Kvebek
Kvebek Quebec | |
---|---|
Provinsiya | |
52°0′0″N 72°0′0″W / 52.00000°N 72.00000°W | |
Mamlakat | Kanada |
Hukumat | |
• Bosh vazir | François Legault |
Maydon | 1,542,056 km2 (595,391 kv mi) |
Aholisi (2023[1]) |
9 000 049 |
Zichligi | 6,23 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC-5 |
Pochta indeks(lar)i | QC |
|
Kvebek (fransuzcha: Québec, talaffuzi: [ke.bɛk]; inglizcha: Quebec, talaffuzi: [kwəˈbɛk] yoki [kəˈbɛk]) – Kanadaning sharqiy qismidagi provinsiya. Maydoni 1540,7 ming km2. Aholisi 9 million kishi (2023), asosan, kanadalik fransuzlar. Maʼmuriy markazi – Kvebek shahri, eng katta shahri – Monreal. Kvebekning koʻp qismi Labrador yarim orolda joylashgan, janubda Appalachi togʻlarining tarmoqlari (balandligi 1 311 m gacha) joylashgan, San-Lavrentiy daryo vodiysi pasttekislikdan iborat. Kvebekning shimoli tundra, oʻrta va janubiy qismi oʻrmon. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi shim. da –24 °C dan jan.da –10 °C gacha, iyulniki 11–21 °C, yillik yogʻin 500–1 000 mm.
Kvebek – iqtisodiy jihatdan rivojlangan provinsiya, elektr stansiyalarining umumiy quvvati jihatdan va alyuminiy i.ch.da mamlakatda yetakchi oʻrinda. Temir, mis, polimetall, oltin, kumush, nikel, asbest konlari bor. Kanadada olinayotgan asbestning aksari qismi Kvebekda qazib olinadi. Neftni qayta ishlash, mashinasozlik, toʻqimachilik, moʻyna, koʻn poyabzal, oziq-ovqat, sellyuloza-qogʻoz sanoati rivojlangan.
Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi – sut chorvachiligi. Parrandachilik ham rivojlangan. Ichki va tashqi suv havzalarida baliq ovlanadi. Sanoat markazlari va portlari: Monreal va Kvebek. Kvebekning hozirgi hududida yevropaliklar kelgunga qadar indeys va eskimos (shimoliy qismida) qabilalari yashagan. Kvebekni dastlab (1608) fransuzlar egallagan. Yetti yillik urush (1756–1763) dan soʻng Buyuk Britaniya qoʻliga oʻtdi. 1774-yilda „Kvebek“ nomini oldi. 1867-yildan Kanada provinsiyasi. Kvebekning chegarasi 1898- va 1912-yillarda shimolga tomon ancha kengaydi.
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]
|
| ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Manba: [1][2][3] (Wayback Machine saytida 2008-02-13 sanasida arxivlangan)[4] |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Population estimates, quarterly“. Statistics Canada (2023-yil 27-sentyabr). 2023-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-sentyabr.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Kvebek haqida turkum mavjud |
- Rasmiy sayti (inglizcha)
- Kvebek Curlie katalogida