Kontent qismiga oʻtish

Pipe Dreams

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Pipe Dreams: Water and Empire in Central Asia's Aral Sea Basin
Muallif(lar) Maya K. Peterson
Til inglizcha
Janr(lar)i tarix
antropologiya
Nashr etilgan sanasi 2019
Nashriyot Kembrij universiteti nashriyoti
Sahifalar soni 399
ISBN ISBN 978-1-108-47547-1 (qattiq muqova)
ISBN 978-1-108-46854-1 (yumshoq muqova)

Pipe Dreams: Water and Empire in Central Asia's Aral Sea Basin“ (tarjimasi „Xom xayollar: Markaziy Osiyoning Orol dengizi havzasida suv va imperiya“) — amerikalik tarixchi Maya K. Peterson qalamiga mansub kitob. Ilk bor 2019-yil Kembrij universiteti nashriyotida chop etilgan. Kitobda Markaziy Osiyoda Rossiya imperiyasi hamda Sovet Ittifoqi davrida amalga oshirilgan va taklif qilingan yirik suv loyihalari haqida soʻz boradi. Kitob tanqidchilar olqishiga sazovor boʻldi va Markaziy Osiyo ekologik tarixi boʻyicha muhim asar oʻlaroq baholandi.

Kitob Peterson Garvard universitetida yozgan PhD dissertatsiyasiga tayanadi[1]. Kitob muallifning Rossiya, AQSh hamda Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi arxivlarda olib borgan tadqiqotlari mahsulidir. „Pipe Dreams“ Peterson 2021-yil kutilmaganda vafot etishidan oldin yozgan yagona kitobidir.

Kitobda Markaziy Osiyoda irrigatsiya loyihalarining tarixiy rivojlanishi xronologik tartibda koʻrib chiqiladi[1]. Birinchi bobda chor tuzumi Turkistonni bosib olganidan keyingi yillardagi irrigatsiya rejalari muhokama qilinadi. Ayni boʻlimda Markaziy Osiyoda suvdan foydalanish odatlari haqida ham qisqacha soʻz yuritiladi. Ikkinchi bobda XIX asr oxiridagi hodisalar hamda Nikolay Konstantinovich kabi eʼtiborga molik shaxslar va ularning Markaziy Osiyodagi sugʻorish loyihalari haqida hikoya qilinadi. Uchinchi bob chor Rossiyasi Birinchi jahon urushidan oldin sugʻorish imkoniyatlarini kengaytirish uchun olib borgan kurashlarga bagʻishlangan. Toʻrtinchi bobda Yettisuvdagi Chuy daryosi loyihasi va 1916-yilgi Oʻrta Osiyo qoʻzgʻoloni haqida soʻz boradi. Beshinchi bobda bolsheviklarning urushdan keyingi davrdagi irrigatsiya tashabbuslari koʻrib chiqiladi. Oltinchi bobda XX asrning 30-yillarida amalga oshirilgan sovetlarning besh yillik rejalari va yirik irrigatsiya loyihalari, jumladan, Vaxsh daryosidagi irrigatsiya loyihasi va Katta Fargʻona kanali haqida soʻz boradi. Nihoyat, epilog ushbu tarixiy voqealarni Orol dengizi inqirozi bilan bogʻlaydi.

Kutib olinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Pipe Dreams“ taqrizchilar tomonidan yuqori baholandi. Xususan, Petersonning bir necha mamlakatda joylashgan arxivlarda izlanish olib borib, mukammal asar yozgani olqishlandi[2]. Indiana universiteti professori Marianne Kamp asarni „hayratlanarli darajada tez surʼatli, koʻp qirrali hamda xush koʻrib oʻqishga loyiq“ deya tasvirladi[3]. Merilend universiteti professori Sarah Cameron esa „Umuman olganda, kitob Rossiya va Sovet Ittifoqining atrof-muhit tarixiga yirik qoʻshimcha“ boʻlganini xulosa qildi[4]. Dublin universitet kollejii xodimi Jeniffer Keating oʻzining „On Arid Ground“ kitobida asarni „mukammal monografiya“ deya baholadi[5].

  1. 1,0 1,1 Pianciola, Niccolò (26-noyabr 2021-yil). „Pipe Dreams. Water and Empire in Central Asia's Aral Sea Basin: Maya K. Peterson, Cambridge & New York, NY: Cambridge University Press, 2019, xxii + 399pp., £90.00 h/b“. Europe-Asia Studies (inglizcha). 73-jild, № 10. 1981–1982-bet. doi:10.1080/09668136.2021.1977040.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  2. Bonier, Catherine (1-iyul 2020-yil). „Pipe Dreams: Water and Empire in Central Asia's Aral Sea Basin. By Maya K. Peterson. Cambridge: Cambridge University Press, 2019. xxii + 399 pp. Illustrations, maps, notes, glossary, bibliography, and index. Cloth 520.00, e-book $96.00“. Environmental History (inglizcha). 25-jild, № 3. 558–559-bet. doi:10.1093/envhis/emaa008.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  3. Kamp, Marianne (oktabr 2022-yil). „Pipe Dreams: Water and Empire in Central Asia's Aral Sea Basin by Maya K. Peterson“. Technology and Culture (inglizcha). 63-jild, № 4. 1185–1186-bet. doi:10.1353/tech.2022.0164.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  4. Cameron, Sarah (2-yanvar 2021-yil). „Pipe dreams: Water and empire in Central Asia's Aral Sea basin: by Maya K. Peterson, New York, Cambridge University Press, 2019, xxii + 400 pp., US$90.00, ISBN 988-1-1084-7547-1“. Central Asian Survey (inglizcha). 40-jild, № 1. 136–138-bet. doi:10.1080/02634937.2020.1852692.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  5. Keating, Jennifer. On Arid Ground: Political Ecologies of Empire in Russian Central Asia. Oxford, New York: Oxford University Press, 2022 — 27-bet. ISBN 978-0-192-85525-1.