Kontent qismiga oʻtish

Qozi Oʻrda masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qozi Oʻrda masjidi
Muqobil nomlari Qozi Oʻrda masjidi
Mirzo Usmon masjidi
Umumiy maʼlumot
Maqomi Tarixiy obida
Turi masjid
Shahar Buxoro
Mamlakat Oʻzbekiston
Qurilishi boshlangan XVIII asr
Texnik holati
Material pishgan gʻisht, yogʻoch, ganch

Qozi Oʻrda masjidi (Mirzo Usmon masjidi) — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik. Buxoro Arkning sharqiy darvozasi tomonida joylashgan boʻlgan. Mazkur masjid XVIII asrda ashtarxoniy hukmdor Ubaydullaxon II davrida Koʻkaldosh madrasasi mudarrisi Mirzo Oxund mulla Usmon tomonidan bunyod etilgan. Masjid Mirzo Oxund Mulla Usmon mahallada joylashgan boʻlgan. Masjid Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan.

Qozi Oʻrda masjidi XVIII asr boshlarida Buxoro xoni Ubaydullaxon II davrida Koʻkaldosh madrasasi mudarrisi Mirzo Oxund mulla Usmon tomonidan qurilgan. Mazkur masjidda Qozi Oʻrta mahallasidagilar va ayollar ham namoz oʻqishgan. Bolihovuz masjidi qurilganidan soʻng, mazkur masjidga ayollar oʻtib namoz oʻqishgan. Mirzo Oxund Mulla Usmon mahallada 40 ta hovli, ikkita madrasa va bitta masjid mavjud boʻlgan. 1990-yilda masjidda olib borilgan taʼmirlash ishlari natijasida tuproq ostida bir qancha sagʻanalar borligi aniqlangan. Masjidga kiraverishdagi zina ostidan bir sagʻanali qabr topilgan va bu qabrdan sopol koʻzachalar topilgan. Masjid sovet yillarida matbuot jamiyati, klub va bozor mehmonxonasi sifatida foydalanib kelingan. Masjid Oxundi mulla Usmon, Qozi Oʻrda, Mirzo Usmon kabi nomlar bilan tilga olinadi. Majid ichkari tomoni 21 ta katta-kichik ravoqlardan iborat boʻlib, qadimiy mehrob ustiga gireh yaʼni gul chizilgan[1]. Masjidda ayvon boʻlib, hozirgi kungacha yaxshi saqlangan. Taʼmirlash davrida masjid atrofidagi yogʻoch ustunlar va devorlar qayta tiklangan. 2000-yillarda masjidda taʼmirlash ishlari olib borilgan[2].

Meʼmorchiligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qozi Oʻrda masjidi Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Masjid pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan. Yodgorlik ichkarisida mehrob mavjud boʻlib, tashqi hovlisi esa ayvonli qilib qurilgan.

  1. Муҳсинов И, Муҳсинова М. Гўзалликнинг боқий умри (Бухоро обидалари тарихидан лавҳалар), Бухоро, 2011 — 36-bet. 
  2. Мечеть Кози Урда (Охунди Мулло Усмон