‘lib faoliyat yuritdi. Eks-Prezident Nazarboyev „Nur Otan“ partiyasi aʼzosi hisoblanadi[3].

Dastlab Toqayev 2020-yilgacha, yaʼni Nazarboyevning vakolat muddati tugaguncha Qozog‘iston Prezidenti bo‘lib qolishi kerak edi. Biroq, 2019-yil 9-aprelda muddatidan oldin saylovlar eʼlon qilingach, 2019-yil 9-iyunda saylov boʻlib oʻtgan. Toqayev soʻnggi saylov natijalariga koʻra, 70,96 % ovoz toʻplab gʻalaba qozongan hamda 2019-yil 12-iyun kuni lavozimga kirishgan[4][5].

Konstitutsiyaviy maqomi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti davlat boshligʻi, mamlakatning oliy mansabdor shaxsi hisoblanib, davlatning ichki va tashqi siyosatining asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi, mamlakat ichida va xalqaro munosabatlarda Qozogʻiston nomidan ish olib boradi.

Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti, konstitutsiyaga muvofiq:

— xalq va davlat hokimiyati birligi, Konstitutsiya daxlsizligi, inson va fuqaro huquq va erkinliklarining ramzi va kafolati sanaladi.

— davlat hokimiyati barcha tarmoqlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini shu bilan birgalikda hokimiyat organlarining xalq oldidagi mas’uliyatini taʼminlaydi.

— xalq va davlat nomidan so‘z yuritish huquqiga ega deb qaraladi.

Qozog‘iston Respublikasi Prezidentining shaʼni va qadr-qimmati daxlsizdir. Respublika Prezidenti shaʼni va qadr-qimmatiga tajovuz qilish qonun bilan jazolanadi.

Respublika Prezidenti va uning oilasini taʼminlash, boqish va himoya qilish davlat mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Qozogʻiston Respublikasi Prezidentining nishoni

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Respublika Prezidentining farqlash belgilari — koʻkrak nishoni va Qozogʻiston Respublikasi Prezidentining Shtandarti hisoblanadi.

Respublika Prezidenti lavozimiga koʻra, „Altin Kiran“ [6] Oltin burgut ordeni ritsariga aylanadi.

Prezidentning imtiyoz va cheklovlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sobiq Prezident umrbod quyidagi imtiyozlarga ega:

Qozogʻiston Prezidenti vakillik organining deputati boʻlishi, boshqa haq toʻlanadigan lavozimlarni egallashi va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi mumkin emas.

Barcha sobiq prezidentlar, lavozimidan chetlatilganlardan tashqari, Qozog‘iston Respublikasining sobiq Prezidenti unvoniga ega boʻlib qoladi.

Sobiq Prezidentlar Respublika Konstitutsiyaviy Kengashining umrbod aʼzolari hisoblanishadi.

Sobiq Prezident parlament palatalarining qo‘shma majlislarida, yangi Prezident inauguratsiyasiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilishlarda, respublikaning davlat bayramlarida va davlat tomonidan o‘tkaziladigan boshqa tadbirlarda qatnashish huquqiga ega.

Sobiq Prezidentning shaʼni va qadr-qimmati daxlsiz deb hisoblanadi. Shuningdek, uning shaʼni va qadr-qimmatiga tajovuz qilish qonun bilan jazolanadi va taʼqib qilinadi.

Sobiq Prezident va uning oilasini taʼminlash, boqish va himoya qilish davlat mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

1) amaldagi Prezidentning qarori bilan amaldagi Prezidentning lavozim maoshining sakson foizi miqdorida pensiya tayinlanadi. Shu bilan birga, sobiq Prezidentning pensiyasi amaldagi Prezidentning rasmiy maoshi oshishini hisobga olgan holda oshiriladi;

Sobiq Prezident respublika Prezidentining vakolatlarini amalga oshirish bilan bog‘liq harakatlar uchun javobgar bo‘lmaydi, davlatga xiyonat qilish hollari bundan mustasno sanaladi.

2) Sobiq Prezidentning zarur texnik xizmat koʻrsatadigan kvartira va davlat dachalari boʻlishi, tansoqchilar, haydovchilar bilan taʼminlanadigan shaxsiy avtomashinasi, mamlakat boʻylab bepul sayohati, tibbiy yordam va kurortda davolanishi taʼminlanadi.

Qozog‘iston Respublikasining birinchi Prezidenti (Nursulton Abishevich Nazarboyev) mamlakat konstitutsiyasi va qonunchiligida mustahkamlangan alohida mavqega ega hisoblanadi[1].

Sobiq Prezident maqomi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qozog‘iston Konstitutsiyasining 46-moddasi 4-bandida Qozog‘iston Respublikasining birinchi Prezidentining alohida lavozimi belgilab qo‘yilgan: uning maqomi va vakolatlari nafaqat Konstitutsiya, balki alohida konstitutsiyaviy qonun bilan ham belgilanadi.

Qozog‘iston Konstitutsiyasining 42-moddasi 5-bandida bir kishi ketma-ket 2 martadan ortiq prezidentlikka saylanishi mumkin emasligi sharti belgilab qo‘yilgan, ammo bunda birinchi Prezident uchun alohida istisno mavjud.

Qozogʻiston SSR va Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qozogʻiston SSR va Qozogʻiston Respublikasi Prezidentlarining roʻyxati:

# muddat Prezident Surati Prezidentlik muddati Hukmronlik muddati Partiyaviyligi Juz ,
qabila, urugʻ
1 1 Nursulton Abishevich Nazarboyev 1990-yil 24-aprel 1991-yil 1-dekabr 586 kun Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi katta juz,

Shapirashti,
Eskoja
2 1991-yil 1-dekabr 1999-yil 29-aprel 2706 kun partiyasiz
3 1999-yil 29-aprel 2005-yil 4-dekabr 2411 kun „Otan“ RPP
4 2005-yil 4-dekabr 2011-yil 4-aprel 1947 kun
Nur OtanXDP
5 2011-yil 4-aprel 2015-yil 26-aprel 1483 kun
Nur Otan
6 2015-yil 26-aprel 2019-yil 20-mart 1423 kun (jami 10556 kun)
2 Vaqtinchalik Qosim-Jomart Kemelevich Toqayev 20-mart 2019-yil 12 iyun 84 kun katta juz,

Jaloir,

Kushik
1 2019-yil 12-iyun 2022-yil 20-noyabr 1257 kun Amanat (2019—2022)

Partiyasiz (2022-yildan)
2 2022-yil 20-noyabr joriy