Kontent qismiga oʻtish

Qatarning diplomatik munosabatlari oʻzgarishi (2017)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

2017 yilda Saudiya Arabistoni, Bahrayn , Misr , Yaman , Birlashgan Arab Amirliklari , Liviya , Maldiv orollari va Mavrikiy Qatar bilan oʻz diplomatik munosabatlarini toʻxtatishdi[1][2]. Bu mamlakatlar Qatarni terrorizmni qoʻllaganini, ularning Ichki ishiga aralashgani va Eronni qoʻlab quvvatlaganida ayibladilar[3][4][5]. Qatar bu ayblovlarni boqton deb aytdi va Qatar AQSh bilan birgalikda ISHIDga qarshi kurashmoqdaligni aytdi[6]. Qatar hamda Eron bilan oʻz munosabatlarini himoya qildi: "Tehron oʼz taʼsirini oʻtkazadi va buni mensimaslik kerak enas"[7].

Al-Jazeeraning aytishicha aslida munosabatlar yomonlashishi Qatarning Axborot Boʻlimiga xakerlik qilinganligi sabab boʻldi[8].

Eron bunda AQSh prezidenti Donald Trumpni aybladi[9][10].

Qatar bilan oʻz diplomatik aloqalarini uzgan mamlakatlar

Qatar Eron bilan yaxshi munosabatlarida ayblanmoqda. Qatar qachondir Musulmo-birodarlani qoʻllap quvvatlagan. Hamda Qatar AQShning ittifoqdoshidir, Yaqin Sharqda AQShning eng katta harbiy bazasi bordir[11][12]. May oyida QNA saytiga hujum uyushtirilgan boʻlishi mumkinligi xabar qilindi va u yerda Qatar amirining Eronni va XAMASni qoʻllab quvvatlangani maʼlum boʻldi. Doha bu xabarlarni yolgʻon deb aytdi va bu videoni qalbaki deb aytdi, lekin uning qayerdan chiqib kelishini tushuntirmadi. 3-iyun 2017 yili Bahraynning Tashqi Ishlar Vazirini tvitteri buzilgani aniq boʻldi[13]. Bu voqealar Qatar bilan diplomatik munosabatlarini toʻxtatilishiga olib keldi.

Gulf Air[14], EgyptAir[15], Emirates, FlyDubai, Air Arabia, Saudi Arabian Airlines va Etihad Airways oʻz reyslarini Qatarga toʻxtatdi[16].

Bahrayn TIV Qatar fuqorolari keyingi 48-soat ichida Bahrayni tark etishi lozimligini aytdi[17].

Hamma etilgan mamlakatlar Qatar fuqorolari bu mamlakatlarni tari etishi kerak deb aytdilar[18][19].

Qatar Yamanda harbiy ittifoqidan chiqishi kerak ligini aytishdi[20].

Qatar Tashqi ishlar vazirligi maqsadi shunday deb aytdi: "Qatar bilan oʻz diplomatik munosabatlarini uzishi sababsizdir va hamma terroristlar haqida ayblar yolgʻondir. Ularning maqsadi aniq, ular Qatarni ishlariga nazorat qilishdadir. Bu jarayon Qatarning mustaqilligiga tajovuz solmoqdadir. Bu jarayoning hammasi yolgʻon asosida oylab topilgan[21].

Asl soʻzlar:

"The measures are unjustified and are based on false and baseless claims. The aim is clear, and it is to impose guardianship on the state. This by itself is a violation of its (Qatar's) sovereignty as a state. The campaign of incitement is based on lies that had reached the level of complete fabrications."


Qatar Airways oʻz reyslarini Saudiya Arabistoniga toʻxtatdi[22]

Mamlakatlarning munosabati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eron Eron - Eron Fors koʻrfazi davlatlari embargosiga uchragan Qatarga oziq-ovqat yetkazishga tayyorligini xabar qildi[23]. Eron hukumati Qatar va Fors koʻrfazi davlatlarini muloqot oʻrnatishga chaqirdi[24].

Turkiya Turkiya - Turkiya qator arab mamlakatlarining Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzishga qaror qilganidan afsusda. Bu haqda mamlakat TIV rahbari Mevlud Chavushoʻgʻli maʼlum qildi. «Vaziyat bunday tus olganidan qayg'udamiz. Albatta, mamlakatlar o'rtasida muammolar, qarama-qarshiliklar bo'lishi mumkin, biroq nima bo'lganda taqdirda ham muloqot davom etishi kerak», - deya uning so'zlarini keltiradi Hurriyet.[25]

Pokiston Pokiston - Pokiston Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzish niyatida emas, deb xabar bermoqda Reuters mamlakat IIV bayonotiga tayangan holda[26].

Rossiya Rossiya - Dmitriy Peskov etishicha Rossiya bu voqealatda mamlakatlarning ichki ishiga aralashmasligini aytdi[27].

Qoʻshma Shtatlar AQSh - AQShning Davlat kotibi Rex Tillerson "Birga oʻtirib muammoni yechiga" chaqirdi AQSh terrorizmga qarshi chiqadi deb aytdi yana[28].

  1. https://www.bloomberg.com/politics/articles/2017-06-05/saudi-led-alliance-cuts-qatar-ties-as-gulf-crisis-escalates
  2. http://www.bbc.com/news/world-middle-east-40155829
  3. http://www.nbcnews.com/news/world/egypt-saudi-arabia-among-gulf-states-cutting-ties-qatar-n768161
  4. https://www.theguardian.com/world/2017/jun/05/saudi-arabia-and-bahrain-break-diplomatic-ties-with-qatar-over-terrorism
  5. https://apnews.com/8257ce650e224188a1884e34eabb5e90/4-Arab-nations-cut-diplomatic-ties-to-Qatar-as-rift-deepens
  6. http://www.khaleejtimes.com/region/qatar/sheikh-tamim-denies-qatar-has-links-to-terrorism
  7. http://www.khaleejtimes.com/region/qatar/sheikh-tamim-denies-qatar-has-links-to-terrorism
  8. http://www.aljazeera.com/news/2017/06/saudi-arabia-uae-egypt-bahrain-cut-ties-qatar-170605031700062.html
  9. https://www.yahoo.com/news/saudi-arabia-egypt-uae-sever-ties-qatar-over-040718986.html?
  10. http://www.cnbc.com/2017/06/04/saudi-arabia-bahrain-and-egypt-cut-diplomatic-ties-with-qatar.html
  11. https://www.nytimes.com/2017/06/05/world/middleeast/qatar-saudi-arabia-egypt-bahrain-united-arab-emirates.html
  12. http://www.cnn.com/2017/06/05/middleeast/qatar-us-largest-base-in-mideast/index.html
  13. https://phys.org/news/2017-06-bahrain-minister-briefly-hacked-qatar.html
  14. http://gulfbusiness.com/abu-dhabis-etihad-suspend-flights-qatar-tuesday/
  15. https://sputniknews.com/middleeast/201706051054314335-egyptair-suspends-flights-to-qatar/
  16. http://www.aljazeera.com/news/2017/06/qatar-diplomatic-crisis-affects-air-travel-170605093547258.html
  17. http://www.aljazeera.com/news/2017/06/qatar-justification-cutting-diplomatic-ties-170605073154112.html
  18. https://apnews.com/8257ce650e224188a1884e34eabb5e90/4-Arab-nations-cut-diplomatic-ties-to-Qatar-as-rift-deepens
  19. https://www.dawn.com/news/1337555/saudi-egypt-uae-bahrain-and-yemen-isolate-qatar-over-terrorism-as-rift-deepens
  20. https://www.dawn.com/news/1337555/saudi-egypt-uae-bahrain-and-yemen-isolate-qatar-over-terrorism-as-rift-deepens
  21. https://www.dawn.com/news/1337555/saudi-egypt-uae-bahrain-and-yemen-isolate-qatar-over-terrorism-as-rift-deepens
  22. http://www.aljazeera.com/news/2017/06/qatar-diplomatic-crisis-affects-air-travel-170605093547258.html.
  23. http://kun.uz/uz/news/2017/06/05/eron-fors-kurfazi-davlatlari-embargosiga-ucragan-katarga-ozik-ovkat-etkazisga-tajer
  24. http://kun.uz/uz/news/2017/06/05/eron-katar-va-fors-kurfazi-davlatlariga-murozaat-kildi
  25. http://kun.uz/uz/news/2017/06/05/turkia-katar-bujica-poziciasini-bildirdi
  26. http://kun.uz/uz/news/2017/06/05/pokiston-am-katar-bilan-diplomatik-alokalarni-tuhtatadimi
  27. https://sputniknews.com/world/201706051054319483-russia-kremlin-qatar-diplomacy/
  28. http://www.cnbc.com/2017/06/05/tillerson-says-break-with-qatar-by-saudi-arabia-others-wont-affect-counter-terrorism.html