Kontent qismiga oʻtish

Magʻrib

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Magʻrib (arab.) —l) dunyoning toʻrt tomonidan biri, gʻarb; ikkinchi Afrikada Tunis, Jazoir, Marokashdan iborat hudud. Liviya, Mavritaniya va Gʻarbiy Sahroi Kabir M. bilan birgalikda katta M. yoki Arab Gʻarbi (Arab Sharqi — Mashriqdan ajratib) deyiladi. Oʻrta asrlarda musulmon Ispaniyasi (Andalusiya) va Arab xalifaligining Oʻrta dengizning gʻarbiy qismidagi boshqa mulklari (Balear orollari, Sardiniya, Sitsiliya) ham M.ga qoʻshib aytilgan. Marokash va Tunis mustaqillikka erishgach (1956), Marokash qiroli Muhammad V va Tunis Bosh vaziri Habib Burgʻiba "Buyuk Arab Magʻribi" hududiy ittifoqini tuzish gʻoyasini ilgari surdilar. Birlashtirish masalasi boʻyicha Tanjer (1958) va Rabot (1963)da konferensiyalar oʻtkazildi. 1964-yil M. davlatlarining Doimiy maslahat qoʻmitasi tuzildi. Unga Marokash, Jazoir, Tunis, Liviyaning moliya vazirlari kiradi. 1964—68 yillarda qoʻmita qoshida tarmoq komissiyalari tuzildi va M. davlatlari oʻrtasida iqtisodiyotning turli masalalari yuzasidan hamkorlik qilish toʻgʻrisida shartnomalar imzolandi. 1970-yildan Mavritaniya ham (kuzatuvchi sifatida) qoʻmita ishlarida qatnashmoqda. 1970-yil Liviya M.ning barcha hududiy tashkilotlaridan chiqdi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil