Kontent qismiga oʻtish

Qaffol Shoshiy maqbarasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qaffol Shoshiy maqbarasi

Qaffol shoshiy maqbarasiToshkent shahrining Olmazor tumanida joylashgan XVI asrga oid meʼmoriy yodgorlik.

Hozirgi kunda Qaffol Shoshiy maqbarasi Hazrati Imom majmuasi tarkibiga kiradi.

Hazrati Imom (Hastimom) nomi bilan mashhur boʻlgan imom Abu Bakr Muhammad ibn Ali Ismoil Qaffol ashShoshiyga atab, uning qabri ustiga qurilgan. Dastlabki maqbara saqlanmagan.

Meʼmorchiligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qaffol Qaffol Shoshiy maqbarasi meʼmor Gʻulom Husayn tomonidan 1541—1542-yillarda chorsi (25×26×5 sm) pishiq gʻishtdan bunyod etilgan. Maqbarachorgoqtarxli (13,3×12,5 m), katta xona va uning toʻridagi sagʻanali xonadan iborat. Katta xona (6×6 m) ning uch tomoni peshtoqli, qoʻsh qavatli gumbaz bilan yopilgan. Bosh peshtoq va uning 2 yonidagi burjlari anʼanaviy usulda. Maqbara burchaklarida 2 va 3 qavatli 8 yoqli va toʻrtburchak tarhli hujralar bor. Eshik tepasidagi kitobada maqbara qurilgan sana, meʼmor va xattotning nomi yozilgan; poygumbazidagi yozuvlar saqlanmagan. Maqbaraning tarzlari bezaksiz, derazalariga panjaralar ishlangan. Maqbara poliga mavjli qilib gʻishtlar yotqizilgan. Q.Qaffol Shoshiy maqbarasi asosida keyinchalik Hazrati Imom majmuasi vujudga kelgan.