Reyn
Reyn | |
---|---|
Tavsif | |
Uzunligi | 1 232,7 |
Suv sarfi | 2 200 m³/s |
Joylashuvi | |
Davlat | Shveysariya, Avstriya, Lixtenshteyn, Germaniya, Fransiya va Niderlandlar |
Reyn |
Reyn (nemischa: Rhein , fransuzcha: Rhin, niderlandcha: Rijn) — Gʻarbiy Yevropadagi eng katta daryolardan biri, Shveysariya, Lixtenshteyn, Avstriya, Fransiya, Germaniya, Niderlandiya hududlaridan oqib oʻtadi. Uzunligi 1239 km, xavzasining maydoni 224,4 ming km². Alp togʻlaridan boshlanib, Boden koʻlidan oqib oʻtgach, Yura va Shvarsvald tizmalarini kesib oʻtadi. Soʻnfa Yuqori Reyn pastgekisligi boʻylab oqadi va oʻrta qismida tor vodiy orqali Reyn Slanetsli togʻlarini kesib oʻtib, Oʻrta Yevropa tekisligiga chiqadi. Shimoliy dengizga murakkab delta hosil qilib quyiladi. Yuqori qismida bahor — yoz oylarida, oʻrta va quyi qismlarida yil davomida sersuv. Yillik oʻrtacha suv sarfi 2500 m³/sek., yillik suv oqimi 79 km³.
Reyn — Gʻarbiy Yevropaning muhim xalqaro suv magistrali. Quyi oqimida yiliga 100 mln. t hajmda yuk tashiladi. Bazel shahridan boshlab 952 km masofada va Boden koʻlida muntazam kema qatnaydi. Reyn havzasidagi suv yoʻllarining umumiy uz. 3000 km chamasida. Kanallar orqali Rona, Marna, Vezer, Ems, Elba daryolari bilan tutashgan. GESlar qurilgan. Reyn boʻyida Bazel, Strasbur, Mangeym, Mayns, Bonn, Kyoln, Dyusseldorf, Duysburg shaharlari, deltasida Rotterdam dengiz porti joylashgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |