Qayravon
Qayravon | |
---|---|
35°41′0″N 10°6′0″E / 35.68333°N 10.10000°E | |
|
Qayravon (arabcha: القَيْرَوان al-Qayrawān; fransuzcha: Kairouan) — Tunisning sharqiy qismidagi shahar, Qayravon viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 110,3 ming kishi (1998). Mamlakatning muhim tarixiy, diniy, savdohunarmandchilik va turizm markazi. Transport yoʻllari chorrahasi. Sellyulozaqogʻoz zavodi, oziqovqat sanoati korxonalari mavjud. Gʻalla, jun bilan savdo qilinadi. Q. — badiiy hunarmandchilik markazi. Metall, teridan turli buyumlar yasaladi, gilam toʻqiladi.
Shaharga 670 yilda asos solingan. 7-asr oxirlarida Magʻribdagi Umaviylar noiblarining qarorgohi boʻlgan. 800— 909 yillarda Agʻlabiylar davlati poytaxti, oʻsha davrda shahar ayniqsa rivoj topgan. Fotimiylar tomonidan poytaxt Mahdiya shahriga koʻchirilgach, Q.ning mavqei pasayib bordi. Shahar Tunisda islom dinini yoyish markazi boʻlib qoldi. 1057 yilda shahar badaviylar tomonidan vayron qilindi. 13-asrda barbarlarning Xafsiylar sulolasi tomonidan tiklangan. Q.ni 1881 yilda fransuz qoʻshinlari bosib olgan. 1956 yildan mustaqil Tunis davlati tarkibida.
Madina qismi ichki hovli va yassi tomli anʼanaviy uylardan iborat. Shahar shinakli qalʼa devori bilan oʻralgan (761, 11-asr oxiri, 13-asr, 18-asr boshlari). Ustunlari koʻp katta xona, ravoklar bilan oʻralgan hovli va minorasi boʻlgan Sidi Oqba masjidi (Katta masjid, 670 yilda asos solingan.
9-asrda qayta qurilgan), "Uch eshikli masjid", islom sanʼati muzeyi bor. Shuningdek, ispanmagʻrib, turk sanʼati anʼanasida qurilgan meʼmoriy obidalar ham saqlangan. Madinadan jan.da zamonaviy jamoat va maʼmuriy binolar qurilgan. Q. atrofida hokimlar qarorgohlari — shaharlar xarobalari: Qasr alQadim, Sabr alMansuriya va hokazo saqlangan. Q. — Magʻrib musulmonlarining ziyoratgohi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |