Polsha ayollar milliy futbol terma jamoasi xalqaro ayollar futbolida Polsha sharafini himoya qiladi. Polsha futbol assotsiatsiyasi tomonidan boshqariladigan Polsha ayollar milliy futbol terma jamoasi hech qachon yirik xalqaro turnirda qatnasha olmagan.
Polsha Yevropada ayollar futbolini rivojlantirishni boshlagan eng birinchi davlatlardan biri boʻlib, oʻz ayollar terma jamoasini birinchi marta 1981-yilda Italiya ayollar terma jamoasiga qarshi safarda oʻrtoqlik oʻyinida maydonga tushirgan. Polsha ayollar milliy futbol terma jamoasining debyut oʻyini Kataniya shahrida oʻtkazilgan va oʻsha uchrashuvda Polsha ayollar milliy futbol terma jamoasi 0:3 hisobida magʻlubiyatga uchragan.
Polsha ayollar milliy futbol terma jamoasi tashkil etilganidan beri xalqaro maydonlarda muvaffaqiyat qozona olmagan va bir necha bor saralash oʻyinlarida yaxshi oʻyin koʻrsatgan boʻlsa ham, hech qanday yirik turnirda qatnasha olmagan. Bunga, asosan, Polsha ayollar milliy futbol terma jamoasi ayol futbolchilarining koʻpchiligi professional emasligi sabab qilib koʻrsatiladi[1]. Shunga qaramay Polsha ayollar milliy futbol terma jamoasi UEFA ayollar oʻrtasidagi Yevro-2013 va Yevro-2022 kuboglari, shuningdek, 2011, 2015 va 2023-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralash oʻyinlarida xalqaro turnirlarga yoʻllanma olishga juda yaqin kelgan[2][3].
2021-yil 13-aprel kuni Shvetsiya ayollar terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida quyidagi futbolchilar Polsha ayollar milliy futbol terma jamoasi safiga chaqirilgan[9]. Oʻtkazilgan oʻyinlar va gollar statistikasi 2021-yil 7-mart holatiga koʻra berilgan.