Qozi Sayyid Bahodirxon ibn Sayyid Ibrohimxo‘ja
Qozi Sayyid Bahodirxon ibn Sayyid Ibrohimxoʻja (oʻzbekcha: Qozi Sayyid Bahodirxon (Baxodirxon) Ibrohimxo'ja o'g'li, Қози Саййид Баҳодирхон; 1860 — 1916) — Oʻzbek qozisi, sayyid, shariat qozisi, faqih, Miri Arab madrasasida mudarris, Samarqand viloyati (Rossiya imperiyasi) Ishtixon tumani oxirgi qozisi.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qozi Sayyid Bahodirxon ibn Sayyid Ibrohimxoʻja 1860-yilda Ishtixon tumanining Safoxoʻja qishlogʻida tugʻilgan boʻlib[1], XVIII asr oʻrtalarida bu qishloq Sayyidatoyi eshon avlodlarining tarixiy makoni boʻlgan, uning ajdodlari Sayyid Qaroxoʻja al-Buxoriy, ukasi Sayyid Abdurahmonxoʻja al-Buxoriy va kuyovi Muhammad Safoxoʻja mudarris mazkur qishloqqa asos solgan[2][3]. Bahodirovlar avlodi — sayyidatoyi xoʻjalarning qadimiy avlodlaridan biri boʻlib, shajara daftarida Muhammad paygʻambardan Sayyid Bahodirxonning ajdodlarining 38 avlodi maʼlum. U otasi tomondan mashxur avliyo Hazrati Sayyid Ato Ahmad Solih (Ota) alayhirrahma ibn Sayyid Amir Hasan mulaqqab ar-Rizo ibn Sayyid Burhoniddin Abu Nasr Sulaymon al-Qodiriyning avlodi hisoblanadi (uning Sayyid Shamsiddin Umar al-Buxoriy ismli ukasi bor edi, u Sayyid Ahmad Ota Buloqiy al-Xilvatiy avlodidan boʻlgan Sayyid Ajal Shamsuddinning bobosi hisoblanadi), u esa oʻn birinchi Sayyid Imom Hasan al-Askariy (ba'zi manbalarda Sayyid imom Muhammad al-Askariy al-Akbar) ning ikkinchi oʻgʻli Sulton Saodat Amir Sayyid Ali Akbarning bevosita avlodi bo'lgan.Boshqa nasl-nasab manbalariga koʻra, Sayyid Ali Akbar[4][5][6][7][8] — Sayyid Imom Muhammad al-Askariy al-Baajning ikkinchi oʻgʻli boʻlib, u Hasan Askariyning akasi hisoblanadi[9][10]. Qozi Bahodirxon avlodlarida saqlanayotgan „Nasabnomai sharif“ qoʻlyozmasida oilaning shajarasi haqidagi maʼlumotlar saqlanib qolgan[11][12][13][14]. Sayyid Ali Akbarning mashhur avlodlaridan biri buyuk din arbobi, soʻfiy domla Bahouddin Naqshband nomi bilan ham mashhur boʻlib[15][16], „Xoʻjai buzurg“, „Shohi Naqshband“ va Eshon Imlo — buxorolik „oxirgi davr avliyosi“ boʻlib, uni buxoroliklar shunday atashadi, chunki undan keyin boshqa avliyolar boʻlmagan, deb hisoblashadi[17]. O'rta Osiyo musulmonlari uni oxirgi avliyo zot deb eʼzozlab kelishgan.
Otasi Sayyid Ibrohimxoʻja hunarmand, islom ilmidan xabardor, shariat mullosi boʻlgan, u oʻgʻli Sayyid Bahodirxonga bolaligidan Islom dinini oʻrgatgan. Sayyid Bahodirxonning bobosi va otasi islom dini va tasavvuf ilmi bo'yicha hamda sayyidlar tarixi boʻyicha keng bilimga ega boʻlishgan, kechalari uylarida olimlar to'planishib „Sahih al-Buxoriy" va "Sunani Termiziy“dan turli hadislarni o'rganishgan.
Kichkina Bahodirxon bularning barchasini hayajon bilan tinglar, bolaligidanoq bu ilmlarni oʻziga singdirardi. 12 yoshida Sayyid Bahodirxon Qur’oni Karimni yoddan bilgan. Boshlangʻich taʼlimni ota-bobolarining qishloq madrasasida oladi, madrasadagi barcha kitoblarni oʻqib yod oladi, ota-bobolaridan qolgan uydagi arab, fors va turkiy tillarda yozilgan kitoblarini oʻrganib yod oladi.
Buxorodagi Oʻrta Osiyoning mashhur madrasasi - Mir Arab madrasasida oʻqishni davom ettirdi. Madrasada Sayyid Bahodirxon arab va fors tillarini mukammal egallaydi, islom, tarix, falsafa va fiqhni oʻrgandi, Arastu, Suqrot asarlari bilan tanishadi, Naqshbandiy, Yassaviy, Qubro, Ibn Sino kabi donishmandlar ijodini oʻrgandi, Navoiy, Sheroziy va boshqa koʻplab buyuk shoir va faylasuflar sheʼriyatini oʻzlashtiradi. U oʻsha paytda mashhur boʻlgan Miri Arab madrasasini tugatib, mazkur madrasada muallim-mudarris boʻlib ishlay boshlagan.
Mukammal taʼlim, chuqur bilim Sayyid Bahodirxonga 1895-yilda Ishtixon viloyati qozilik lavozimini egallash imkonini berdi. Mir Arab madrasasi, so'ng Samarqand madrasalarida va Ishtixon tuman madrasalarida ham mudarrislik qilgan.
XIX asr oxiriga kelib hanafiya mazhabi ulamosi Qozi Bahodirxon eshon Samarqand viloyatidagi nufuzli faqihlardan biriga aylangan. Islom dini, shariat, fiqh va tasavvufda naqshbandiya taʼlimotini targʻib qildi. 1911-yilda oʻz mablag'iga Ishtixon markazida (hozirgi shahar bozorining sharqiy tomonida) katta xonaqoh qurdirgan. Xonaqohda namoz oʻqish, yig'inlar va zikrlar kabi amallar uchun foydalaniladigan masjid, zikrxonalar va kutubxona kabilar boʻlgan. Zikrxonalar atrofida kichik hujralar joylashgan. Ayni paytda xonaqoh oʻrnida „Ishtixon dehqon bozori“ markaziy shahar bozori joylashgan.
Qozi Sayyid Bahodirxon Ishtixoniy to 1916-yil vafotigacha Ishtixonda qozilik qilgan. Umrining soʻnggi yillarida oʻzi tugʻilib oʻsgan Ishtixon tumanidagi Safoxoʻja qishlogʻida yashab, Safoxoʻja qabristoniga dafn etilgan.[18].
Oila daraxti (nasabnomasi)
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Nasabnoma“ning qadimiy qoʻlyozmalariga muvofiq, Hazrati Muhammad paygʻambardan boshlab, ota tomondan Qozi Sayyid Bahodirxon ibn Sayyid Ibrohimxoʻjaning nasab shajarasi quyidagicha:[19]
- 1. Muhammad.
- 2. Bibi Fotima Zahra va Imom Ali ibn Abu Tolib.
- 3. Imom Husayn.
- 4. Imom Zayn al-Obidin.
- 5. Imom Muhammad al-Boqir.
- 6. Imom Jaʼfar as-Sodiq.
- 7. Imom Muso al-Kozim.
- 8. Imom Ali Muso ar-Rido.
- 9. Imom Muhammad at-Taqiy.
- 10. Imom Ali at-Naqiy al-Hadi al-Askariy.
- 11. Sayyid Imom Muhammad al-Askariy Sabadujayl, laqabli Al-Baaj (boshqa manbalarda Imom Al-Askari)
- 12. Sayyid Ali (laqabli (lakab) — Akbar, Asgʻar, at-Taqiy, al-Muttaki, al-Amir Sulton Sadat).[20]
- 13. Sayyid Muhammad (boshqa manbalarda u Al-Hakim at-Termiziydir[21])
- 14. Sayyid Muhammad Husayn (laqabli (lakab) — Naqib, Xilvatiy)
- 15. Sayyid Ahmad (laqabli (laqab) — Sayyid Ato (Ota) Buloqiy, al-Xilvatiy. Amir Sulton Shamsiddin Muhammad al-Buxoriyning ajdodlari Sayyid Ali ismli ukasi bor edi.
- 16. Sayyid Muhammad Shabon
- 17. Sayyid Qosim al-Mahdi
- 18. Sayyid Imom ad-din Abdulloh (Uning Sayyid Zaynalobidin ismli ukasi bor edi)
- 19. Sayyid Burhoniddin Abu Nasr Sulaymon al-Qodiriy al-Buxoriy (u Qodiriy tariqatining murshidi boʻlgan, Sayyid Ajal Shamsuddin al-Buxoriyning bobosi Sayyid Shamsiddin Umar al-Buxoriy ismli ukasi boʻlgan, deb ishoniladi)
- 20. Sayyid Amir Hasan mulaqqab ar-Rizo
- 21. Sayyid Ato Solih Ahmad (Ota) (laqabi — Sayyid Ato (Ota))
- 22. Sayyid Amin Xoja Muhammad (laqabi — Mohruy, maqbarasi Xorazmda joylashgan)
- 23. Sayyid Nasim Xoja
- 24. Mavlono Sayyid Hakim (laqabi (laqab) — Eshoni Hakim)
- 25. Sayyid Alouddin
- 26. Sayyid Ahmad Naqib
- 27. Sayyid Nosirxoja (to'liq ismi - Nosirxoja Sayyidotoyi)
- 28. Sayyid Munavvar
- 29. Sayyid Najmiddin
- 30. Sayyid Qodirberdi
- 31. Mavlono Sayyid Mir Muhammad Amin (vaf. 1580). laqabi — Zohid)
- 32. Sayyid Xoʻjajon
- 33. Sayyid Avliyoxon
- 34. Sayyid Abdulmannon
- 35. Sayyid Qoraxoʻja al-Buxoriy al-Ishtixoniy (rivoyat qilinishicha, Amir Haydar Buxoro amirining koʻrsatmasi bilan Buxorodan Ishtixonga koʻchib oʻtgan)
- 36. Sayyid Ahmad Xoja Naqib
- 37. Sayyid Saydulloh Xoja
- 38. Mulla Sayyid Rahmatulloh Xoja
- 39. Sayyid Ibrohim Xoja
- 40. Qozi Sayyid Bahodirxon
Oilasi va avlodlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Akasi — Sayyid Avazxon ibn Sayyid Ibrohimxoʻja — Abdugʻafforxon (zurriyoti yoʻq) va Jamolxon ismli 2 oʻgʻli va Tursunoy (zurriyoti yoʻq) ismli qizi bor edi. Sayyid Jamolxonning bolalari — oʻgʻillari Anvarxon, Jalolxon va Rustam; qizlari Saidaxon, Oydinoy va Zulfiyaxonlar.
- Xotini — Sultonbibi Sayyid Niyozxoʻja ibn Sayyid Rahmatullohujning qizi — Sayyid Bahodirxonning amakisi edi. Shahribonu, Malikabonu, Salomatbonu, Oʻgʻilposhsha ismli 4 qiz va Muhammadaminxon, Shohmurodxon, Abdulahadxon ismli 3 oʻgʻilni dunyoga keltirgan.
- Qizi — Shahribonu — Mulla Muhammadyorga turmushga chiqqan, ularning farzandlari: Oftoboy, Nuriddin, Xoʻjaroy, Muxtaram va Isoqxon.
- Qizi — Malikabonu — turmush oʻrtogʻi Mulla Bozor Yunusxoʻja oʻgʻli, bolalari: Oybuvi, Mulla Jalol, Xonbuvi, Qamariddin, Muhammadsafo, Sirojiddin, Sayyora.
- Qizi — Salomatbonu — Hotamxoʻja oʻgʻli Lutfullaxoʻjaga turmushga chiqqan, farzandlari: Xasanxon, Xadicha va Robiya.
- Qizi — Oʻgʻilposhsha — birinchi turmush oʻrtogʻi Buzurxoʻja Buxoriy Maxdumiy Azamaning avlodi edi. Undan, 2 qizi Muxsina va Xojixon dunyoga kelgan. Erining kutilmagan oʻlimidan soʻng Maxdumi Aʼzamiyning avlodi Eshon Temirxonga turmushga chiqqan, undan Omonullaxon ismli oʻgʻil koʻrgan.
- Katta oʻgʻli — Muhammadaminxon — rafiqasi Masturabonu bintu Abdusattorxoʻjadan 3 oʻgʻil tugʻildi: Shoxniyozxon, Eshmuhammadxon va Olamxon.
- Oʻgʻli — Shohmurodxon — uch marta uylangan, birinchi xotini Xonimoy bintu Abdujabborxoʻjadan Akromxon ismli oʻgʻil koʻrgan, ikkinchi xotini Menanurbonudan Sharifxon ismli oʻgʻil, uchinchi xotini Munavvarbuvidan Mahmudxon ismli oʻgʻil va Tamaraxon ismli qiz dunyoga keldi.
- Kenja oʻgʻli — Abdulahadxon Bahodirovich Bahodirov (1903—07.01.1977) — uzoq vaqt Samarqand prokuraturasida ishlagan, ikki marta uylangan, birinchi xotini Asilbibi Burxonboy qizidan Saodat (1927—1989) ismli qiz farzand tugʻilgan. Ikkinchi xotini Sadoratxon Poshsha Isayeva (1918—12.04.1986) Sayyid Isoxon Shirinxoʻjaevning qizi. Undan 4 oʻgʻil va 3 qiz tugʻildi: Oʻgʻillari — Ibodxon (03.02.1937—04.11.2013) — uzoq vaqt davomida „Ishtixon ovozi“ gazetasida muharrir oʻrinbosari boʻlib ishlagan[22]. Botirxon (1938—1998), Muzaffarxon, Abdukarimxon. Qizlari — Shoiraxon (1941—1994), Fotima (1954—1976), Zuhra va Zulayho. Ularning barchasi koʻp avlod qoldirgan[23][24].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ahli Bayt
- Sayyid
- Markaziy Osiyo arablari
- Sadat al-Baaj
- Sulton Saodat
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Неъматулла Элмуродов «ЗАРАФШОН ВОХАСИ ЭТНИК ГУРУХЛАРИ»“. 10-iyun 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-may 2016-yil.
- ↑ https://shajarauz.uz/sayyid-ota/ (Wayback Machine saytida 2022-10-28 sanasida arxivlangan) Sayyid Ota nomi
- ↑ https://shajarauz.uz/eshon-imlo-buhoriy-hazratlarining-shaj/ (Wayback Machine saytida 2022-10-28 sanasida arxivlangan) Eshon Imlo Buxari
- ↑ al-Kafi, by Muhammad Yaʼqub Kulayni. Translated by Muhammad Sarwar. Chap. 124, Birth of Abi Muhammad al-Hasan ibn 'Ali, p.705
- ↑ „Baha-ud-Din Naqshband Bukhari — Lineage“. 26-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-iyun 2016-yil.
- ↑ Dr.Annemarie Schimmels book „Pain and Grace: A Study of Two Mystical Writers of Eighteenth-Century Muslim India“ BRILL, 1976, p.32
- ↑ Tazkare Khwanadane Hazrat Eshan (genealogy of the family of Hazrat Eshan)(by author and investigator:Muhammad Yasin Qasvari Naqshbandi company:Edara Talimat Naqshbandiyya Lahore)p. 63
- ↑ „Darood E Pak Ki Fazeelat“. 19-aprel 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-iyun 2016-yil.
- ↑ „Darood E Pak Ki Fazeelat“. 19-aprel 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-iyun 2016-yil.
- ↑ Baha-ud-Din Naqshband (R.A)
- ↑ Sheyx Kumi, kniga „Muntaxi Al-Amal“, 1379 g, glava-3, s-20
- ↑ Kniga Xosseyna Madani, „Tuxfat al-Azxar“, At-Tarat al-Maktub, glava-1, str-9-10
- ↑ Xarz ad-din, kniga „Markat al-Maarif“, 1371 g, glava-2, str-242
- ↑ Badavi, kniga „Saba al-Djazira“, Tsentr rasprostraneniya informatsii i rukovodstva Saba al-Dudjail, s-10
- ↑ „«Türkistan Seyyidler ve Şerifler derneği» Qozi Sayyid Bahodirxon“. 2018-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-iyun 2018-yil.
- ↑ https://shajara.org/qozi-sayyid-bahodirxon/ (Wayback Machine saytida 22-sentabr 2021-yil sanasida arxivlangan) Qozi Sayyid Bahodirxon ibn Sayyid Ibrohimxoʻja
- ↑ „Naqshbandiya shajarasi…“. 2018-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-iyun 2018-yil.
- ↑ https://www.bukhari.uz/?p=34225 САМАРҚАНД ВИЛОЯТИДА ФАОЛИЯТ ЮРИТГАН ҚОЗИЛАР
- ↑ https://shajarauz.uz/qozi-sayyid-bahodirxon/ (Wayback Machine saytida 2022-10-28 sanasida arxivlangan) Ishtixonning soʻnggi qozisi Qozi Sayyid Bahodirxon ibn Sayyid Ibrohimxoʻja
- ↑ https://shajarauz.uz/sulton-sodot-saodat-amir-sayyid-ali-akbar/[sayt ishlamaydi] Sayyid Ali Akbar Termizi
- ↑ "Sayyidlar Shajarasi", „Islamic university“, Tashkent 2017, page 14
- ↑ „«Иштихон овози» Встреча с первой школой“. 2016-yil 13-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-sentabr 2016-yil.
- ↑ Zayniddin Baxriddinov, redaktor gazeti „Ishtixon ovozi“, statya „Ishtixon dahasi qozisi Bahodirxonxoʻja“ gazeta „Parvona“ 18.11.2007 g. vipusk № 42, str-12.
- ↑ Ibodxon Bahodirov, zam.redaktora gazeti „Ishtixon“, kniga „Qozi Bahodirxon va Safoxoʻja qishlogʻi“, Tashkent 2013 g.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Adeeb Xolid Musulmonlar madaniy islohoti siyosati. Markaziy Osiyoda jadidchilik . Kaliforniya universiteti matbuoti; Berkli, Los-Anjeles, London, 1998-yil
- Zayniddin Baxriddinov, „Ishtixon ovozi“ gazetasi muharriri, „Ishtixon dahasi koʻzisi Bahodirxonxjja“ maqolasi, „Parvona“ gazetasi, 2007-yil 18-noyabr, 42-son, 12-son.
- Muhammad Sayfiyev, „Bahodirxon qozi (Kechagi kunga bir nazar)“ maqolasi „Zarafshon“ gazetasining 2001-yil aprel soni
- Togʻaymurod Shomurodov, „Ustoz haqida suz“ maqolasi „Zarafshon“ gazetasi, 2007-yil 1-fevral
- Muqaddam Hayitova, Ishtixon ovozi gazetasi 1997 8-2
- Ibodxon Bahodirov, „Ishtixon ovozi“ gazetasi muharriri oʻrinbosari, „Qoʻzi Bahodirxon va Safoxja qishlogʻi“ kitobi, Toshkent 2013 y.
- DeWeese, Devin. 1996-yil. „Mashoikh-i Turk va Xojagʻon: Yasaviy va Naqshbandiy soʻfiylik anʼanalari oʻrtasidagi aloqalarni qayta koʻrib chiqish“, Journal of Islamic Studies, 7 (2), bet. 180-207.
- Farah, Sezar E. 1974-yil. „Shayx-Mursidning xulq-atvorini tartibga soluvchi qoidalar“, Numan, 21 (2), s. 81-96.
- Neʼmatulla Elmurodov „ZARAFSHON VOKHASI ETHNIK GRUXLARI“ (Wayback Machine saytida 2016-06-10 sanasida arxivlangan)
- Tulqin Eshbekov „Oqibat“ (Arxiv)
- Qozi Sayyid Bahodirxon