Qaffol shoshiy
Qaffol Shoshiy (toʻliq ismi Abu Bakr Muhammad ibn Ali Ismoil Qaffol ash - Shoshiy alKabir; (287/904—366/976 yillar[1]) — shofiʼiylik mazhabining yetakchi olimlaridan biri, muhaddis, faqih, tilshunos, shoir. Qaffol Shoshiy Hazrati Imom (qisqacha — Hastimom) nomi bilan mashhur. Alloma mohir hunarmand boʻlib, qulfsozlikda va pichoqchilikda shuhrat qozongan. Manbalarga koʻra, u ogʻirligi 0,5 g keladigan jajji qulf-kalit yasagani uchun "Qaffol" ("Qulfchi") laqabi berilgan. Chuqur bilimi, ulkan ishlari evaziga Imom al-Kabir ("Ulugʻ imom") deb taʼriflangan.[1][2]
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qaffol Shoshiyning tavalludi toʻgʻrisida turli manbalarda turlicha fikr yuritilgan, ayrim manbalraga koʻra Milodiy 904[1] - yilda Shosh (Toshkent)da tug‘ilgan deb aytilgan boʻlsa, boshqalarida esa 907[3] - yil deb koʻrsatilgan. Qaffol Shoshiy Shoshda hunarmand oilasida tugʻilib, dastlabki bilimni oʻz yurtida olgan.
Arab Sharqi mamlakatlari boʻylab uzoq safarda boʻladi. U Iroq(Bagʻdod, Kufa), Shom(Damashq)da zamonasining zabardast olimlaridan ilm-maʼrifat oʻrganadi. U ancha vaqt Bagʻdodda yashaydi.
Xalifalikda turli lavozim, vazifalarni ado etgan. Qaffol Shoshiy Movarounnahrda, xususan, Shoshda shofiʼiylik mazhabini targʻib etib, diniy bilimlarning tarqalishiga, shariat asoslari qaror topishiga hissa qoʻshdi.
Qaffol Shoshiy Toshkentda vafot etgan.Kaykovus arig‘iga yaqin yerga — Mozorxon mahallasiga dafn etiladi. Uning qabri ustiga maqbara qurilgan.[4]
Qaffol Shoshiy davrining tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]X asrda Turkiston mamlakatining shimoliy hududlarida, yaʼni Sirdaryoning o‘ng sohilidan shimolda joylashgan Shosh, Isfijob (Sayram), Taroz, Yassi va boshqa viloyatlarda hali Qaffol Shoshiy darajasidagi valiy zotlar tavallud topmagan yoki bo‘lmasa qadam ranjida qilmagan edilar.
U kezlarda piri Turkiston — Ahmad Yassaviy,Shayx Zayniddin dunyoga kelmagalar.
Bir rivoyatda(bu haqda yozma manbalar ham bor) aytilishicha:
"Ulamolardan bo‘lmish Shayx Umar Bog‘istoniy ko‘p yillar davomida farzand ko‘rmaydi, najot istab, zavjasi bilan birga Hazrati Imom qabrini ziyorat etadi. Qurʼon tilovatidan keyin Alloh taolodan farzand ato etishini iltijo qiladi. Xuddi shu payt maqbara ustidan bir gala qaldirg‘och birdaniga ko‘kka ko‘tariladi, bu parvozdan “At-tahur” degan sado yangrab ketadi. Bu yaxshilik alomati, duo ijobat bo‘lajagidan bir mujda edi. Vaqt soati yetib, Shayx Umar Bog‘istoniy o‘g‘il ko‘radi. Uning ismi oldindan maʼlum edi. Chaqaloqqa Xovandi Tahur deb ism qo‘yadilar."[1]
Yozishlaricha Shayx Umar Bog‘istoniy o‘g‘liga quyidagicha vasiyat qilgan ekanlar:
“Tahur, mullo bo‘lma. Shayx bo‘lma, so‘fi bo‘lma - musulmon bo‘l!” [5]
Xovandi Tahur kamolotga yetib, Shayx Xovandi Tahur nomi bilan el-yurtda mashhur bo‘ladi."
Ijodiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qaffol Shoshiy diniy ilmlardan tashqari dunyoviy bilimlarni ham chuqur o‘rgangan. Vataniga qaytgach, asosan, ona shahri Toshkentda yashab, Islom dinining targ‘iboti bilan shug‘ullangan. Ilohiyotga oid bir qancha asarlar yozgan. Qurʼoni karim, hadis va shariat ilmi, arab tilshunosligi bo‘yicha bilimdon bo‘lgan.
Uning qonunshunoslik, mantiq kabi sohalarga oid "Qozining feʼlatvori", "Odob al-bahs" ("Bahs odobi"), "Husni jadal" ("Dialektika goʻzalligi") kabi asarlari islom olamida mashhur boʻlgan. Qaffol Shoshiy sheʼrlar ham yozgan. Ulardan ayrim parchalar olim Tojiddin asSubkiyning "Tabaqot ashShofiʼiya" ("Shofiʼiylik mazhabi darajalari") kitobi orqali saqlanib qolgan.
Ustozlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]U taniqli muhaddis Haysam ibn Kulayib Shoshiydan saboq olgan.
Samarqand, Buxoro, Termiz shaharlarida Imom Buxoriy, Imom Termiziylarning asarlari bilan tanishadi.
Mashhur imom Abul Abbos Ahmad ibn Umar ibn as - Surayjiy (850—918)ning shogirdi boʻlgan.
Uning tarix sohasidagi ustozi esa mashhur olim Abu Jaʼfar Muhammad ibn Jarir Tabariy boʻlgan.
Yana bir yirik ustozi Abul Hasan Ali ibn Abu Muso Ashʼariy boʻlib, undan kalom ilmini oʻrgangan va oʻz navbatida Ashʼariy Qaffol Shoshiydan fiqh ilmidan saboq olgan.
Qaffol Shoshiy ulamolar nazarida
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻrta asr arab mualliflari Qaffol Shoshiyni buyuk alloma ekanligini alohida taʼkidlab oʻtishgan.
"Movarounnahrda usul ilmi va hadis talabi ila eng koʻp safar qilgan olim Qaffol Shoshiy edi...Alloma, lugʻat, usul, fiqh imomi Xuroson olimlaridan Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Ismoil Shoshiy "Katta Qaffol" nomi bilan mashhur boʻlgan. U zot Movarounnahrda oʻz davrining imomi boʻlib, bir necha kitoblar musannifi boʻlgan."[6]
Tarixchi Abu Saʼd Abdulkarim ibn Muhammad Samʼoniy:
"Qaffol" – qulfsozlik kasbiga nisbat berilgan. U oʻz zamonasining imomi (peshvosi) boʻlib, fiqx, hadis, usul, tilshunoslik ilmalari boʻyicha tengi yoʻq olim edi. Qaffol Shoshiyning nomi Magʻribu Mashriqqa yoyilgan".[7]
Qomusiy olim (rus.)
Taʼrixchi va geograf Abul Fido(1273-1331 ):"U fiqh, hadis lugʻat va ad. boʻyicha oʻz asrining mashhur olimlaridan edi". Yana bir mashhur arab olimi Ibn Xallikon "Vafoyot al-aʼyon" ("Ulugʻ kishilar vafoti") nomli asarida shunday yozgan: " Qaffol Shoshiy mufassir, faqix, muhaddis, tilshunos, shoir boʻlib, oʻz zamonasidan Shofiʼiy mazhabi ulamolari ichida unga teng keladigani boʻlmagan".[8]
“ Qaffol Shoshiy o‘z zamonasiniig yetuk imomlaridan bo‘lib, Turkiston mamlakatida unga teng keladigan alloma bo‘lmagan”..
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 Abduqahhor Ibrohimov. Muftiylar sulolasi: (badialar) / Toshkent: MERIYUS,2010
- ↑ N.Muhamedov. Islomshunoslik qomusiy lugʻat., Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Toshent islom universiteti Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi. -T.: «Movarounnahr». 2014. b.: 314-315.
- ↑ Maʼnaviyat yulduzlari / Nashrga tayyorlovchi - M.Xayrullayev: Toshkent: 1999. - 400 bet. ISBN 5-86484-072-6<meta />http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=2240[sayt ishlamaydi]
- ↑ Qaffol Shoshiy maqbarasi
- ↑ Barot Boyqobilov. Yangi hamsa. Toshkent : Sharq, 1998.
- ↑ Shamsuddin Muhammad Zahabiy "Siyar aʼlom an-nubalo" ("Olijanob allomalar siyratlari")
- ↑ Abu Saʼd Abdulkarim ibn Muhammad Samʼoniy "Al-Ansob"
- ↑ "al-Aʼlom " URL:https://books.google.kz/books?id=oxvPXBZQGaMC
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |