Kontent qismiga oʻtish

Pom Klementieff

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Pom Klementieff
Tavalludi
Pom Alexandra Klementieff

3-may 1986-yil (1986-05-03) (38 yosh)
Fuqaroligi Fransiya
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 2007 — hozirgi kungacha
Imzosi
Pom Klementieff

Pom Klementieff 2017-yilda
Tavalludi 3-may 1986
Fuqaroligi Fransiya

Pom Alexandra Klementieff (fransuzcha: [pɔm klemɑ̃tjɛf][1]; 1986-yil 3-mayda tugʻilgan[2]) — fransiyalik aktrisa va model. U Parijdagi Cours Florent drama maktabida tahsil olgan. Amerika kinosidagi debyutidan oldin Oldboy (2013) filmida va undan soʻng The easy way (Oson yoʻl) (2008) va Sleepless Night (Uyqusiz tun) (2011) kabi fransuz filmlarida suratga tushgan.

Klementeff Marvel kino olamining Galaktika qoʻriqchilari 2 (2017) filmidagi Mantis roli bilan butun dunyo film ishqibozlariga tanish. Bundan tashqari Marvel doirasidagi Qasoskorlar: Cheksizlik jangi (2018), Qasoskorlar: Intiho (2019), Tor: Sevgi va Momaqaldiroq (2022) va Galaktika qo'riqchilari bayrami uchun maxsus (2022) telefilmlarida rol ijro etgan. U, shuningdek, boʻlajak Guardians of the Galaxy Vol. 3 filmidagi rolni qayta ijro etadi (2023).

Pom Klementeff Kanadaning Kvebek shahrida onasi koreys va otasi rus-fransuz Alexis Klementieff oilasida tugʻilgan[3][4]. Fransiya hukumatida konsul boʻlib ishlagan. U Fransiya fuqarosi, lekin Kanada fuqaroligiga ega emas, chunki odatga koʻra u jus soli diplomatlarning farzandlariga taalluqli boʻlmagan[5][6][7]. Uning bobosi rus rassomi Eugene Klementieff (1901 — 1985) boʻlgan[8]. Uning ota-onasi u uchun "Pom" ismini tanlaydilar, u koreyscha "bahor" (봄) va "yoʻlbars" (범) soʻzlari talaffuzidan olingan[6]. Uning oilasi otasining ishi tufayli koʻp sayohat qilishiga togʻri kelgan, shu sabab Klementieff Kanadada bir yil yashagan[9]. Ular Fransiyaga joylashishdan oldin Yaponiya va Kot-dʼIvuar ham yashashgan.

Klementeffning otasi u besh yoshida saraton kasalligidan vafot etadi, onasi esa shizofreniya bilan ogʻrigan va bolalariga gʻamxoʻrlik qila olmagan[6]. Shuning uchun Klementeff amakisi va xolasi qoʻlida tarbiyalangan[5]. U "ikkinchi otasi" deb taʼriflagan amakisi 18 yoshda, katta akasi Namu esa yetti yil oʻtib, 25 yoshida oʻz joniga qasd qilib vafot etgan[6][10]. Klementieff amakisining oʻlimidan soʻng xolasiga yodam berish uchun qisqa muddatda bakalavr darajasida huquqni oʻrganadi, ammo bu yoʻlni oʻzi uchun jozibador deb topmagan. U shuningdek, Fransiyada ofitsiant va sotuvchi boʻlib ham ishlagan[6]. 19 yoshida Parijdagi Cours Florent drama maktabida aktyorlik faoliyatini oʻrgangan. Taʼlim olganidan bir necha oy oʻtib, u maktabning eng yaxshi oʻqituvchilari bilan ikki yil davomida bepul darslarini bergan teatr tanlovida gʻolib chiqadi[9].

2007 – 2012: Erta martaba

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klementieff 2018-yilgi Bryussel komikslarida

Klementeffning ilk professional aktyorlik ishi Catherine Deneuve oʻynagan bosh qahramonning oʻgay qizi haqidagi fransuz mustaqil "Après lui" (2007) filmi boʻlgan[5]. Film sahnalarini suratga olish ishlari uch kun davom etadi. Bir sahnada Klementeff kimnidir zinapoyadan itarib yuborishi kerak boʻlgan, lekin tasodifan oʻzi zinadan tushib ketadi va rejissyor Gael Morel bu kadrni oxirgi filmda saqlab qolgan.

Uning birinchi bosh roli Sibir togʻlarida joylashgan bugʻu chorvadorlari qabilasi haqidagi fransuz filmi "Lup" (2009) filmida boshlangan. Suratga olish paytida Klementeff eng yaqin qishloqdan bir necha soat uzoqlikda joylashgan lagerda qoladi. U yerda yashovchi koʻchmanchilar bilan doʻstlashadi, haqiqiy boʻrilar bilan ishlaydi, bugʻularga minish va koʻlda ot bilan suzish jarayonlarini mustaqil amalga oshiradi[9].

2013-yildan hozirgi kungacha: Yutuqlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klementeff oʻzining Hollywooddagi debyuti Spike Leening Oldboy (2013) filmida, xuddi shu nomdagi Janubiy Koreya filmining remeykida boshlaydi[9][11]. U Sharlto Copley oʻynagan obraz antagonistning qoʻriqchisi Haeng-bokni tasvirladi. Filmning muxlisi Klementieff bu qism haqida remeyk prodyuseri Roy Leedan eshitgan va jang sanʼati bilan bogʻliq rolni oʻrgangandan soʻng boks saboqlarini olgan[5][6]. U qahramonning garderobiga oʻz kiyimlarining bir qismini qoʻshgan[5] va yulduz Josh Brolin bilan ekrandagi jang uchun ikki oy davomida kuniga uch soat mashq qilgan[5][11]. Klementieff koreyscha "baxt" degan maʼnoni anglatuvchi Haeng-bok ismini oʻzi oʻylab topgan[5][9].

Oldboy suratga olingandan soʻng Klementieff Los-Anjelesga koʻchib oʻtadi va Hollywoodda koʻproq kuzatishni boshlaydi[5][9]. U filmdan keyin taekvondoni davom ettirdi va 2014-yilning yozida binafsha kamarga ega boldi[5]. Uning navbatdagi aktyorlik roli Hacker's Game (2015) filmi boʻlib, unda u "Ajdaho tatuirovkali qiz" romanidagi Lizbet Salanderga qiyoslagan xaker rolini oʻynaydi. Klementeff filmda yana oʻzining boks mahoratini ishga soldi va filmning kam byudjeti tufayli u oʻzi pardoz va garderobni tanlashga majbur boʻladi[9]. Bu rol uchun sochlarini binafsha rangga boʻyash oʻzining gʻoyasi boʻlgan. Rejissyorlar avvaliga bunga eʼtiroz bildirishgan, keyin esa rozi boʻlishgan[5]. 2017-yilda Klementieff Newness romantik dramasi va Ingrid Goes West komediya-dramasida rol ijro etgan.

Klementieff Marvel kino olamiga Mantis sifatida qoʻshilgan va Galaktika qoʻriqchilari 2-qism (2017), Qasoskorlar: Cheksizlik jangi (2018) va Qasoskorlar: Intiho (2019)[12] filmlarida butun dunyo boʻylab tan olingan. 2019-yilda u Netflix ilmiy-fantastik antologiyasi Black Mirror (Qora oyna) seriyasida, Uncut Gems (Kechilmagan toshlar) triller filmida va The Addams Family (Addamslar oilasi) animatsion gʻayritabiiy komediya filmida ovozli rollarni ijro etgan. 2020-yilda u HBO ilmiy-fantastik seriyasi Westworldda Martel rolini takrorlaydi.

Filmografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil Sarlavha Rol Rejissyor Izohlar
2007 After Him Emilie Gaël Morel
2008 The Easy Way NHI Jean-Paul Rouve
2009 Loup Nastazya Nicolas Vanier
2011 Borderline Naomi Alexandre Coffre
Delicacy Waitress Stéphane Foenkinos
Sleepless Night Lucy Frédéric Jardin
Love Lasts Three Years Julia Frédéric Beigbeder
Silhouettes Valerie Lars Knorrn
2012 Radiostars The Pizza Girl Romain Lévy
Porn in the Hood Tia Franck Gastambide
2013 Paris Or Perish Jess Reem Kherici
Oldboy Haeng-bok Spike Lee
2015 Hacker's Game Loise Cyril Morin
2017 Newness Bethany Drake Doremus
Ingrid Goes West Harley Chung Matt Spicer
Guardians of the Galaxy Vol. 2 Mantis James Gunn
2018 Avengers: Infinity War Anthony Joe Russo
Time of Day Herself Thimios Bakatakis Qisqa film
2019 Avengers: Endgame Mantis Anthony va Joe Russo
Uncut Gems Lexis Josh Safdie
The Addams Family Layla va Kayla (ovoz) Greg Tiernan va Conrad Vernon
2021 Save Ralph Rabbit (ovoz) / Ralph (ovoz, Fransuz turi boʻyicha) Spencer Susser Qisqa film
Thunder Force Laser Ben Falcone
The Suicide Squad Dancer James Gunn
2022 Thor: Love and Thunder Mantis Taika Waititi
2023 Guardians of the Galaxy Vol. 3 dagger James Gunn Post-ishlab chiqarish
Uddalab boʻlmas topshiriq: Halokatli badal TBA Christopher McQuarrie Post-ishlab chiqarish
2024 Mission: Impossible – Dead Reckoning Part Two dagger
Yil Sarlavha Rol Izohlar
2009-yil Pigalle, la nuit Sandra 8-qism
2019-yil Black Mirror Roxette Epizod: "Striking Vipers"
2020-yil Westworld Martel 3-qism
2022-yil Galaktika qo'riqchilari bayrami uchun maxsus Mantis Televizion maxsus son
  1. „Stan Lee's Alliances : L'éclair du génie - Backstage avec Pom Klementieff“. Audible (10-oktabr 2019-yil). Qaraldi: 4-avgust 2022-yil.
  2. „Qui es-tu Pom Klementieff?/Who are you Pom Klementieff?“ (fransuzcha). Première (7-iyul 2012-yil). 1-yanvar 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-yanvar 2018-yil. „Miss Klementieff est née au Québec le 3 mai 1986, d'un père russe et d'une mère coréenne./Miss Klementieff was born in Quebec on 3 May 1986 to a Russian father and a Korean mother.“.Additional on 1 January 2018.
  3. The Canada Gazette, vol. 119, collected issues 40-43, 1985, p. 6445
  4. World Guide to Foreign Services, vol. 1, World Guides Internationale Publikationen, 1986, p. 261
  5. 5,00 5,01 5,02 5,03 5,04 5,05 5,06 5,07 5,08 5,09 „Actress Pom Klementieff from Spike Lee's Oldboy“. Filler Magazine (2014-yil yoz). 7-iyul 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-iyul 2014-yil.Additional on 7 July 2014.
  6. 6,0 6,1 6,2 6,3 6,4 6,5 Han, Steve. „Korean French Actress Pom Klementieff Makes US Debut in 'Oldboy' Remake“. KoreAm (2013-yil noyabr). 14-iyul 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-iyul 2014-yil. „So I told [filmmaker Spike Lee], my father died when I was 5. My mother, she is schizophrenic, so she couldn’t take care of me and my brother, who died by suicide a few months before the audition [for Lee's remake of Oldboy].“.
  7. @PomKlementieff. „I'm French, not Canadian! I was born in Quebec under diplomatic passport. Was never able to get the Canadian passport because of that. Xxx“ (2-may 2017-yil).
  8. „Login • Instagram“. 2022-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-dekabr 2022-yil.
  9. 9,0 9,1 9,2 9,3 9,4 9,5 9,6 Chang, Mina. „Q&A with Pom Klementieff“. Anthem Magazine (2-iyul 2013-yil). 7-yanvar 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-iyul 2014-yil.
  10. Maida, Jerome. „In playing Mantis, Pom Klementieff Keeps Laughing Through The Pain“. The Philadelphia Inquirer (2-may 2017-yil). Qaraldi: 5-aprel 2022-yil.
  11. 11,0 11,1 De Ville, Reece. „Interview: Oldboy's ass kicking, earth moving Pom Klementieff“. TheDigitalFix.com (7-aprel 2014-yil). 23-iyul 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-iyul 2014-yil.
  12. Romano. „Avengers: Infinity War adds Mantis from Guardians of the Galaxy 2“. Entertainment Weekly (28-yanvar 2017-yil). 2017-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-yanvar 2017-yil.