Pokiston avtomobil sanoati
Pokiston avtomobilsozlik sanoati mamlakatning eng tez rivojlanayotgan sohalaridan biri boʻlib, Pokiston yalpi ichki mahsulotining 4 foizini tashkil qiladi va 1,8 milliondan ortiq ishchi kuchi bilan ishlaydi.[1] 2018-yil may holatiga, mamlakatda 3200 ta avtomobil ishlab chiqaradigan zavod mavjud, ularning investitsiyalari ₨ 92 milliard (US$650 million) tashkil etadi va-yiliga 1,8 million mototsikl va 200 ming avtomobil ishlab chiqaradi. Milliy gʻaznaga uning hissasi ₨ 50 milliardga yaqin (US$350 million). Ushbu sektor, umuman olganda, 3,5 million kishini ish bilan taʼminlaydi va yetkazib beruvchilar sektoring rivojlanishida ham muhim rol oʻynaydi. Pokistonning avtomobil bozori Osiyodagi kichik, ammo eng tez oʻsayotganlar qatoriga kiradi. Agar 2014-15 moliya-yilida 180 ming dan ortiq mashina sotilgan boʻlsa, 2015-16 moliya-yilida 206,8 ming donagacha koʻtarildi.[2][3][4] Hozirgi vaqtda avtoulovlar bozorida Honda, Toyota va Suzuki ustunlik qilmoqda. Biroq, 2016-yil 19-martda Pokiston yangi avtomobil ishlab chiqaruvchilarga mamlakatda ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish uchun soliq imtiyozlarini taqdim etadigan „Auto Policy 2016-21“ ni qabul qildi.[5][6] Bunga javoban Renault, Nissan, Proton Holdings, Kia, SsangYong, Volkswagen,[7] FAW[8] va Hyundai[9] Pokiston bozoriga kirishga qiziqish bildirdilar.[10] NLC Mercedes Benz kompaniyasi bilan Pokistonda Mercedes Actros yuk mashinalarini ishlab chiqarish boʻyicha shartnoma imzoladi. Pokiston biron bir avtomobil xavfsizligi standarti yoki modelni yangilash siyosatini joriy etmagan. Bolan va Ravi kabi bir nechta eski transport vositalari Suzuki tomonidan hali sotiladi.[11]
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dastlabki-yillar (1950—1969)
[tahrir | manbasini tahrirlash]Pokiston oʻzining birinchi avtomobilini 1953-yilda Karachidagi National Motors zavodida ishlab chiqargan, deya xabar beradi Sanoat va ishlab chiqarish vazirligi. Zavod General Motors bilan hamkorlikda Vauxhall va Bedford yuk avtomobillarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan. Keyinchalik avtobuslar, yengil yuk mashinalari va avtomobillar ushbu zavodda yigʻiladi. Oʻsha-yili Ford Trucks Ali Automobiles bilan hamkorlik qilishdi, u yerda Ford Anglia, Ford pikaplari va Ford Kombi taqdim etildi. Exide Pakistan ham 1953-yilda avtomobil batareyalar ishlab chiqarishni boshladi. Haroon Industries 1956-yilda Dodge Motors bilan hamkorlik qildi.[12]
1961-yilda Allwin Engineering kompaniyasi Pokiston avtomobil bozoriga nozik avtoulov qismlarini taqdim etdi. 1962-yilda Lambretta bilan Wazir Ali Engineering hamkorlikda Lambretta TV200 skuterini ishlab chiqarishni boshladi, Kandawala Industries esa CJ 5, CJ 6, CJ 7 seriyali Jeep avtomobillarini taqdim etdi. 1963-yilda General Tire Pakistan Karachida, Hye Sons Mack yuk mashinalarini ishlab chiqarishni boshladi. 1964-yilda Rana Tractors Massey Ferguson Traktorlarini ishlab chiqarishni boshladilar, mashhur Vespa skuteri va rikshaw esa Raja Auto Cars tomonidan taqdim etildi. 1965-yilda Jaffer Industries va Mannoo Motors oʻz faoliyatini boshladi.
Milliylashtirish (1970—1989)
[tahrir | manbasini tahrirlash]70-yillarda koʻplab kompaniyalar milliylashtirildi. 1972-yilda Pakistan automobile corporation (PACO) tashkil etildi. Koʻpgina kompaniyalar sotib olingan yoki boshqalarga birlashtirilgan. Wazir Ali Engineering nomini Sindh Engineering, Ali Autos — Awami Autosga, Haroon Industries — Republic Motorsga, Ghandara Motors — National Motorsga, Hye Sons — Mack Trucks ga, Kandawala industries — Naya Daur Motorsga, Jaffer industries — Trailer Development Corporationga va Rana Tractors — Millat tractors ga uzgartirilgan. Dawood Yamaha 1974-yilda Yamaha mototsikllarini taqdim etdi va oʻsha-yili Beta Engineering dizel dvigatellarini ishlab chiqarishni boshladi. 1976-yilda Sindh Engineering kompaniyasi Suzuki Motors Cycles ga asos soldi. Saif Nadeim Kawasaki — Kawasaki motorcycles ni 1977-yilda boshladi, Suzuki Jeep esa Naya Daur Motors tomonidan ishlab chiqarildi.
1980-yilda Awami Motors kompaniyasi Suzuki pikaplarini, Sindh Engineering kompaniyasi esa Mazda yuk avtomobillarini ishlab chiqarishni boshladi. 1981-yilda Agriauto Industries mahalliy avtomobil ehtiyot qismlarini ishlab chiqarishni boshladi, 1982-yilda Pak Suzuki avtomobil ishlab chiqarishni boshladi. 1983-yilda Fiat tomonidan kiritilgan Al-Ghazi Tractors, shu bilan birga Vendor Development & Technical Cell yoki VDTC tashkil etildi. 1986-yilda Hinopak Motors qoʻshma korxonasi PACO, Al-Futtaim Group, Hino Motors & TTC oʻrtasida qoʻshma korxona sifatida ish boshladi. 1987-yilda Ghandhara Nissan Nissan Dizel yuk mashinalarini ishlab chiqarishni boshladi. 1989-yilda Pokiston avtoulov qismlari ishlab chiqaruvchilar assotsiatsiyasi ish boshladi.
Deregulyatsiya — liberallashtirish (1990—2009)
[tahrir | manbasini tahrirlash]90-yillarning boshlariga qadar sanoat yuqori darajada boshqarilgan (regulyatsiya qilingan). Liberallashtirish bilan, avtomobilsozlik sohasida oʻn-yillik tez oʻsish davri kuzatildi, chunki xususiylashtirish foydasiga milliylashtirish bekor qilindi. Yaponiya Pak Suzukining 40 foiz aktsiyasini 1991-yilda sotib oldi. 1993-yilda Indus Motors kompaniyasi Toyota Corolla avtomobillarini ishlab chiqarishni boshladi. 1994-yilda Pokiston avtomobil ishlab chiqaruvchilari uyushmasi tashkil etildi va Honda Atlas Honda Civic avtomobillarini ishlab chiqarishni boshladi. 1995-yilda muhandislikni rivojlantirish kengashi (Engineering Development Board) PAP koʻrgazmasini ochdi.
2001-yildan 2007-yilgacha kichik yiguvchilar va koʻplab mototsikl importchilari Xitoy bilan hamkorlikda Honda CD70 nusxalarini yigʻishni boshladilar va u yerda 2002-yilda APMA Pokiston mototsikl yiguvchilari assotsiatsiyasining asoschisi Muhammad Sabir Shayx bilan assotsiatsiya tuzdilar, 2003-yildan keyin esa har-yili mototsikl ishlab chiqarila boshlandi.-yildan-yilga avtoulovlar savdosi rekord darajaga koʻtarilib, 2007-yilda 195,7 ming dona, eng yuqori choʻqqisiga koʻtarildi, shu vaqt ichida Afzal Motors Daewoo Bus, Janubiy Koreya va Tata Daewoo litsenziyasi ostida Daewoo avtobuslari va yuk mashinalarini mahalliy yigʻishni boshladi. Banklar tomonidan 70-80 % gacha moliyalashtirish va qishloq joylarida xaridlarning talabi oʻsishi bilan birga past foiz stavkalari uning sotuvlarini oʻsishiga olib keldi. 2007-yildan 2009-yilgacha avtomobillar yuqori foiz stavkalari va rupiyga nisbatan iyenani oʻsishi sharoitida sotuvlari kamaydi. 2007-yilda avtomobilsozlik Pokiston yalpi ichki mahsulotining 2,8 foizini tashkil etdi va ishlab chiqarish sohasiga 16 foizni qoʻshdi. 2000-yillarda, benzinda varianti bilan birga CNG-da ham yuradigan avtomobillar ishlab chiqarildi, chunki gaz naarxi mamlakatdagi benzinga qaraganda ancha arzon edi.
Tez oʻsish (2010-yildan hozirgi kungacha)
[tahrir | manbasini tahrirlash]2010-yilda savdo tiklanib, yana oʻsishni boshladi. Avtomobillarga Pokistonda talab ortib borishi bashorat qilingan va ₨ 20 milliard (US$140 million) dan koʻproq sarmoya kiritgan shu oʻn-yil davomida. Motosikl ishlab chiqarish 2016-17-yillarda 2,5 million dona ishlab chiqarilib, rekord darajaga koʻtarildi. 2015-yilda anʼanaviy ravishda ustunlik qilgan Honda, Toyota va Suzuki qatoriga yangi avtomobil ishlab chiqaruvchilarni jalb qilish uchun Auto Policy 2016-21 joriy etildi. Avtomobilsozlik bilvosita soliqlarni toʻlovchi sifatida Pokistondagi neft sanoatidan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. Hozirgi kunda Pokistonda har 1000 kishiga 10 ta mashina toʻgʻri keladi. Bu rivojlanayotgan iqtisodiyotlar orasida eng past koʻrsatkichlardan biridir. Kelgusi oʻn-yillikda demografik taqsimot oʻzgarishi va iqtisodiy faol ish kuchiga 30-40 million yoshlarning oqimi qoʻshilishi kutilishi, shuningdek aholi jon boshiga daromadlarning oʻsishi bashorati sohani kengaytirish va oʻsishni ragʻbatlantiradi.[13] Toyota oʻzining Corolla sedanini yigʻishni boshladi. Xuddi shunday, United Motors birinchi Pokiston mahalliy avtomobilini Ghandhara Nissan ishlab chiqarishni boshladi va shu bilan birga Pokistonda Isuzu D-MAX ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi.
-yil boʻyicha tarixiy ishlab chiqarish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Avtomobillar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Year | Production |
---|---|
1994 | 61 000
|
1995 | 44 000
|
1996 | 78 419
|
1997 | 41 585
|
1998 | 43 519
|
1999 | 46 761
|
2000 | 39 117
|
2001 | 46 538
|
2002 | 48 579
|
2003 | 74 274
|
2004 | 112 550
|
2005 | 150 016
|
2006 | 189 639
|
2007 | 195 688
|
2008 | 186 064
|
2009 | 100 468
|
2010 | 137 415
|
2011 | 153 114
|
2012 | 175 184
|
2013 | 134 849
|
2014 | 148 746
|
2015 | 229 686
|
2016 | 274 536
|
2017 | 285 248
|
2018 | 342 575
|
2019 | 298 083
|
Mototsikllar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Year | Production |
---|---|
1997 | 106 797
|
1998 | 92 978
|
1999 | 87 504
|
2000 | 86 959
|
2001 | 108 850
|
2002 | 120 627
|
2003 | 175 169
|
2004 | 303 383
|
2005 | 416 189
|
2006 | 520 124
|
2007 | 467 267
|
2008 | 660 593
|
2009 | 509 054
|
2010 | 736 861
|
2011 | 838 665
|
2012 | 828 576
|
2013 | 819 556
|
2014 | 771 507
|
2015 | 1 131 196
|
2016 | 1 362 096
|
2017 | 1 632 965
|
2018 | 1 931 340
|
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ https://propakistani.pk/2015/08/12/automotive-industrys-contribution-to-pakistan-infographic/
- ↑ „Automobile industry: Pakistan woos Renault-Nissan in investment push - The Express Tribune“ (inglizcha) (7-may 2016-yil). Qaraldi: 15-noyabr 2016-yil.
- ↑ „Car sales continue to shoot up - The Express Tribune“ (inglizcha) (12-fevral 2016-yil). Qaraldi: 15-noyabr 2016-yil.
- ↑ „Pakistan auto industry rides a high“. 15-noyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-noyabr 2016-yil.
- ↑ boi.gov.pk/userfiles1/file/AutoPolicy/AP.pdf
- ↑ „Auto policy approved, door wide open for new entrant - The Express Tribune“ (inglizcha) (19-mart 2016-yil). Qaraldi: 15-noyabr 2016-yil.
- ↑ https://tribune.com.pk/story/1325911/volkswagen-set-launch-two-new-vehicles-pakistan/
- ↑ http://alhajfaw.com/
- ↑ https://www.bloomberg.com/news/articles/2017-02-03/hyundai-motor-plans-pakistan-venture-with-billionaire-mansha
- ↑ „Audi AG expresses intent to assemble vehicles in Pakistan - The Express Tribune“ (inglizcha) (15-noyabr 2016-yil). Qaraldi: 15-noyabr 2016-yil.
- ↑ „Auto industry enjoys unequaled run of success - The Express Tribune“ (inglizcha) (8-fevral 2016-yil). Qaraldi: 15-noyabr 2016-yil.
- ↑ https://www.ukessays.com/essays/management/the-economy-and-automobile-industry-of-pakistan-management-essay.php
- ↑ „Automark Magazine“. www.automark.pk. 2022-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ 14,0 14,1 http://www.pama.org.pk/images/stories/pdf/test.pdf