Kontent qismiga oʻtish

Qorako‘z (Oq sazan)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qorako‘z
Muhofaza maqomi
Biologik klassifikatsiya
Domen: Eukariotlar
Olam: Hayvonlar
Boʻlim: Xordalilar
Sinf: Karpsimonlar
Oila: Baliqlar
Urugʻ: Ballerus
Tur: B. sapa
Binar nomi
Ballerus sapa
Pallas, 1814
Qorako‘zlarning tarqalgan hududlari
Qorako‘zlarning tarqalgan hududlari
Sinonimlari

Cyprinus sapa (Pallas, 1814-yil) Abramis sapa (Pallas, 1814-yil) Cyprinus kleweza (Güldenstädt, 1791-yil) Cyprinus cleveza (Pallas, 1814-yil) Abramis balleropsis (Agassiz, 1835-yil) Abramis schreibersii (Heckel, 1837-yil)[1]


Qorakoʻz (lot. Ballerus sapa) – karpsimonlar oilasiga mansub baliq turi.

Bu turdagi baliqlarining uzunligi oʻrtacha 25 smdan 15 smgacha boʻlishi mumkin. Ballerus baliq turiga juda oʻxshash boʻlib, u oʻzining katta koʻzlari, pastroqda joylashgan kichik ogʻzi bilan ajralib turadi[2].

Yashash tarzi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yarim oʻtkinchi baliq. 3—4 yoshlar atrofida voyaga yetadi. Urchishi martning oxiri may oyining boshlariga toʻgʻri keladi. Daryolarda – 5—10 ming, koʻl va suv omborlarida – 30 minggacha boʻlga uvildiriq tashlaydi . Kechasi faol boʻlganligi uchun asosan oʻljalarini tungi paytda ovlaydi. Suv hashoratlarining lichinkalari, qisqichbaqasimonlar, mollyuskalar va oʻsimliklar urugʻlari bilan oziqlanadi. Ularni asosan tez oqadigan, tubi qumli va toshloq suv havzalari yoki daryolarda uchratish mumkin. Soʻnggi oʻn yil davomida bu turning katta qismi yoʻq boʻlib ketdi[3].

Qora dengiz, Kaspiy dengizi va Orol dengizi irmoqlarida, shuningdek Yevropa va Osiyodagi koʻplab yirik daryolarda keng tarqalgan. U Rossiyaning shimolidagi bir qancha daryolar, xususan Reyn (1995-yilda) va Qora dengiz havzasidagi Dnepr-Bug daryosi orqali Vistula daryosining irmoqlarigacha tarqalgan. Oʻzbekistondagi Amudaryo va Sirdayo havzalarining quyi va oʻrta oqimlarida tarqalgan[4].

Cheklovchi omillar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Orol dengizi sathning pasayishi va suvning shoʻrlanishi, daryolar oqimining sunʼiy tartiblanishi, ulardagi suvning kamayishi va suvlarining ifloslanishi Qorakoʻzlarning yashash va koʻpayish sharoitlarining yomonlashishiga sabab boʻldi[5].

Muhofaza choralari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qizilqum qoʻriqxonasida va Quyi Amudaryo biosfera rezervativining qoʻriqlanadigan hududida muhofaza qilinadi. Yashash joylarda muhofazasi tashkil qilinmagan. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan[5].

  1. http://www.fishbase.org/Nomenclature/SynonymsList.php?ID=23045&SynCode=163085&GenusName=Ballerus&SpeciesName=sapa
  2. Bruno S., Maugeri S. Pesci d’acqua dolce, atlante d’Europa, Mondadori 1992
  3. „Freyhof, J.; Kottelat, M. (2008). "Ballerus sapa"“.
  4. Kottelat M., Freyhof J. Handbook of European Freshwater Fishes, Publications Kottelat, Cornol (CH), 2007
  5. 5,0 5,1 „O'zbekiston respublikаsining qizil kitobi 2 Jild“.