Kontent qismiga oʻtish

General-polkovnik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

General-polkovnik — generallar tarkibidagi harbiy unvon. Dunyoning bir qator davlatlarida amalda. Adliya xizmatidagi 1-darajali davlat adliya maslahatchisi unvoniga teng.

Oʻzbekistonda ushbu harbiy unvon Armiya generali unvonidan quyiroq, General-leytenant unvonidan yuqoriroq turadi. Bojxona, Ichki Ishlar Vazirligi (IIV), Davlat Xavfsizlik Xizmati (DXX), Milliy Gvardiya (MG) va Favqulodda Vaziyatlar Vazirligi (FVV) xizmatidagilar uchun eng oliy harbiy unvon hisoblanadi[1].

Oʻzbekistonda
  1. Rustam Ahmedov, Mudofaa vaziri (1992-1997)
  2. Hikmatilla Tursunov, Mudofaa vaziri (1997-2000)
  3. Rustam Inoyatov, Milliy xavfsizlik xizmati raisi (1995-2018)
  4. Toʻlqin Qosimov, Mudofaa vazirining birinchi oʻrinbosari (2000-2003)
  5. Qobul Berdiyev, Mudofaa vaziri (2008-2017)
  6. Zokir Almatov, Ichki ishlar vaziri (1991-2006)
  7. Bahodir Toshmatov, Milliy gvardiya qoʻmondoni (2017-2020)
Ozarbayjonda
  1. Ramil Usubov, Ichki ishlar vaziri (1994-yildan)
  2. Zokir Hasanov, Mudofaa vaziri (1994-yildan)